Geofazoviy ma’lumot toʻplash usullari kirish Reja
Download 1.46 Mb.
|
GEOFAZOVIY MA’LUMOT TOʻPLASH USULLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Tayanch so’zlar
- Geofazoviy ma’lumotlar tahlili
GEOFAZOVIY MA’LUMOT TOʻPLASH USULLARI Kirish Reja: 1. Geofazoviy ma’lumotlar tahlili 2. Ma’lumotlarni fotogrammetrik tahlil qilish 3. Geofazoviy va atribut ma’lumotlar orqali axborot ishlab chiqish 4. Ma’lumotlarning geoaxborot tizimida koʻrinishi Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Tayanch so’zlar: geofazoviy ma’lumot, overley operatsiyasi, geotasvirlash, uch o’lchamli model, algoritm, atribut. Geofazoviy ma’lumotlar tahlili GATda ma’lumotni geofazoviy ma’lumot deb atasak, birmuncha toʻgʻri boʻladi. Chunki bu tizimda asosan har bir nuqta va har bir chiziq oʻzining joylashuviga qarab turli koordinatalarga ega boʻladi hamda bu koordinatalar jamlanib, joy toʻgʻrisida umumiy tushuncha hosil qilinadi. Kelgusida esa u fazoviy tahlil va boshqa turdagi tahliliy ishlarga asos boʻlib xizmat qiladi. Geofazoviy ma’lumotlarning manbayi bu raqamlangan kartalar, aerofotosuratlar, kosmik suratlar, statistik jadvallar va GATga bogʻliq boʻlgan boshqa ma’lumotlar boʻlishi mumkin. Bundan tashqari, geofazoviy ma’lumotlar bevosita syomka (GPS syomka, geodezik asboblar yordamidagi syomka) natijalaridan ham atribut ma’lumot sifatida olinishi mumkin. Oldingi boblarda aytilganidek, ma’lumot olishning yana bir qulay yoʻli bu ma’lumotni sotib olishdir. Geografik ma’lumotlarni olgandan soʻng bu ma’lumotlar oʻzaro bir-biriga ma’lumotlar bazasi orqali bogʻlanishi kerak. Bu esa, oʻz navbatida, kartadagi va bazadagi ma’lumotlarni bir-biriga bogʻlab, yagona va umumiy ma’lumot olish imkoniyatini beradi. Geofazoviy ma’lumotlar tahlili Fazoviy yoki geofazoviy tahlil bu modellashtirish, aniqlash va model natijalarini oʻzgartirish jarayonidir. Model tasvirlash va boshqarish mumkin boʻlgan raqamli formatning joy toʻgʻrisidagi haqiqiy tushunchasini namoyon qiladi. Fazoviy tahlil jarayoni moslikni aniqlash, baholash va prognozlash, oʻzgartirish va tushunish kabi ishlarda muhim sanaladi. GATning eng muhim vazifalaridan biri ham geofazoviy ma’lumotlar va ularning atributlarini qaror qabul qilish uchun tahlil qilishdir. Geofazoviy ma’lumotlar joy toʻgʻrisidagi haqiqiy axborotlarga ega boʻlish va ma’lumotlarni tahlil qilish hamda oʻzgartirish uchun qoʻllaniladi. Shuning uchun ham geof azoviy tahlil oddiy arifmetik amallardan mantiqiy model tahlillariga boʻlinadi. Tahliliy imkoniyat GATning yutugʻi hisoblanadi. Fazoviy tahlil ishlarining mavjudligi GATni boshqa axborot tizimlaridan farqlovchi muhim omillar dan biridir. Boshqa axborot tizimlaridagidek ma’lumot olish yoʻllari bir xil boʻlsada, tahliliy ishlar va unga ketadigan vaqt eng katta farqlovchi omil hisoblanadi. Geotahlil natijalari keyinchalik karta, hisobot, diagramma orqali tasvirlanib , foydalanuvchiga yetkaziladi. Geofazoviy tahlil usullari. Windows uchun moʻljallangan AtlasGIS dasturi Strategic Mapping Inc. (Santa Clara, USA) kompaniyasiga tegishli boʻlib, interaktiv geografik axborot tizimi koʻrinishida boʻladi va Desktop GIS sinfi dasturlari qatoriga kiradi. AtlasGIS – bu ishchi dasturlar yordamida tez va oson universal kartografiyaning tahliliy va tasviriy imkoniyatlarini oʻz ichiga olgan koʻp funksiyali axborot kartografik tizimdir. GAT orqali ma’lum bir sohaga yoʻnaltirilgan tahliliy ishlarni olib borish mumkin. Bu sohalarga yoʻnaltirilgan tahliliy ishlarning texnik vositalari ishlab chiqilgan va ular asosan oʻsimlikshunoslik, hayvonot olami, ekologiya, geostatistika, landshaftshunoslik, geografiya, amaliy statistika va boshqa sohalarga moʻljallangan. Yuqoridagi tahliliy sohalar quyidagi umumiy oltita kategoriya (toifa)ga boʻlinadi: 1. Ma’lumotlar bazasi soʻrovi. 2. Geofazoviy oʻlchov. 3. Overley operatsiyasi. 4. Tarmoq tahlili. 5. Yer yuzasi tahlili. 6. Geotasvirlash. Shuni aytib oʻtish joizki, geofazoviy tahlil usullari turli nuqtayi nazardan turli kategoriyalarga boʻlib oʻrganilishi mumkin. Shuning uchun ham boshqa manbalarda geofazoviy tahlil toifalari boshqacha oʻrganilishi ham ehtimoldan xoli emas. Biroq GATni boshlangʻich bosqichda oʻrganayotgan mutaxassis uchun yuqoridagi kabi boʻlish turi juda qulay hisoblanadi. Quyidagi rasmda geofazoviy tahlil kategoriya va kategoriya osti boʻlimlariga boʻlinganligini koʻrishimiz mumkin ( 4.1-rasm). 1-rasm.Geofazoviy tahlil tasnifi Demak, yuqoridagi rasmda fazoviy tahlilni tushunish oson boʻlishi uchun bir necha boʻlimlarga ajratib, diagramma shaklida koʻrib chiqdik. Lekin har bir atama ostida qanday ma’no yotishini ham oʻrganib chiqish lozim, aks holda bunday diagrammalarga boʻlib oʻrganish bizga hech qanday natija bermaydi. Download 1.46 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling