GEOGRAFIYA (5-SINF)
-
variant
-
Eratosfen tuzgan dunyo xaritasida tasvirlanmagan daryoni toping.
A) Yaksart B) Hind C) Ra D) Ganga
-
Ikki shahar orasidagi masofa 10 km ga teng boʻlsa, 1:500 000 masshtabli xaritada ushbu masofa qanchaga teng boʻladi?
A) 5 cm B) 2 cm C) 50 cm D) 20 cm
-
Quyidagi qaysi yarimorol eng yirik hisoblanadi?
A) Hindiston B) Arabiston C) Labrador D) Hindixitoy
-
Seysmik soʻzi qaysi tildan olingan?
A) lotin B) nemis C) fransuz D) yunon
-
Exolot asbobi yordamida nima oʻlchanadi?
A) havo harorati
B) dengiz va okeanlar chuqurligi
C) havo bosimi
D) suvning sho‘rligi
-
Exolotdan yuborilgan tovush 6 sekundda qaytib kelgan bo‘lsa, okean chuqurligini aniqlang.
A) 3 850 m B) 5 250 m C) 4 500 m D) 6 000 m
-
Quyidagi nomli masshtablarni sonli masshtabga aylantiring.
1 сm da 3 km; 1 сm da 20 km; 1 сm da 500 km.
A) 1:3 000; 1:20 000; 1:500 000
B) 1:30 000; 1:200 000; 1:5 000 000
C) 1:300 000; 1:2 000 000; 1:50 000 000
D) 1:3 000 000; 1:20 000 000; 1:500 000 000
-
22-iyun kuni janubiy yarimsharda qaysi fasl boʻladi?
A) qish B) kuz C) yoz D) bahor
-
Shimol bilan shimoli-sharq orasida ufqning qaysi oraliq tomoni joylashgan?
A) sh. sh. gʻ B) sh. shq. shq C) sh. sh. shq D) j. shq. shq
-
Agar old tomoningiz bilan sharqqa qarab tursangiz, oʻng qoʻlingiz ufqning qaysi tomoni boʻladi?
A) janub B) janubi-sharq C) shimol D) gʻarb
Do'stlaringiz bilan baham: |