Geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
Geoekologik kartalar tuzish, amalda qo‘llash
Download 1.08 Mb. Pdf ko'rish
|
geoekologiya asoslari va tabiatdan foydalanish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geoekologik konsepsiya
3.2. Geoekologik kartalar tuzish, amalda qo‘llash
va rayonlarga ajratish Reymov P.T. 9 Janubiy Orolbo‘yi mintaqasida geoekologik muammolarning yechimini zamonaviy kartografik va geoin- formatsion texnologiyalarni qo‘llash orqali hal qilmoqda. Ular xalqaro – UNESCO-BMBF, Vegetation Spot, NATO SfP va O‘zR Fan va texnologiyalar markazi grantlarining moddiy va moliyaviy ko‘magida ekologik inqirozli hududlarni baholash va geotizimlarda ekologik monitoringni olib borishning tezkor usullarini ishlab chiqishdi va amalga tatbiq etmoqda. GPS – global ma’lumot uzatish tizimi va DDZ – masofadan turib zondlash orqali geotizimlarni baholash va ular ning davriy o‘zgarishini kuzatib borish texnologiyasi O‘zR davlat ekologik 9 Нигматов А.Н., Реймов П.Р., Абдуреймов С.Ж. Геоэкологический монито ринг и оценка дельтовых равнин. – Т.: «Turon Iqbol», 2006. – 128 с. 53 boshqaruv organlari, huquqni muhofaza qilish idoralari uchun atrof tabiiy muhitga oid haftalik ma’lumotlarni olish imkoniyatini beradi. Keyingi 40–50 yil mobaynida BMTning kun tartibida ko‘pincha atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari dolzarb muammolar qatoridan joy olmoqda. BMT Bosh Assambleya atrof-muhit muhofazasiga doir muammolar yuzasidan unga a’zo davlatlar va Xavfsizlik kengashiga tegishli tavsiyalar berishga haqli. Shuning uchun ham Bosh Assambleya sessiyalarida yirik jamoat, davlat va siyosiy arboblarning ma’ruzalari tinglanadi hamda tegishli xulosalar qilinadi. O‘zbekiston Respublikasining har ikkala Prezidentlari BMT Bosh Assambleyasining sammitlarida so‘zlagan nutqlarining barchasi jahon hamjamiyatining diqqat-e’tiborini Orol dengizi havzasi va uning oqibatida yuzaga kelayotgan, aniqrog‘i geoekologik inqirozli holatga qaratilgan edi. 1995–2015-yillar mobaynida Markaziy Osiyo respublikalarida ushbu tashabbusga muvofiq, BMT rahnamoligida Orol muammosiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya o‘tkazildi va Orol havzasidagi xalqaro suv obyektlaridan oqilona foydalanish yuzasidan Markaziy Osiyo davalatlari rahbarlari kelishib olishdi. Bundan so‘ng Olmati, Qizil O‘rda, Tashxovuz, Bishkek, Issiq ko‘l, Shimkent, Dushanbe, Nukus kabi shaharlarda Orol muammosiga bag‘ish- langan yuqori darajadagi bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. BMTning 55/2 rezolutsiyasi bilan 2000-yil 8-sentabrda qabul qilingan «BMTning Mingyillik deklaratsiyasi»ning I qism 1–2-moddalarida «Biz, davlat rahbarlari va hukumatlar ... uchinchi mingyillik arafasida tinch-totuv yashash, taraq- qiyot va adolatli hayotning asosi sifatida yana bir bor Tashkilot va uning Nizomiga qat’iy amal qilishimizni tasdiqlab,... o‘zimizning jamoamiz hamda butun insoniyat oldidagi global burchimizni his etgan holda shaxsiy va jamoaviy javobgarlik prinsiplariga amal qilishni e’tirof qilamiz», deb bitilgan. Mazkur xalqaro prinsip BMTning tabiatni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanishning uzoq muddatga belgilangan strategik yo‘nalishi. Bundan kelib chiqqan tarzda 54 har bir BMT a’zosi va muayyan bir mintaqadagi mamlakatlar o‘z milliy yoki mintaqaviy ekologik qonunchilikni aynan shu yo‘naltiruvchi qoida asosida ishlab chiqishni maqsad qilib qo‘yishni tasdiqlab bergan. Markaziy Osiyo davlatlari va uning regional tashkilotlari bundan istesno emas, albatta. Ekolog olim N.F.Reymers o‘zining «Insoniyatning yashab ketish umidlari: konseptual ekologiya» monografiyasida «Ekolo giya – keng ma’noda insonlarning yashab ketishi haqida- gi ta’limot», deb bejiz aytmagan. Chunki insonlarning Yer kurrasida yashash muddati ularning ekologik qarashlarini amalda tatbiq qila olish imkoniyati bilan belgilanadi. Fanda buni ekologik konsepsiya deb ataydilar. Geoekologik konsepsiya esa – jamiyatning muayyan geotizimlar doirasida tabiatga nisbatan munosabati to‘g‘risidagi qarashlar tizimi, ya’ni bu moddiy dunyoda kishilarning o‘rni, ahamiyati va mohiyatini aks ettiruvchi qarashlarini qismlarga ajratish va ierarxik pog‘onalash. Markaziy Osiyo davlatlarining ekologik konsepsiyasi BMT Nizomining muqaddimasida keltirilgan so‘zlarda o‘z aksini topgan, ya’ni «...xalqaro shartnomalar va boshqa xalqaro huquq normalari manbalaridan kelib chiqqan tarzda, adolatga olib keluvchi va majburiyatlarni hurmat qiluvchi sharoitlarni yaratish maqsadida sabr-toqat va birgalikda yashash, o‘zaro totuvlik, yaxshi qo‘shnichilik, xalqaro miqyosda tinchlik va xavfsiz likni ta’minlashga, biz, birlashgan millatlar xalqlari qat’iyan kirishamiz». Markaziy Osiyo davlatlarining geoekologik prinsipi ularni atrof tabiiy muhitga nisbatan qaratilgan geoekologik munosabatlarida, ya’ni atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va buzilgan tabiat majmualarini qayta tiklash prinsiplari (yo‘naltiruvchi qoi dalari) va ularni amalga oshirish mexanizmida namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, tabiat va inson munosabatlarining mintaqaviy Download 1.08 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling