Geodeziyada qo'llaniladigan o'lchov birliklari
Download 32.17 Kb.
|
Geodeziyada qo\'llaniladigan o\'lchov birliklari
Masshtab aniqligi. Masshtab bo‘yicha planda ko‘rsatish mumkin bo‘lgan joydagi eng kichik chiziq, uzunligi masshtab aniqligi deyiladi va t bilan belgilanadi. Planda lupaciz, sog‘lom ko‘z bilan 0,1 mm kesmani ajratish mumkin. 0,1 mm dan kichik chiziqni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, plandagi 0,1 mm grafik aniqlik deyiladi; joyda bunga to‘g‘ri kelgan uzunlik masshtab anitligi deb ataladi. Masshtab aniqligi masshtab maxra–jining 0,1 mm ga ko‘paytirilganiga teng, ya’ni
Masalan, 1:2000 masshtabning aniqligi t=0,1•2000=200mm=0,20 m; 1:5000 masshtabniki t=0,1•5000=0,50 m. Normal yuzlikli masshtabda aniqlik masshtab eng kichik bo‘lagining yarmiga teng, ya’ni Masalan, 1:2000 masshtabda 1:5000 masshtabda esa m, m bo‘ladi. (II. 12) formula bo‘yicha hisoblangan turli soniy masshtablar aniqligi 2–jadvalda Masshtab aniqligi bo‘yicha kichraytish darajasi M ni va plan massh–tabni topish mumkin. Masalan, t=0,5 m bo‘lganda. bo‘yicha bo‘ladi; shunga ko‘ra, plan masshtabi 1:5000 bo‘ladi. Bulardan tashqari, masshtab aniqligi yordamida karta masshtabi bo‘yicha kartada tasvirlash mumkin bo‘lmagan joy konturi shaklini va narsalar o‘lchamini aniqlash, joydagi kerakli ob’ektlarni o‘ziga o‘xshash qilib planga tushi-rish uchun qanday masshtab olish kerakligini ham bilish mumkin. O‘tma masshtab. Eski rus o‘lchovida chizilgan plan, karta va aerosurat masshtablarining maxrajlari o‘nlik sistemadagi yaxlit son bo‘lmay, balki o‘nlar sistemasi qoidasiga xilof sonlar bo‘ladi. Bunday masshtablardan foydalanish ancha noqulay. Shunga ko‘ra plan yoki aerosuratdagi masofani (chiziq uzunligini) hech qanday hisoblash qilmas-dan metr sistemasidagi o‘lchov birligida ifodalash uchun o‘tma masshtab yasaladi. Masalan, aero-surat son masshtabi 1:15400 bo‘lsin. Bunga o‘tma masshtab yasash uchun quyidagi propbrsiya tuziladi: aerosuratda son masshtab bo‘yicha 154 m ga 1 sm to‘g‘ri kelsa, 200 m ga x to‘g‘ri keladi. Bundan x=200: 154=1,298 sm, yaxlitlasak, x=1,3 sm bo‘ladi. Asos uzunligi 2 sm dan kichik bo‘lmasin deyilsa, u 2 ga ko‘pay-tiridadi. Shunda asos uzun-ligi 2,6 sm bo‘lib, bunga a 400 m to‘g‘ri keladi. Masshtab yasash uchun to‘g‘ri chiziq bo‘yicha 2 sm o‘rniga 2,6 sm dan qo‘yiladi, Yuzli masshtab qoidasiga ko‘ra t=10, n=10 olib yuqoridagidek yuzli (o‘tma) masshtab yasaladi. Masshtab asosining qiymati m bo‘lib, r=40 m, eng kichik bo‘lagi 4 m bo‘ladi O‘tma masshtabning metrik masshtabdan farqi shundaki, metrik masshtabda asosga 2 sm olinadi, o‘tmada esa 2,6 sm yoki soniy masshtabga qarab boshqa son olinadi. Bu masshtab bo‘yicha olingan kesma uzo‘nligi chiziqning metr sistemasidagi uzunligi bo‘ladi. Planda siniq chiziq uzunligini aniqlash. Plandagi to‘g‘ri chiziq uzunligining qiymatini aniqlashda chiziq uzunligi o‘lchagichda olinib, so‘ngra masshtabga qo‘yiladi. Agar planda uzunligi aniqlanishi kerak bo‘lgan chiziq bir necha kalta av, vs,... chiziqlardan iborat bo‘lsa, avsde uzunligini aniqlashda har bir kalta chiziq uzunligini alohida aniqlab, keyin ular birbiriga qo‘shiladi. Buning o‘rniga siniq chiziqlardan bir chiziq yasab, keyin uning uzunligini topish qulay. Masalan, sirkul uchini d ga qo‘yib, de radiusi bo‘yicha yoy chiziladi–da, sd davomidagi ye' topiladi. Keyin s markazdan se' radius bo‘yicha yoy chizib, vs davomidagi s' topiladi. Oxirida v ni markaz qilib, vs' radius bo‘yicha yoy chizilib, v' topiladi. So‘ngra hosil bo‘lgan av' hamma chiziqlar yig‘indisi bo‘l-ganidan uning uzunligi masshtab bo‘yicha aniq-lanadi. Egri chiziq uzunligini aniqlash. Plan yoki kartadagi egri chiziq uzunligini aniqlashda kurvimetr nomli maxsus pribor ishlatiladi. Kurvimetr chiziqning bosh nuqtasiga qo‘yiladi va shkalasidan strelka 2 bo‘yicha sanoq n1 olinadi. Keyin kurvimetrning g‘ildiragi 1 tekislikka perpendikulyar quyilib, chiziq bo‘yicha yurgiziladi va oxirgi nuqtada to‘xtab, sanoq n2 olinadi. Shunda chiziqning uzunligi bo‘ladi kurvimetr shkalasi bir bo‘laginiig qiy-mati, kiymatini aniqlash uchun uzunligi ma’-lum L0 chiziq bo‘yicha bir necha marta yurgizib, n1 n2 sanoqlar olinadi va bu sanoqlar ayirmasi topiladi; ayirmalarning o‘rtachasi hisoblanadi. Shunda bo‘ladi. 3. Geodeziyada ishlatiladigan o‘lchov birliklari Geodezik ishlarni bajarishda chiziqning uzunligi, maydonning yuzi, turli burchaklar, havo bosimi kabi kattaliklar o‘lchanadi. Bunda ishlatish joyiga qarab o‘lchovlarning turli birliklari qo‘llaniladi. Joyda uzunlik o‘lchashda asosiy birlik metrdir. Geodeziyaning grafik ishlarida uzunlik birligi sifatida metr bo‘laklari–santimetr, millimetr qo‘llaniladi. Geodezik ishlarda burchak qiymati gradus, grad, radian birliklarida o‘lchanadi. Gradus o‘lchovi. Sanoatimizda ishlab chiqarilayotgan burchak o‘lchash asboblarining ko‘pi (hisoblash jadvallari ham) gradus o‘lchoviga moslan-gan. Gradus o‘lchovida aylana 360 gradus, 1 gradus=60 min, 1min=60 sek. O‘lchangan burchak qiymati kabi yoziladi. Grad (desimal) o‘lchovi. Bu o‘lchov o‘nli sistemaga asoslangan bo‘lib ko‘pincha, chet davlatlarda ishlab chiqariladigan asboblar shu sistemaga moslangan. Grad o‘lchovida aylana 400 grad (d) ga, 1 grad yuz o‘nlik minutga, 1 ming 100 o‘nlik sekundga teng. Bu bog‘lanish kuyidagicha yoziladi. Aylana= 400g; 1g = 100'; 1=100". Burchak qiymati 125g, 58c6345cc bo‘lsa, u 125g 58S63,45SS ga yoki 125g58' 63,45" shaklida yoziladi. Gradus bilan grad o‘lchovlari orasida quyidagi munosabat bor: 1g=0,9°; 1°=1, 11111 g 1c=0,54'; 1'= 1,85185 c 1cc=0,324"; 1"=3,08642 cc Radian o‘lchovi. Bu o‘lchov birligi bo‘lib, matematik hisob–lash ishlarida qo‘llaniladi. Radian o‘lchovida burchak qiymati yoy uzunligining radiusga bo‘lgan nisbati bilan ifodalanadi. Aylana uzunligining radi-usga nisbati 2 deb olinadi; shunda 360°= 2 180°= , ga to‘g‘ri keladi. Ma’lumki, =3,14159. 1 radianning gradus o‘lchovi–dagi qiymati bilan belgilanadi; bo‘lganidan uning gradus sistemasidagi qiymati quyidagiga yoki, yoki yaxlitlab olsak, bo‘ladi. Radian-ning grad qiymati Radian o‘lchovidan gradus o‘lchoviga o‘tishda quyidagi munosabatdan foydalaniladi. Burchakning radian qiymatini gradus qiymatini desak, quyidagi munosabatni yozamiz; Masalan burchakning radian qiymati bo‘lsa, gradus qiymati o =57,3x1,25=71,625° yoki 71,62° bo‘ladi. Burchakning gradus qiymati bo‘yicha radian qiymatini aniqlashda quyidagi munosabatdan foydalaniladi: va bir xil birlikda olinadi. Misol. Burchakning gradus qiymati ; buni minutga aylan-tirsak, bo‘ladi. Burchakning radian kiymati esa bo‘ladi. Maydon yuzini aniqlashda birlik o‘rnida kvadrat metr(m2), gektar (ga) = , kvadrat kilometr (km2) va m2 lar qo‘l–laniladi. Havo temperaturasini o‘lchash bqrligi selsi termometri shka–lasining bir bo‘lagi bo‘lib, 1 daraja deb olinadi. Termometr shkalalari turli bo‘lganidan selsiy shkalasi bo‘yicha olingan daraja qiymati yoniga S harfi yoziladi, masalan 15° S kabi. Havo bosimi barometrik nivelirlashda qo‘llanilib, bunda birlik bir atmosfera hisoblanadi. Bir atmosfera balandligi 760 millimetrli simob ustunining 0°S dagi bosimiga teng. Atmosfera so‘zi atm harflari bilan belgilanadi. Bir atmosfera bosim 1 kvadrat santimetrga ta’sir etadigan 1,033 kg og‘irlik kuchiga teng, ya’ni 1 atm–1, 033 kt/sm2. Sajen o‘lchovi Sovet Ittifoqi metr sistemasiga o‘tganga qadar ishlatilgan va bu o‘lchovda plan va kartalar chizildi. Bu sistemada sa-jen=84 dyuym. Bularning metr sistemadagi qiymatlari shunday: sajen=2, 1336 m, 1m = 0, 46869 sajen. 1 dyuym–25,4 mm. Geodeziyada amaliy masalalarni yechishda ba’zan yer shari katta doi-rasi aylanasi (meridiani) ning uzunligi va uning gradus, minut, sekund bo‘laklarining uzunligini bilish kerak bo‘ladi. Agar meridianning o‘rtacha uzunligini 39999,60 km desak, Meridian yoyi bo‘laklarining uzunligi quyidagicha bo‘ladi: grad o‘lchovida gradus o‘lchovida 1 yoy uzunligi=111,11km, 1g= 100 km, 1'«« »» = 1852 m, 1'=1c=1 km, 1"« » =31 m, 1"=10 m. 1 sajen = 7 fut = 84 dyuym = 3 gaz = 48 vershuk; 1 chaqirim = 500 sajen; 1 batmon (desyatina) =2400 kv. sajen. 1 sajen = 2,13360 metr; 1 metr = 0,468691 sajen; 1 chaqirim 1,06680 km. 1 botmon = 1,09254 gektar (ga). Xulosa
Masshtab aniqligi. Masshtab bo‘yicha planda ko‘rsatish mumkin bo‘lgan joydagi eng kichik chiziq, uzunligi masshtab aniqligi deyiladi va t bilan belgilanadi. Planda lupaciz, sog‘lom ko‘z bilan 0,1 mm kesmani ajratish mumkin. 0,1 mm dan kichik chiziqni ko‘rsatib bo‘lmaydi. Shunga ko‘ra, plandagi 0,1 mm grafik aniqlik deyiladi; joyda bunga to‘g‘ri kelgan uzunlik masshtab anitligi deb ataladi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Mirzaliyev T, Safarov E.Yu, Egamberdiyev A, Qoraboyev J.S “Kartashunoslik” Toshkent – 2012 2.Raklov V.P. “Geograficheskie informatsionnie sistemi v tematicheskoy kartografii” M: GUZ – 2003 3. Safarov E.Yu, Musaev I.M, Abduraximov X.A. “Geografik axborot tizimlari va texnologiyalari” Toshkent – 2009 4. Zaynobiddinov S.A. Geografik axborot tizimlari “Geoinformkadastr” Toshkent – 2002 5. Берлянт А.М. “Картография” Москва – 2002 6. Майкл Н. Де Мерс. “Географические Информационные Системы Основы” Москва – 1999 7. Сафаров Э.Ю, Абдурахимов Х.А, Ойматов Р.Қ. “Геоинформацион картография” Тошкент – 2012 8. Ғуломова Л.Х. “География ахборот тизимлари ва технологиялар” Тошкент – 2010 Download 32.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling