Geodeziya va yer tuzish


O‘quv amaliyotida bajariladigan ishlar shakllari


Download 254.5 Kb.
bet2/5
Sana18.06.2023
Hajmi254.5 Kb.
#1599221
1   2   3   4   5
Bog'liq
AMALIYOT HISOBOTI Geodeziya

O‘quv amaliyotida bajariladigan ishlar shakllari
1. Teodolit s'yomkasi. Teodolitni olib tekshirib ko‘rish, lenta, vexa, shpilkalarni olish va qoziqchalarni tayyorlash
Teodolitni tekshirishlari va tuzatish. Teodolit bilan burchak o‘lchash aniqligiga asbob xatolari ham sezilarli ta'sir etadi. Bularga limb bo‘laklarini tushirishlimb va oldidagi doiralari markazlarini tutashmaslik xatosi va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Ikkinchi turdagi xatolar asbobni maxsus tekshirishlarini bajarish natijasida aniqlanadi va ular odddiy sharoitda tuzatilishi mumkin. Teodolitni quyidagi tekshirishlar mavjud:
1. Gorizontal doirada o‘rnatilgan silindrik adilakning o‘qi asbob asosiy o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak. Bunda adilak tekshirilib, zarur bo‘lsa tuzatiladi.
2. Trubaning vizir o‘qi uni gorizontal aylanish o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak. Asbob ishchi holatda o‘rnatilib biron bir nuqtaga qarash trubasi DCh va DO‘ holatlarida qaratilib gorizontal doiradan sanoqlar olinadi. Agar xatolik bo‘lmasa DCh-DO‘ 1800 = 0 sharti bajarilishi kerak. Shart bajarilmasa xatolik iplari to‘rini chap yoki o‘ngga surish bilan tuzatiladi.
3. Trubani gorizontal aylanish o‘qi asbobning asosiy o‘qiga perpendikulyar bo‘lishi kerak. DO‘ va DCh holatlarida balandda joylashgan biron-bir nuqta devorda asbob balandligiga teng joyga proeksiyalanganda bir-biri ustida bo‘lishi kerak.
4. Truba iplari to‘ridan biri gorizontal, ikkinchisi esa vertikal holatda bo‘lishi kerak. Tekshirish devorda osib qo‘yilgan shovun ipi bo‘yicha tekshiriladi.
Teodolit asbobini ishchi holatga keltirish va sanoq olishni o‘rganish
Chiziq tortish, chiziq uzunligini ikki marta o‘lchab ko‘rish
Teodolitda to‘liq qabullar usulida ichki burchaklarni o‘lchash
1-2 yo‘nalish magnit azimutini o‘lchash
Ichki burchaklarni tenglash
Beshta nuqtadan iborat ko‘p burchak olinadi. Har bir nuqtaga qoziqchalar qoqilib nuqta o‘rni belgilanadi. Teodolit 1 nuqtaga o‘rnatilib o‘ng tomondagi 5 nuqtadan sanoq olinadi. Soat strelkasi bo‘yicha aylantirib 2 nuqtadan sanoq olinadi. 2 nuqtadan olingan sanoqdan 5 nuqtadan olingan sanoq ayriladi natijada 1 nuqtaning ichki burchagi α1 urchagi kelib chiqadi. Xuddi shunday qilib qolgan burchaklarning ichki burchaklari
aniqlanadi.
Burchak o‘lchash qaydnomasini to‘ldirish



Ichki burchaklar

Direksion

Rumblar

Chi-ziqlar uzun-ligi, m

Hisoblangan koordinatalar orttirmalari

Koordina-talar orttirmalari tuzatilgan

Koordina-talar




O’lchangan
βа

Tuzatil-gan βн

α

r

Р(м)

±ΔХ

±ΔУ

±ΔХ

±ΔУ

±Х

±У




1

-30″
108˚58′30″

108˚58′00″
























+1000

+1000










52˚52′

ShShq
52˚52′

105,06

+63,47

-3
+83,76

+63,47

+83,73







2

109˚36′00″

109˚36′00″






















+1063,47

+1083.73










123˚16′

JShq
56˚44′

84,14

+5
-46,15

-2
+70,35

-46,10

+70,33







3

93˚00′00″

93˚00′00″






















+1017,37

+1154,06










210˚16′

JG’
30˚16′

99,38

+5
-85,83

-2
-50,09

-85,78

-50,11







4

132˚19′00″

132˚19′00″






















+931,57

+1103,95










257˚57′

JG’
77˚57′

77,86

+5-16,25

-3
-76,14

-16,20

-76,17







5

-30″
96˚07′30″

96˚07′00″
























+915,39

+1027,78










341˚50′

JG’
18˚10′

89,02

+5
+84,56

-3
-27,75

+84,61

-27,78







1




108˚58′00″






















+1000

+1000



















+148,03
-148.23

+154.11-153.98
















∑=540˚01′



∑=540˚00′









455,46







∑=0

∑=0







Koordinatalarni hisoblashda berilgan koordinatalarga koordinatalar orttirmalari tuzatilgan grafasidan agarda + ishora bo‘lsa qo‘shiladi, - ishora bo‘lsa ayriladi.
Jadvalni ishlashda faqat koordinatalarni (±X, ±U) barcha talabalar o‘z variantlarini qo‘yishlari kerak.
Variantlar



±Х

±У



±Х

±У

1

-356

-410

13

-560

-560

2

+650

+650

14

-650

-750

3

-560

-420

15

-900

-800

4

-250

+360

16

+950

+900

5

+365

+420

17

+900

+950

6

+420

+452

18

+450

+500

7

-564

-654

19

-500

-550

8

+487

-569

20

-450

+450

9

-700

-650

21

-540

-540

10

+850

+900

22

-845

+845

11

-900

+900

23

+458

-458

12

+784

+652

24

-548

-548

2. Trassani nivelirlash
Trassani piketlarga bo‘lish
Nivelirni tekshirish, ishchi holatga keltirish va sanoq olishni o‘rganish
O‘rtadan turib nivelirlash
Nivelirlash qaydnomasini to‘ldirish va uni hisob-kitob qilish
Texnik nivelirlash jadvali bo‘yicha bo‘ylama profilni chizish
Trassani piketlarga bo‘lish
Trassani yo‘nalishi bo‘yicha uning o‘qi gorizontal quyilish bo‘yicha har 100 m dan bo‘laklarga bo‘linib, ularni bosh va oxirgi nuqtasining o‘rni qoziq qoqib belgilab qo‘yiladi. Bu nuqtalarga piketlar deyiladi va ular PK belgi bilan ifodalanib, tartib raqami 0 dan boshlab trassa oxiriga qarab oshib boradi: PK0, PK1, PK2... . Bunday belgilashda piketning tartib raqami trassani boshidan ushbu piketgacha bo‘lgan yuz metrlar soniga to‘g‘ri keladi.
Har qaysi piketning joydagi o‘rniga yog‘och qoziqlar yer yuzasi bilan barobar qilib qoqiladi. Bu qoziqlar yoniga qorovul qoziqlar yer yuzasidan 20 sm cha chiqib turadigan qilib qoqiladi. Ularga piketlarning tartib raqami yozib qo‘yiladi.
Trassani piketlarga bo‘lishda trassa o‘qi bo‘yicha uchraydigan rel'efni xarakterli nuqtalari hamda joyda mavjud inshootlar bilan kesishgan nuqtalari ham oraliq nuqta deb olinib orqadagi yaqin piketdan ulargacha bo‘lgan masofalar o‘lchanadi va ularning qiymati qoziqlarga yozilib, qoziqlar qoqib chiqiladi.
Piketlarga bo‘lishda masofa tekshrilgan 20 m li po‘lat lenta yoki ruletkalar (30, 50 metrli) bilan o‘lchanadi.
O‘lchangan qiya masofalar gorizontal quyilishiga tuzatma hisoblanib, birdaniga joyda qo‘yib boriladi. Burilish egri chiziq bosh nuqtalarining piketlash belgisi hisoblanadi. Bunda masofalar hisobi egri chiziq (yoy) bo‘yicha olib boriladi, nuqtalarni o‘lchab topish esa urunmalar
Trassani nivelirlash. Nivelirlash jurnalini ishlab chiqish
Trassa o‘qini joyga ko‘chirib piket, oraliq, ko‘ndalang qirqim nuqtalari va egri chiziq bosh nuqtalarini rejalab, mahkamlab chiqilgandan keyin trassa nivelirlab chiqiladi. Nivelirlash uchun aniq nivelir (NB-1, N-3, N-3K va h. k.) yoki texnik nivelir (N-10, 2N-10L va h.k.), bir juft 3 yoki 4 m li buklanma shashkali reyka olinadi. Reykalar bir (qora tomon) yoki ikki (qora va qizil) tomonli bo‘lishi mumkin.
O’rtadan nivelirlash usulida har bir stansiyada natija tekshirib boriladi. Piketlar bog‘lovchi nuqtalar hisoblanib, har ikkala qo‘shni piketlar orasiga, ulardan bir xil masofada, nivelir o‘rnatiladi. Asbob o‘rnatilgan yer stansiya deb ataladi. Nivelir stansiyasi PK 0 va PK 1 orasida olingan bo‘lsa, PK 0 ga orqadagi va PK 1 ga oldingi piket deyiladi. Bu piketlarda o‘rnatilgan reykalarga tegishlicha orqadagi va oldingi reyka deyiladi. Stansiyada dastlab piketlar nivelirlanadi va natija tekshiriladi, u to‘g‘ri chiqsa, navbatda, oraliq nuqta nivelirlanadi.
Ikki tomonli (qora va qizil) reykalar bilan har bir stansiyada nivelirlash quyidagi tartibda olib boriladi:
a) nivelirning ko‘rish trubasini orqadagi reykaga qaratib, reykani qora tomonidan sanoq olinadi aqor;
b) nivelirning ko‘rish trubasi oldindagi reykaga qaratiladi va rey-kaning qora tomonidan sanoq olinadi vqor;
v) oldindagi reykani qizil tomonidan sanoq olinadi vqiz;
g) nivelirning ko‘rish trubasi orqadagi reykaga qaratilib, reykani qizil tomonidan sanoq olinadi aqiz.
Bu sanoqlar orqali nisbiy balandlik qiymati quyidagicha hisoblanadi:
h = aqor – vqor ;
h = aqiz – vqiz .
Ikki marta hisoblab chiqarilgan qiymatlar o‘zaro teng bo‘lsa yoki ular orasidagi farq 4 mm dan oshmasa, nivelirlash natijasi to‘g‘ri hisoblanadi. Agar shart bajarilmasa stansiyada reykalardan sanoqlar qaytadan olinadi. Shundan keyin nivelirni o‘rnidan qo‘zg‘atmasdan turib orqadagi reyka oraliq nuqtalarga birin-ketin qo‘yilib uning qora tomoni bo‘yicha har bir nuqtadan bittadan sanoq olinadi. Olingan sanoqlar nivelirlash jurnalining (18-jadval) 3, 4 va 5-ustunlariga, tegishli nuqtalar qatoriga yozib boriladi. Shu bilan ushbu stansiyada nivelirlash ishlari tugatiladi va nivelir bilan keyingi stansiyaga o‘tiladi.
Nivelir PK1 va PK2 oralig‘ida o‘rnatilib, nivelirlash bundan oldingi stansiyadagiga o‘xshash bajariladi. Iks (x) nuqtalar va ularni nivelirlash (8.3) da yozilgan tartibda bajariladi. Shu tarzda ketma-ket olingan stansiyalarda nuqtalar nivelirlanib, trassa oxirigacha boriladi. Agar nivelirlash uchun bir tomonli reykalar olingan bo‘lsa, har bir stansiyada reykalardan sanoq nivelirni ikki gorizontida (asbob balandligini o‘zgartirib) olinadi.
Nivelirlashning har bir stansiyadagi nazorat hisoblash natijasi jurnalning (1-jadval) 6-ustuniga va bu qiymatlarning o‘rtachasi 7-ustuniga yozib boriladi.
1-жадвал

Download 254.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling