Geografik qobiqda modda va energiyaning aylanishi


Geografik qobiq xususiyatlari


Download 482.5 Kb.
bet5/6
Sana21.06.2023
Hajmi482.5 Kb.
#1640854
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu (3)

Geografik qobiq xususiyatlari

  1. Quyosh nurining energiyasini to'plash va aylantirish qobiliyati.

  2. Ko'p sonli turli xil tabiiy jarayonlar uchun zarur bo'lgan erkin energiya mavjudligi.

  3. Biologik xilma-xillikni yaratish va hayot uchun tabiiy muhit bo'lib xizmat qilishning noyob qobiliyati.

  4. Geografik konvertning xususiyatlari juda ko'p turli xil kimyoviy elementlarni o'z ichiga oladi.

  5. Energiya ham koinotdan, ham yerning chuqur tubidan keladi.

Geografik qobiqning o'ziga xosligi shundaki, organik hayot litosfera, atmosfera va gidrosferaning tutashgan joyida paydo bo'lgan. Butun insoniyat jamiyati o'zining hayotiy faoliyati uchun zarur resurslardan foydalangan holda paydo bo'lgan va hozir ham rivojlanmoqda. Geografik konvert butun sayyorani qamrab oladi, shuning uchun u er qobig'idagi jinslar, havo va suv, tuproq va ulkan biologik xilma-xillikni o'z ichiga olgan sayyora kompleksi deb ataladi.
XX asrning ikkinchi yarmi Yer tarixida, insoniyat tarixida o‘ziga xos alohida davrni tashkil qiladi. Bu davrda Yer yuzasida aholi sonining tez sur’atlar bilan ortib borishi, sanoat va qishloq xo‘jaligining rivojlanishi, insonning kuchli texnika vositalaridan mehnat quroli sifatida foydalanishi va fanning bevosita ishlab chiqarish kuchlariga aylanishi insonning tabiiy resurslarga bo‘lgan ehtiyojini orttirib yubordi. U tabiiy resurslardan faol foydalana boshladi va Erga, tuproqqa, suvga, havoga, o‘simlikka va hayvonot dunyosiga kuchli ta’sir ko‘rsata boshladi. Natijada, inson tabiiy resurslarning tez sur’atlar bilan kamayib ketishiga, atrof-muhitning ifloslanishiga, tabiat komponentlari orasidaga mutanosiblikning buzilishiga, qolaversa o‘zining salomatligiga va hayoti uchun xavfli bo‘lgan salbiy oqibatlarning yuzaga chiqishiga ham sababchi bo‘lib qolmoqda. Bularning hammasi turli xil va murakkab tabiiy, sotsial-iqtisodiy va ekologik muammolarni, shu jumladan inson bilan tabiat o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va aloqadorliklar bilan bog‘liq bo‘lgan muammoni keskinlashtirib yubordi. Bu muammo serqirra, murakkab va har doim dolzarb muammodir. Uning ijobiy echimi ko‘pchilik olimlarni ham, jamoatchilikni ham qiziqtirmay qolmaydi. Bu muammoning turli jabhalari bilan bir qator tabiiy, ijtimoiy va texnika fanlari o‘z tadqiqot predmeti doirasida shug‘ullanishi mumkin. Ammo, ularning birontasi bu muammoni to‘laligicha qamrab olaolmaydi. U fanlararo muammodir. Unga taalluqli ayrim masalalarni o‘rganish, ularning echimini ilmiy asoslab berishda geobotanika, biogeotsenologiya, tuproqshunoslik, ekologiya kabi fanlar muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bu borada tabiiy geografiyaning va, ayniqsa, landshaftshunoslikning o‘rni va ahamiyati o‘ziga xosdir. Chunki tabiiy geografiya va uning bir qismi bo‘lgan landshaftshunoslik inson yashaydigan va o‘z xo‘jalikdagi faoliyatini olib boradigan hududlarning tabiiy sharoitini, tabiiy komponentlari orasidagi o‘zaro aloqadorliklarni, o‘zaro ta’sirlarni, shu jumladan, inson faoliyatining ta’sirini ham o‘rganadigan fandir. Shuning uchun ham tabiat bilan jamiyat o‘rtasida ro‘y beradigan o‘zaro aloqadorlikni tartibga solib turish, sozlab turish masalalari geografik asosda hal qilinishi lozim.
Hozirgi kunda tabiiy geografiya fani hal etishi lozim bo‘lgan muammolarning ko‘pchiligi, asosan uning o‘rganish obekti va predmetining murakkabligi, o‘ziga xos xususiyatlari bilan, uni tadqiq qilishda qo‘llanilayotgan tadqiqot metodlarining o‘ziga xosligi bilan va fanning hozirgi taraqqiyot bosqichida xalq xo‘jaligi qo‘yayotgan vazifalarning serqirra va murakkabligi bilan bog‘liqdir.
Shunday muammoli masalalarning ayrimlari kichik hududlar tabiiy geografiyasi yoki landshaftshunoslikka taalluqlidir.
Landshaftshunoslik fani kishilik jamiyatining amaliy talablariga bog‘liq holda shakllandi va rivojlanib kelmoqda. Hozirgi vaqtda bu fan inson bilan tabiat orasidagi o‘zaro aloqalar samaradorligini oshirishning ilmiy asoslarini yaratish va rosmana madaniy landshaftlarni barpo qilishning muhim qoida va usullarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanmoqda.
Landshaft haqidagi ta’limot esa geografiya fanining eng muhim nazariy fikrlar majmuasi sifatida, uning eng asosiy qismi sifatida tabiiy geografiyaning amaliy hayotga kirib borishiga sharoit yaratib berdi hamda ilmiy nazariy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
Tabiiy geografiya va landshaftshunoslikka taalluqli ko‘pgina muammolar hanuzgacha o‘zining murakkabligi va munozaraliligi bilan ajralib turibdi. Jumladan, landshaftshunoslikning nazariy metodologik masalalari, landshaftning strukturasi, dinamikasi, rivojlanishi, yoshi, tashqi ta’sirlarga barqarorligi, landshaftlarni modellashtirish, eksperimental landshaftshunoslik masalalari hali puxta ishlab chiqilmagan.
Har qanday mustaqil fan o‘z tadqiqot obektiga ega bo‘lgani kabi tabiiy geografiya ham o‘z tadqiqot obektiga egadir. Uning obekti juda murakkab tuzilgan ko‘p tavsifli tabiat hosilasidir. Har bir fanning nazariyasi, metodologiyasi rivojlanib, izlanish metodlari takomillashib borgani sari uning tadqiqot obekti, predmeti va vazifalari haqidagi tushunchalar ham aniqlashib, muayyanlashib borishi tabiiydir. Shu nuqtai nazardan qaraganda, tabiiy geografiya fanining qozirgi rivojlanish bosqichida uning tadqiqot obekti haqida to‘rtta tushuncha hosil bo‘lganligini e’tirof etish mumkin.
Tabiiy geografiyaning obekti haqidagi birinchi va eng keng tarqalgan tushuncha geografik qobiq haqidagi tushunchadir. Bu tushunchaga asos bo‘lgan dastlabki fikr P.I.Brounov (1910) tomonidan, uning tabiiy geografiyadan tuzgan o‘quv qo‘llanmasida bildirilgan edi. Unda yozilishicha, tabiiy geografiya Yerning qiyofasini, ya’ni Yerning turli hodisalar va organik hayotga makon bo‘lgan tashqi qobig‘ini o‘rganadi. Bu qobiq bir-biriga tutash bo‘lgan, o‘zaro ta’sir va aloqadorlikda bo‘lgan sferalar, ya’ni litosfera, gidrosfera, atmosfera va biosferadan tashkil topgandir. P.I.Brounov bu sferalarning barchasi bir-biriga kirishib, o‘zaro ta’sirlari bilan ham Erning tashqi qobig‘ini, ham Erdagi barcha hodisalarni keltirib chiqaradi. SHu o‘zaro ta’sirlarni o‘rganish tabiiy geografiyaning eng asosiy vazifalaridan birini tashkil qiladi, deb yozgan edi. Ushbu muallif fanda birinchi bo‘lib tabiiy geografiyaning obektini o‘z mazmuniga mos nom bilan, ya’ni Yerning tashqi qobig‘i deb atagan edi. Uning fikrlari keyinchalik A.A.Grigorev tomonidan rivojlantirildi va natijada geografik qobiq haqidagi ta’limot yuzaga keldi. Bu ta’limotning asosiy mazmuni Yerning ustki qismi sifat jihatidan boshqa sferalardan farq qiladigan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan qobiqdan tuzilganligi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan, bir-biriga faol ta’sir etib turadigan turli geosferalardan tashkil topganligi hamda o‘zida organik hayot va murakkab tabiiy geografik jarayonning mavjudligi bilan ifodalanadi.
Geosferalarning har biri moddaning u yoki bu agregat holatini aks ettirib, geografik qobiqning u yoki bu komponentini tashkil qiladi. Masalan, atmosfera moddaning gaz holatidagi ko‘rinishi bo‘lib, geografik qobiqning havo komponentini, gidrosfera esa moddaning suyuq holatidagi suv komponentini tashkil qiladi va h.k.
Geografik qobiqni tashkil qiluvchi va uni rivojlantiruvchi komponentlarning o‘zaro ta’sir va aloqadorliklari ular orasida muttasil ro‘y berib turadigan modda va energiya almashinishining natijasi bo‘lib, bu almashinish moddaning aylanishi va energiya oqimi shaklida bo‘ladi. Geografik qobiqdagi modda va energiyaning harakati uning tarkibiy qismlarini bog‘lab turadi va bir butunligini ta’minlaydi.
Geografik qobiqning mavjudligi va u o‘ziga xos xususiyatlari bilan tabiiy geografiyaning obekti ekanligi ko‘pchilik geograflar tomonidan tan olingan. Ammo uning nomlanishi, uning yuqori va quyi chegaralari hamda ularga bog‘liq holda, qalinligi haqida turlicha fikrlar yuzaga kelgan. Geografik qobiq haqidagi ta’limotning asoschisi hisoblangan A.A.Grigorevning o‘zi ham uni turlicha nom bilan atagan. Masalan, 1930 yilda "geografik muhit", 1937 yilda "tabiiy geografik qobiq" va 1964 yilda esa "geografik qobiq" deb atagan.
Geografik qobiq haqidagi ta’limotning ommalashtirilishida, oliy geografik ta’limga joriy qilinishida, o‘rta maktab dasturlariga kiritilishida xizmatlari beqiyos bo‘lgan S.V.Kalesnik 1940 yilda birinchi bo‘lib "geografik qobiq" atamasini ishlatgan bo‘lsa ham keyinchalik 1955, 1970 yillarda u sinonim sifatida "landshaft qobig‘i" atamasidan foydalana boshladi.
Yerning tashqi qobig‘ini geografik adabiyotda "landshaft qobig‘i" (YU.K.Yefremov, 1950: V.B.Sochava, 1956), "landshaft sferasi" (YU.K.Yefremov, 1959: D.L.Armand, 1975), "biogenosfera" (I.M.Zabelin, 1959, 1978), "epigeosfera" (A.G.Isachenko, 1965, 1991) yoki "geosfera" (A.M.Ryabchikov, 1978) deb nomlash hollari uchraydi. Bir vaqtlar V.I.Vernadskiy (1926) aytgan "biosfera" ham o‘z chegaralari bilan geografik qobiqqa mos keladi. Bu haqda, A.E.Krivolutskiy (1985) tomonidan tuzilgan va tabiiy geografiyaning obektiga nisbatan bildirilgan turli ko‘z qarashlarni aks ettiruvchi ko‘rgazmali jadval yaxshi tasavvur hosil qilishi mumkin (1-rasm).

Ushbu chizmada geografik qobiqning qalinligi va chegaralari haqida bildirilgan fikrlarni ham aniqlab olish mumkin.
N.A.Gvozdetskiy (1979) tabiiy geografiyaning predmeti haqida so‘z yuritar ekan, YU.K.Yefremov (1959) va S.V.Kalesnik (1970) kabi geografik qobiq atamasining o‘rniga landshaft qobig‘i atamasini ishlatish o‘rniga, F.N.Milkov (1970) tavsiya etganidek, alohida qobiqni landshaft sferasini ajratish to‘g‘riroq bo‘lar edi, deb hisoblaydi.
Erning landshaft sferasi deganda F.N.Milkov, ayrim tabiiy geograflar kabi geografik qobiqning o‘zginasini emas, balki uning ichida mavjud bo‘lgan, nisbatan yupqa, o‘ziga xos o‘rtaliq qobiqni tushunadi. U geografik qobiqda: 1) yuqorigi havo qatlami; 2) o‘rta landshaft qatlami; 3) landshaftlararo, suv qatlami; 4) quyi (litosfera) tog‘ jinslari qatlami kabi to‘rtta qatlamni farqlash mumkinligini hamda ulardan uchtasini qalinligi kilometrlab o‘lchansa, o‘rta landshaft qatlamining qalinligi esa bir necha o‘nlab metrdan bir necha yuz metrgacha borishini yozadi.
Erning landshaft sferasi atmosfera, litosfera va gidrosferalarning tutashgan, bir-biriga faol ta’sir etib turadigan modda va energiya almashinishi nihoyatda jadal ro‘y beradigan hamda organik hayot "qaynagan" qismida hosil bo‘ladi (2 rasm).
F.N.Milkov ta’biri bilan aytganda, Erning landshaft sferasi geografik qobiqning "biologik fokusi" hisoblanadi va mazmun jihatidan R.I.Abolin (1914) aytgan "epegenema" ga, V.I.Vernadskiy (1926) ajratgan biosferaning "hayot quyuqlashgan" qatlamiga yoki E.M.Lavrenko (1949) "fitogeosfera" deb nomlagan qatlamga mos keladi.
Geografik qobiqning aynan ana shu bir necha o‘n metrlik "o‘rtaliq" yoki "markaziy" qatlami alohida e’tiborga loyiq ekanligini A.A.Krauklis (1979) ham ta’kidlaydi. U moddaning asosiy qismi to‘plangan, jonli va jonsiz modda o‘rtasidagi eng muhim o‘zaro ta’sirlar bo‘lib turadigan bu qatlamni faciyalar yoki toplarning chegaralari yaxshi namoyon bo‘lishini e’tiborga olib "toplar sferasi" deb ataydi.




Download 482.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling