Geografik karta va atlaslardan foydalanish usullari istagan geografik atlasni sifati uni
GEOGRAFIK KARTA VA ATLASLARDAN FOYDALANISH
USULLARI
1.Istagan geografik atlasni sifati uni:
A. To`liqligi, mukammalligi va kartografik tamoyillarga qay darajada muvofiqligi bilan aniqlanadi
B. Maqsadi, mazmuni va ichki bir butunligi bilan aniqlanadi
S. Maqsadi, masshtabi va ishlatilgan ranglarini soni bilan aniqlanad
D. Tuzishda qatnashgan olimlarni saloxiyati va tasvirlanayotgan hududni o`rganilganlik darajasi bilan aniqlanadi
E. To`liqligi, mukammalligi va ichki bir-butunligi bilan aniqlanadi
2.Variantlarni qaysi birida geografik atlasga to`g`ri ta'rif berilgan?
A. Geografik atlas deb umumiy dasturga binoan bir butun (yaxlit, bo`linmas) asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarni sistemali to`plamiga aytiladi
B. Geografik atlas deb umumiy dasuturga binoan saralab olingan geografik xaritalarni sistemali to`plamiga aytiladi
S. Geografik atlas deb umumiy dasturga binoan bir butun asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarni to`plamiga aytiladi
D. Geografik atlas deb umumiy dasturga binoan bir butun asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarni saralangan to`plamiga aytiladi
E. Geografik atlas deb yaxlit bo`linmas asar sifatida bajarilgan geografik xaritalarni sistemali to`plamiga aytiladi
3.Umumgeografik xaritada nima tasvirlanadi?
A. Yer yuzasining asosiy rel'ef shakllari
B. Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar
S. Yer sharining ichki va tashqi ko`rinishi
D. Geografik landshaftni tashqi ko`rinishi
E. Inson faoliyati natijasida vujudga kelgan ob'ektlar
4 .Xaritalar mazmuni bo`yicha quyidagi guruxlarga bo`linadi:
A. Topografik va mavzuli xaritalarga
B. Umumgeografik va mavzuli xaritalarga
S. Umumiqtisodiy va mavzuli xaritalarga
D. Tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy xaritalarga
E. Tabiiy va ijtimoiy-infrastruktura xaritalarga
5.Geografik xaritalarni tasniflashda ishlatiladigan asosiy belgilarni ko`rsating.
A. Xaritalarni maqsadi, masshtabi, mazmuni va matematik asosi
B. Xaritalarni maqsadi, masshtabi, mazmuni va nashr qilingan joyi
S. Xaritalarning masshtabi, xaritalarda tasvirlangan hududning maydoni, xaritalarni mazmuni va xaritalarni maqsadi
D. Xaritalarni maqsadi, masshtabi, mazmuni va nashr qilingan yili
E. Xaritalarni maqsadi, masshtabi, mazmuni va tipi
6.Nuqtalar atlasda odatda nechta usul bilan qo`yiladi ?
A. Oltita
B. Beshta
S. To`rtta
D. Uchta
E. Ikkita
7.Generalizatsiyani bosh omili bu:
A. Muayyan atlas maqsadi
B. Muayyan atlaslarni masshtabi
S. Muayyan atkaslarni mazmuni
D. Muayyan atlaslarni o`ziga xos xususiyatlari
E. Muayyan atlaslarni mavzusi va tipi
8.Variantlarning qaysi birida generalizatsiyani mohiyatini belgilaydigan asosiy omillar to`g`ri ko`rsatilgan?
A. Xaritaning maqsadi, masshtabi, geodezik asosi va joyni o`ziga xos xususiyatlari
B. Xaritaning maqsadi, masshtabi, proyeksiyasi va xaritaga olinayotgan sohaning o`ziga xos xususiyatlari
S. Xaritaning maqsadi, masshtabi, mazmuni va xaritaga olinayotgan hududning o`ziga xos xususiyatlari
D. Xaritaning maqsadi, mazmuni, masshtabi va xaritaning nashr etilgan yili va joyi.
E. Xaritaning maqsadi, mazmuni, masshtabi va xaritaning o`ziga xos xususiyatlari
9.Atlasdagi voqea va xodisalar qanday belgilar bilan tasvirlanadi?
A.Shartli belgilar
B.Ko’rsatkich belgilar
S.Nuqtalar
D.Rangli belgilar
10.Atlas terminini fanga kim kiritgan?
A.Merkator
B.Strabon
S Ptolemey
D.Pifagor
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |