Geografiya darslarida xarita va Globus bilan ishlash Reja Geografik xaritalar va ularning turlari


Download 95 Kb.
bet4/5
Sana23.04.2023
Hajmi95 Kb.
#1392426
1   2   3   4   5
Bog'liq
17.Geografiya darslarida xarita va Globus bilan ishlash

Yozuvsiz xaritalar bilan ishlar. O‘quvchilar yozuvsiz xaritalar bilan darsda yangi material bayon etilayotganda bilimlar mustahkamlanayotganda va tekshirilayotganda, amaliy mashg‘ulotlarda va uyda uy vazifasini bajarayotganlarida ishlaydilar. Kursda o‘rganiladigan obektlarning bir qismi (mamlakatlarning chegaralari, qirg‘oq chiziqlari, daryolar va ko‘llar eng yirik shaharlar). Yozuvsiz xaritada belgilab qo‘yilgan bir qismi esa unda ko‘rsatilmagan. Belgilangan obektlarga qarab o‘quvchilar kerakli yozuv yoki shartli belgini to‘g‘ri topishi, uni aylantirib qalam bilan chizib chiqishi lozim. Masalan, dunyo okeani qit’alaridagi daryolar o‘rganilayotganda o‘quvchilar ko‘rsatilgan daryolarni yozuvsiz xaritadan topadilar, ularni belgilab chiqadilar va nomlarini yozib qo‘yadilar.
Yozuvsiz xaritalar ustida ishlashning ikkinchi turi- o‘quvchilarning yozuvsiz xaritalar asosida har xil kartachizmalar tuzishidir. Masalan, iqlimi o‘rganilayotganda yozuvsiz xaritalarga izotermalar, shamollarning yo‘nalishi va boshqalar, o‘simliklar va hayvonot dunyosi o‘rganilayotganda esa tabiat zonalarining chegaralari chizib qo‘yiladi.
Yozuvsiz xarita bilan ishlash geografik obektlarning nomlarini va ularning xaritadagi geografik o‘rnini bolalar xotirasida mustahkamlash, shuningdek, geografik hodisalarni aniqlash uchun muhim vositadir. Yozuvsiz xarita bilan ishlash geografik nomlarni to‘g‘ri va to‘g‘ri talaffuz qilishga yordam beradi. Xaritadagi chegaralar qalam bilan: chegaralar qizil qalam bilan, dengiz va ko‘llar ko‘k qalam bilan chiziladi, shaharlarning punsonlari esa o‘ziga qolaveradi.
Tog‘ tizmalari jigarrang yoki qora qalam bilan uzun-uzun chiziqlar shaklida, qirlar va yassi tog‘liklar esa berk yozuvsiz xaritalar shaklida chiziladi.
Yozuvsiz xaritalarni bo‘yayotganda shartli belgilar va ranglar, odatda umumiy qabul qilingan shartli belgilarga va ranglarga o‘xshash bo‘lishi lozim.
Globuslar, ularning ahamiyati va geografiya o‘qitishda globuslarda foydalanish. Globus-(lotincha-dumaloq) Yerning kichraytirilgan nusxasi, unda Yer yuzasi, materiklar va okeanlar, tog‘lar va tekisliklar shakli hatosiz, aniq va to‘g‘ri tasvirlanadi. Birinchi marta globus Beruniy tomonidan X – asrda, Bexaym tomonidan XY-asrda yasalgan.
Yer sharining kichraytirilgan modeli bo‘lmish globus kartografik qo‘llanma sifatida xaritaga qaraganda bir qancha muhim afzalliklarga ega. Globusda ayrim punktlar o‘rtasidagi masofani chizishda xatoga yo‘l qo‘yilmaydi va maydonlarning bir-biriga nisbatan to‘g‘ri ko‘rsatiladi. Uning miqyosi barcha yo‘nalishda doimiydir. Globusdagi barcha yozuvsiz xaritalar va shakllar Yer sharidagi xaqiqiy holatiga o‘xshaydi. Globus bu xususiyatlari tufayli o‘quvchilarda to‘g‘ri hududiy tasavvurlar hosil qilishda va ko‘pgina mashqlar o‘tkazishda nihoyatda qimmatli o‘quv quroli hisoblanadi.
O‘quvchilarda qutblar, ekvator, meridianlar va parallellar to‘g‘risida geografik kenglik va uzunlik haqida to‘g‘ri tasavvur hosil qilish uchun bu tushunchalar bilan tanishtirishni globusdan boshlash va faqat shundan keyingina yarim sharlar xaritasi bilan ishlashga o‘tish kerak. Bunday holda globus ayniqsa qulaydir, bunday globusda bo‘r bilan gradus to‘rini chizib ko‘rsatish mumkin: “Yerning shakli va harakati”, “Yil fasllarining almashinishi”, mavzularini o‘tayotganda globus asosiy ko‘rsatmali o‘quv quroli hisoblanadi.
Globusdan eng qisqa masofani o‘lchash uchun berilgan ikki manzil orasiga globus yuzasiga ip yoki millimetrlarga bo‘lingan qog‘oz qo‘yib, so‘ngra uni o‘lchash va globusning sonli miqyosi maxrajiga ko‘paytirish kerak bo‘ladi.
Materiklar va okeanlarni, katta dengizlar va orollarni, katta mamlakatlarni, katta – katta hududlarni o‘rganayotganda ham ularni dastlab globusdan, so‘ngra xaritadan ko‘rsatish foydalidir. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra katta maydonlarga doir masalalar o‘rganilayotganda ham globusdan ko‘rsatish zarur.
Geografiyani xaritasiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Xarita geografiya o’rganadigan barcha jihozlar va hodisalar haqida hikoya qila oladi, xarita tez, aniq va lo’nda qilib hikoya qilishda kitobdan ham avzallik qilishi mumkin. Xarita - geografiya darslarida bilim olishning asosiy manbaidir. Shunday ekan har bir o’quvchi xaritani o’qiy olishi lozim. Agar o’quvchi xaritaga qarab hali o’rganilmagan dengiz yoki daryo haqida gapira olsa, tog’larning balandligi va yo’nalishini aniqlay bilsa, ma’lum bir joyning yer yuzasini yoki iqlimini ta’riflay olsa, bu o’quvchi xaritani biladi, deyish mumkin.
Xaritadan to’g’ri foydalana olishni o’rganish uchun geografiya o’qituvchi o’quvchilarni har qaysi yangi xarita mana bunday tartibda tanishtirib borishi lozim.
Xaritaning turi, undan qanday maqsadda foydalanish va uning shartli belgilarini tushuntirish, o’quvchilar e`tiborini xarita mashtabiga jalb etish lozim.
Bundan tashqari, o’qituvchi o’quvchilar e’tiborini gradus to’rining holati, meridian va paralellarning qanday o’tkazilganligiga kenglik va uzunlikni belgilagan o’rniga, ekvator, bosh meridian, qutbiy va tropik doiralariga jalb qilish lozim, Globusdagi joy xaritada boshqacha tasvirlanganligini ko’rsatib olish kerak.
Geografiya fani o’qituvchisining asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarga xaritani tushunish va va o’qiy olishni o’rgatishdir.
Xaritaning bilishning ma’nosi shuni, o’quvchilar undagi shartli belgilarga tushunishlari va shu shartli belgilar orqali ko’rsatiladigan joy va hodisalarning xarakterlarini ko’z oldiga keltira olishlari xaritaga qaraganlarida ular ongiga daryolar, tog’ tizmlari va muzliklarining manzaralari xosil bo’lishi kerak.
Xaritani bilish uchun joyda mo’ljal olish, gorizont tomonlarini yo’nalishlarini qog’ozga tasvirlashni, masshtab bilan ishlashni joy planini o’rganishni va chizishni bilish kerak. Undan keyin esa o’quvchilar globus va xaritalarda geografik kenglik va uzunliklarin aniqlash turli mazmundagi xaritalarini o’qishni xaritalarini asosiy avzal kamchliklarni aniqlashni bilish lozim.
Geografik xaritalar g‘oyat ko‘p va xilma-xildir. Xaritalar — o‘rganish, hisobga olish, saqlash va boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Xaritalar tasvirlangan hududning katta-kichikligiga, masshtabiga, mazmuniga va ko‘zda tutilgan maqsadiga qarab guruhlarga ajratiladi.Òasvirlangan hududning katta-kichikligiga ko‘ra, xaritalar:dunyo va yarimsharlar, materiklar va okeanlar, tabiiy o‘lkalar,mamlakatlar, viloyatlar va boshqa ma’muriy birliklar xaritalariga bo‘linadi. Masshtabiga ko‘ra: yirik masshtabli (1 : 10 000 dan 1 : 200 000 gacha), o‘rta masshtabli (1 : 200 000 dan 1 : 1 000 000 gacha),mayda masshtabli (1 : 1 000 000 va undan mayda) xaritalar bo‘-ladi. Joy planini tuzishda ham muayyan masshtabdan (1 : 5000 va undan yirik) foydalaniladi. Lekin plan kichik hududlar uchun tuziladi.Mazmuniga ko‘ra, xaritalar: umumgeografik va mavzuli xaritalarga bo‘linadi. Umumgeografik xaritalar hududlarning umumiy ko‘rinishi va geografik xususiyatlarini aks ettiradi. Bularga,asosan, tabiiy va siyosiy xaritalar kiradi. Mavzuli tabiiy xaritalardaayrim tabiat komponentlari nisbatan aniq va mukammal tasvirlanadi. Bunday xaritalarga 6- sinf atlasidagi Yer po‘stining tuzilishi, tabiat zonalari, iqlim va boshqa xaritalarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Ba’zan mavzuli xaritalarda bitta yoki ikkita emas, balki birbiri bilan bog‘langan bir qancha komponentlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bunday xaritalarga kompleks xaritalardeyiladi (6- sinf atlasiga qarang). Xaritalarning qo‘llanilish maqsadiularning masshtabiga,
mazmuniga va jihozlash usuliga katta ta’sir ko‘rsatadi. Buni bitta hududning bir xil masshtabli va mazmunli, lekin har xil maqsadli xaritalarini bir-biriga taqqoslab, yaqqol ko‘rish mumkin.Maqsadiga ko‘ra, xaritalarni: o‘quv, ilmiy, turistik,targ‘ibot tashviqot kabi turlarga bo‘lish mumkin.
Maktab geografiya kurslarining barchasida yozuvsiz xaritalar bilan ishlash alohida ahamiyatga ega. Yozuvsiz xaritalar bilan ishlashga o`qituvchi o`quvchilarni dastlabki geografiya darsidan o`rgatib borishi zarur. Geografiyadan o`tkaziladigan bilimlar bellashuvi musobaqalarida yozuvsiz xaritalar bilan ishlash alohida mashg`ulot turi bo`lib, unda 50 ballik baholanishi, bu mashg`ulotning geografiya ta`limidagi ahamiyatini belgilaydi. O`quvchilarning yozuvsiz xaritalar bilan ishlay olish malakalarini rivojlantirish uchun uning qoidalarini to`g`ri anglab olishlari muhimdir. Odatda yozuvsiz xaritalar dars va uyga vazifani bajarish sharoitida ma’lum geografik ob’yektni yozuvsiz xaritaga tushirish geografik atlasga qarab amalga oshiriladi. Bilimlar bellashuvi musobaqalarida esa o`quvchidan atlasga qarab emas, balki yoddan ob’yektlarni joylashtirish talab etiladi. Shuni hisobga olib geografiya o`qituvchilari darsda va uyga vazifani bajarish jarayonida o`quvchilarni mustaqil geografik atlasdan foydalanmasdan yozuvsiz xaritalarni to`ldirish malakalarini shakllantirishlari talab etiladi. O`quvchilar quyida beriladigan yozuvsiz xaritalar bilan ishlash qoidalarini puxta o`zlashtirishlari lozim.



Download 95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling