Geografiya fani o’quvchisi qurbonboyeva hanifaning


Mavzu. Tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri


Download 0.73 Mb.
bet3/9
Sana09.10.2019
Hajmi0.73 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Mavzu. Tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri.

Darsni o`tkazish joyi: Ggeografiya xonasi- 206

Dars turi: Nazariy

Dars tipi: Aralash dars. Yangi mavzuni o’zlashtirish darsi.

O`quv maqsadi:

1.Jamiyat va tabiat o’rtasidagi turli vaqtlarda va joylarda turlicha bo’lishini, bu ta’sir natijasida gi o’zgarishlarni tahlil va tadqiq qilish natijasida tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siri qanchalik maqsadga muvofiqligini, yoki aksincha bo’lishini, inson tufayli maqsadga to’g’ri yo’naltirilganligini tabiatdan oqilona foydalanishni o’rganish

2.O`quvchilarda tabiat va jamiyatning o’zaro ta’siriga oid bilimlarni shakllantirish.

Kutiladigan natijalar:1 Tabiat va jamiyatning o’zaro ta’sirining asosiy bosqichlari haqida ma’lumotlarni o’rganish.

Mashg`ulotning texnologik xaritasi.

Mashg`ulot uchun ajratilgan vaqt-80



Dars bosqichlari

Vaqt

Dars mazmuni

Metod

Vosita


Tashkil qism

5

Salomlahish, davomatni nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini ko`zdan kechirish

Savol- javob




Motivatsiya

O`tilgan mavzuni so`rash va baholash

10

20


Jamiyat va tabiat o’zaro ta’sirining asosiy bosqichlarini bir necha qismlarga bo’lib o’rganiladi..
1..Tabiiy geografik jarayonlar deb nimaga aytiladi?

2.Yerning ichki kuchlari ta’sirida qanday jarayonlar sodir bo’ladi?

3.Tashqi kuchlar ta’sirida qanday tabiiy geografik jarayonlar vujudga keladi?

4Eroziya deb nimaga aytiladi?

5Seysmik mintaqalar deb nimaga aytiladi?

6.Nurashning qanday turlarini bilasiz?


Savol-javob. Suhbat metodlaridan foydalanish



Ko’gazmali qurollar.

.

Kompyuter-A-1



Globus- G-7

Dunyo siyosiy xaritasi.

Tarqatma materiallar.

kitob,doska



Yangi mavzu bayoni

25

Mavzu asosida savol – javob qilinadi.

1.Qaysi bosqichda insonning tabiatga ta’siri kuchsiz namoyon bo’la boshladi?

2.Qaysi bosqichda inson tabiatni o’zgartirmasdan, unga moslashgan?

3.Sanoat inqilobi qachon sodir bo’ldi?

4.Qaysi bosqichda dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan?

5.Gidrotexnik inshootlar qanday qurilmalardan iborat?6.Shaharsozlik inshootlari ro’yxatini tuzing.


Venn diogrammasi, metodidan va yozma metodlardan foydalanish.




Kompyuter-A-1.

Globus G-7

Dunyo siyosiy xaritasi.

Yerning ichki tuzilishi maketi.

doska kitob


Mustahkamlash

15

Mavzu asosida savol – javob qilinadi.

1O’zingiz yashab turgan xududda qanday inshootlar bor?

2.Karyerlar, shaxtalar,tog’-metallurgiya kombinatlari qanday inshootlar guruhiga kiradi?

3Tabiat resurslaridan foydalanish me’yori deganda nimani tushunasiz?

4Ekologik muvozanat qanday hollarda buziladi?

5Siz yashab turgan hududda tabiat resurslaridan qanday foydalaniladi?


Savol- javob.Aqliy hujum..



Yerning ichki tuzilishi maketi

Globus.

Dunyo siyosiy xaritasi.



doska kitob

Yakuniy qism uyga vazifa va adabiyotlar

5

O quvchilarni baholash va baholarni izohlash. 4-mavzu.32-34, 35-37, 38-39-betlar.2.15-16-17-18-19-rasmlarni o’rganish . 3.Savol- javob. 4.Dunyo mamlakatlarini o’rganish.

Ma’ruza

Muhokama


Eslatma

O`quv jurnali, kitob

Yangi mavzu bayoni.

Insoniyat tarixi davomida uning tabiat bilan bo’lgan munosabati doimo o’zgarib murakkablashib brogan.

Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’siri besh bosqichga bo’lish mumkin.


  1. Termachilik, ovchilik va baliqchillik bosqichi. Bundan 30 000 yil avvalboshlangan. Ushbu davrda odam termachilik, ovchillik va baliqchilik bilan shug’ullangan. Shuning uchun mazkur bosqich termachilik, ovchilik va baliqchilik bosqichi deb ataladi. Ibtidoiy odamni iqlimi qulay biologic resurslarga boy joylar ko’proq qiziqtirgan. Bu bosqichda inson tabiatini o’zgartirmagan, balkii unga moslashgan.

  2. Qishloq xo’jalik inqilobi bosqichi. Bundan 6-8 ming yil ilgari sodir bo’lgan ushbu davrda odam ovchilik va baliqchilikdan dehqonchilikka o’tgan. Tabiiy landshaftlarning kuchsiz o’zgarishi ro’y bera boshlagan.

  3. O’rta asrlar bosqichi. Bu davrda insonning tabiatga bo’lgan ta’siri kuchaya brogan hunarmandchilik rivojlangan xo’jalikda tabiiy boyliklar keng qo’llanila boshlagan. Dehqonchilikva chorvachilik yanada rivojlangan, ammo ular asosan qo’l kuchiga asoslanganligi uchun ekologik muvozanatga ta’sir etmagan.

  4. Sanoat inqilobi bosqichi. Bu davr bundan 300 yil avval ro’y berdi. Jamiyatning tabiatga ta’siri kuchayadi. Tabiiy landshaftlar tez sur’atlarda o’zgara boshlanadi. Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli boshqa qit’alar ham o’zlashtira boshladi. Ispaniya, Partugaliya, Angliya, Fransiya davlatlari tomonidan ulkan mustamlakalar, imperiyalar vujudga jeltirildi. Sanoat rivojlangan sayin jammiyatning tabiatga ta’siri ham orta boshladi.

  5. Fan – texnika inqilobi bosqichi. Bu davr XX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. Fan va texnikaning yuksak darajada rivojnshi munosabati bilan tabiiy resurslar juda katta miqyosda o’zlashtirila boshlandi. Katta – katta hududlar qishloq xo’jaligi maqsadida o’zlashtirildi, ulkan zavodlar qurildi, cho’llar shimoliy hudular, tog’lar hamda dunyo okeani o’zlashtirildi va ekologik muvozanat buzila boshladi. Natijada umuminsoniy ekologik muommolar vujudga keldi.

Tabiat va jamiat o’rtasidagi o’zaro tasir asosan muhanislik inshoatlari va ularning ish faoliyati orqali ro’y beradi.

Ma’lum bir maqsadlarda qurilgan binolar muhandislik inshoatlari deb yuritiladi. Muhandislik inshoatlari quydagi guruhlarga bo;lish mumkin.

Shaharsozlik inshoatlari. Maskur inshoatl;arga ma’muriy binolar uy joy binolari, kamunal ho’jalik binolari, maishiy xizmat binolari, sog’liqni saqlash, maorif va moliya binolari kiradi. Uy-joy binolari shaharlarda ko’p qavatli, qishloqlarda asosan bir qavatli binolardan iborat.

Sanoat inshoatlari. Bularga tog’- kon sanoati inshoati metalurgiya sanoati inshoati, yoqilg’i- energetika sanoati inshoatlari, mashnasozlik sanoati inshoatlari, yengil sanoat inshoatlari, qurilish sanoatlari, oziq ovqat sanoati inshoati kiradi.

Tog’- kon sanoati inshoatlariga karyerlar, shahtalar, tashlamalar, ma’muriy binolar boyitish bfabrikalari, tog’- metalurgiya kombinati kiradi.

Metallurgiya sanoati inshoatlariga asosan qora va rangli metallurgiya sanoati inshoatlari kiradi. Ularning maydoni katta va chiqindilar hajmi ham katta bo’ladi.

Kimyo sanoati inshoatlari mineral o’g’it, kilota, sun’iy tola ishlab chiqaradigan zavotlar binolaridan iborat.

Yoqilg’i- energetika sanoati inshoatlariga neft va gazni qayta ishlash zavotlari issiqlik elektrostansiyalari va markazlari binolari kiradi.

Mashinasozlik sanoati inshoatlari asosan podshipnik, stanoksozlik, avtomobilsozlik, samolyotsozlik, teplovossozlik, vagonsozlik zavodlari binolaridan iborat.

Yengil sanoat inshoatlari asosan to’qimachilik, poyabzal, qishloq xo’jalik mahsulotlarni qayta ishlovchi zavod va fabrikalar binolaridan iborat.

Transport inshooatlari yo’llardan ,ko’priklardan, tunnellardan, vokzallardan, aeroport va portlardan iborat.

Suv (gidrotexnik) inshooatlari to’g’onlar, suv omborlari, kanallar, kollektorlardan iborat.

Mazkur inshootlarning qurilisi va faoliyati ta’sirida atrof muhitda salbiy yoki ijobiy o’zgarishlar vujudga keladi. Tabiat resurslari chegaralangan bo’lib, unga zarar yetkazmaslik va ulardan me’yorida, ehtiyojga yarasha foydalanish lozim. Agar tabiat resurslarining qayta tiklanish qobiliyati susayib ketadi va ekologik muvozanat buziladi.Tabiatda barcha tabiiy component va komplekslar bir-biri bilan o’zaro muvozanatda bo’’ladi. Har bir hududda relief, yerosti va yerusti suvlari,. Iqlim, tuproq, o’simllik va hayvonot dunyosi o’zaro aloqada.

Chunki tabiat mmintaqalarining u yoki bu joylarida har bir relief turi shakliga ma’lum iqlim turi va sharoiti, yerosti vqa yerusti suvlaari me’yori, tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosining aniq turlari mos keladoi. Demak, tabiatda barcha komponentlar har bir hududda bi-biri bilan o’ziga xos moslashuv hamda aloqadorlik vujudga keltirgan va shu zaylda bir necha yuz ming yillardan beri taraqqiy etib kelmmoqda. Binobarin, tabiat komponentlari orasida tabiiy muvozanat mavjud bo’lganligi sababli, har bir joy yoki hudud ma’lum bir yo’nalishda reivojlanish bosqichlarini bosib o’tadi.

Harbir tabiat kompleksi ma’lum miqdordagi tabiiy boylikka ega. Agar mazkur boylikdan rejali foydalaniosh yo’lga qo’yilmasa, ekologik muvozanat buzila boshlaydi. Buning oqibatida tabiat qashshoqlashadi, tupoqlar sho’rlanadi, yerning hosildorligi pasayadi, suvlar ifloslanadi va ichishga yaramay qoladi, tiklanadigan tabiiy resurslar qayta tiklanmaydi.

Tog’ yonbag’irlarida sug’oriladigan va lalmi dehqonchilik, bog’dorchilik hamda yaylov chorvachiligi bilan odamlar qadimdan shug’ullanib kelishadi. Mahalliy har bir soy vodiysi yoki yonbag’irlarining dehqonchilik, chorva mollarini boqish, pichan tayyorlash uchun qanchalik tabiiy boyliklarga ega ekanligini juda yaxshi biladi. Tog’larda o’tin tayyorlash maqsadida mavjud daraxtlar qirqiladi. Oqibatda ular ostidagi o’tlar va butalar ham zarar ko’radi. Tuproqning yuzasi ochilib u yog’in sochin ta’sirida eroziyaga uchraydi.

Avval, yuzalama eroziya, so’ngra chuqurlatish eroziya yuz berib, vaqt o’tish bilan tuproqning usttki qismi butunlay yuvilib ketadi. Natijada xo’jalikda foydalanadigan yerlar va yaylovlar maydoni qisqaradi.

Shu sababli, har bir joyning resurslari (tuproq, o’simllik, hayvonot dunyosi, suvlari, foydali qazilmalari)dan maqsadga muvofiq foydalanilsa, ekologik muvozanat buzilmaydi.



Eroziya uchragan va sho’rlagan yerlarning O’zbekiston hududi bo’yicha taqsimlanishi (sug’oriladigan maydonlarga nisbatan % hisobida)




Tuproqlar eroziyasi(%) │ Tuproqlar sho’rlanishi (%)

Viloyatlar






Qoraqolpog’iston

21, 4

90,0

38,9

Andijon

7,6

9,2

4,6

Buxoro

2,2

95,7

37,6

Jizzax

17,o

97,9

39,3

Qashqadaryo

14,6

47,9

13,2

Navoiy

0,9

86,9

33,5

Namangan

22,1

23,6

4,1

Samarqand

28,6

3,6

1,4

Surxandaryo

57,2

42,9

16,5

Sirdaryo

14,6

83,1

30,9

Toshkent

24,9

2,4

0,4

Farg’ona

5,7

52,3

27,0

Xorazim

0,0

100

53,1

O’zbekiston

18,8

52,2

18,4



Yangi mavzuni mustahkamlash:

1.Qaysi bosqichda insonning tabiatga ta’siri kuchsiz namoyon bo’la boshladi?

2.Qaysi bosqichda inson tabiatni o’zgartirmasdan, unga moslashgan?

3.Sanoat inqilobi qachon sodir bo’ldi?

4.Qaysi bosqichda dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan?

5.Gidrotexnik inshootlar qanday qurilmalardan iborat?6.Shaharsozlik inshootlari ro’yxatini tuzing.

6.O’zingiz yashab turgan xududda qanday inshootlar bor?

7.2.Karyerlar, shaxtalar,tog’-metallurgiya kombinatlari qanday inshootlar guruhiga kiradi?

8Tabiat resurslaridan foydalanish me’yori deganda nimani tushunasiz?

9.Ekologik muvozanat qanday hollarda buziladi?



10Siz yashab turgan hududda tabiat resurslaridan qanday foydalaniladi?

Uyga berilgan topshiriq:A. Rafiqov. H.Vahobov. A.Qayumov._Sh. Azimov._Amaliy geografiya darsligi. ` O quvchilarni baholash va baholarni izohlash.1. 4-mavzu.32-34, 35-37, 38-39-betlar.2.15-16-17-18-19-rasmlarni o’rganish . 3.Savol- javob. 4.Dunyo mamlakatlarini o’rganish
Darsni yakunlash:O`quvchilarni baholash, baholarni izohlash.
Umumta’lim fanlar kafedrasi mudiri:

_____________D.Rustamova Tuzuvchi________H.Qurbonboyeva.

5- dars reja


Guruh








































Sanalar.








































Guruh








































Sanalar.








































Fan: Amaliy geografiya

Mavzu. Tabiat komplekslari va ularning o’zgarishi.

Darsni o`tkazish joyi: Ggeografiya xonasi- 206

Dars turi: Nazariy

Dars tipi: Mustaqil bilim o’zlashtirish.

O`quv maqsadi:

1.Tabiat komponentlari,tabiat komplekslari, landshaftlar, joy, maydon, fatsiya, landshaft tahlili, tabiat komplekslarining barqarorligini inson tufayli maqsadga to’g’ri yo’naltirilganligini tabiatdan oqilona foydalanishni o’rganish

2.O`quvchilarda tabiat komponentlari, komplekslari va landshaft va uning tuzilishi,loihalash ishlarida landshaft tahlili, tabiat komplekslarining barqarorligi va uning xo’jalik ishlarida hisobga olishni, tabiat komplekslarining inson tomonidan o’zgartirilishiga oid bilimlarni shakllantirish.

Kutiladigan natijalar:1 Tabiat komponentlari va tabiat komplekslari haqida to’liq ma’lumotga ega bolish.

Mashg`ulotning texnologik xaritasi.

Mashg`ulot uchun ajratilgan vaqt-80



Dars bosqichlari

Vaqt

Dars mazmuni

Metod

Vosita


Tashkil qism

5

Salomlahish, davomatni nazorat qilish, o`quvchilarning darsga tayyorgarligini ko`zdan kechirish

Savol- javob




Motivatsiya

O`tilgan mavzuni so`rash va baholash

10

20


Tabiat komplekslari va komponentlari bir necha qismlarga bo’lib o’rganiladi..
1.Qaysi bosqichda insonning tabiatga ta’siri kuchsiz namoyon bo’la boshladi?

2.Qaysi bosqichda inson tabiatni o’zgartirmasdan, unga moslashgan?

3.Sanoat inqilobi qachon sodir bo’ldi?

4.Qaysi bosqichda dehqonchilik va chorvachilik yanada rivojlangan?

5.Gidrotexnik inshootlar qanday qurilmalardan iborat?6.Shaharsozlik inshootlari ro’yxatini tuzing..


Suhbat

Savol-javob metodlaridan foydalanish



.

.

Kompyuter-A-1



Globus- G-7

Dunyo siyosiy xaritasi.

Tarqatma materiallar.

kitob,doska



Yangi mavzu bayoni

25

Mavzu asosida savol – javob qilinadi.

1Tabiat komponentlariga nimalar kiradi?

2.Tabiat kompleksi deb nimaga aytiladi?

3.Eng yirik tabiat kompleksining nomini ayting.

4.Landshaft deb nimaga aytiladi?

5Tabiiy landshaft deb nimaga aytiladi?6.Landshaft tahlili deganda nimani tushunasiz?


Savol- javob Pinbort metodlaridan.Yozma metodlardan foydalanish.




Kodoskop-A-10.Slayd.

Kompyuter-A-1.

Globus G-7

Dunyo siyosiy xaritasi.

Yerning ichki tuzilishi maketi.

doska kitob



Mustahkamlash

15

Mavzu asosida savol – javob qilinadi.

1Tabiiy sharoit va resurslarni o’rganishda landshaft tahlili qanday tartibda amalgam oshiriladi?

2.Yerlarni o’zlashtirishga tayyorlashda nimalarni hisobga olish lozim.?

3Shahar qurilishida qanday omillarga e’tibor berish zarur?

4Landshaftlarning barqarorligi deganda nimani tushunasiz?

Savol- javob. Bahs -munozara.



Yerning ichki tuzilishi maketi

Globus.

Dunyo siyosiy xaritasi.



doska kitob

Yakuniy qism uyga vazifa va adabiyotlar

5

O’ quvchilarni baholash va baholarni izohlash. 5-mavzu.40-42, 43-45, 46- 48, 49-52-betlar.2.20-21-22-23-rasmlarni o’rganish . 3.Savol- javob. 4.Geografik atamalarni o’rganish.

Ma’ruza

Muhokama


Eslatma

O`quv jurnali, kitob

Yangi mavzu bayoni.

Yer sharida tabiatni tashkil etuvchi komponentlar bir-biri bilan o’zaro bog’liq. Shunga ko’ra, turli kattalikdagi maydonlarni egallagan geografik komplekslar vujudga kelgani sizga quyi sinflardan ma’lum. Bir xil tabiiy sharoitga ega bo’lgan xududlarni birlashtiruvchi tabiat komplekslarini ilmiy-amaliy jihatdan o’rganish muhimdir. Ularning o’zgaruvchanligi, rivojlanishi, tabiiy boyliklarning joylashuvi, mahsuldorligi va xususiyatlarini tadqiq qilish xalq xo’jaligini rivojlantirishda ulardan foydalanishning samarali yo’llarini ochib beradi.Har bir tabiat kompleksi ma’lum darajada barqarordir. Bu xususiyst qishloq xo’jalik ishlarida hisobga olinishi muhim ahamiyatga ega. Bu kabi masalalrni mavzuni o’rganish va tahlil qilish davomida bilamiz.

Bizga ma’lumki, tabiiy muhit alohida tarkibiy qismlardan iborat. Ushbu tarkibiy qismlar tog; jinslaridan ( litosfera ), suvdan ( gidrosfera ), havodan ( atmosfera ) va tirik organizmlar ( biosfera )-dan iborat.

Mazkur tarkibiy qismlar doimo bir-biri bilan o’zaro ta’sirda va o’zaro ta’sirda va o’zaro ta’sirda va o’zaro munosabatlarda bo’ladi, natijada yer yuzasida turli tabiiy sharoitga ega bo’lgan hududlar vujudga keladi.Ushbu hududlar bir-biridan tashqi ko’rinishi , o’lchamlari va vujudga kelish omillari bilan farq qiladi. Masalan, cho’l, o’rmon, dasht, botqoq, muzlik, pichanzorlar bir-biridan keskin farqlanadi.

Shuning uchun ham bizni o’rab turgan tabiiy muhit juda xilma - xildir.Siz yashab turgan joining o’zida ham bir-biridan farq qiladigan qator hududlarni ajratish mumkin: o’rmon, balandlik, jarlik, yonbag’ir, qumli do’ng, vodiy, botqoq va h.k. Mazkur hududlarning har biri bir-biridan u yoki bu xususiyatlari bilan farq qiladi. Masalan, ayrim hududlarda havo iliq van am, boshqalarida sovuq va quruq bo’lishi mumkin.

Tabiat komponentlarining bir-biri bilan o’zaro aloqasi va munosabati tasodifiy emas, balki qonuniydir. Chunki mazkur aloqalar va munosabatlar uzoq davrlar mobaynida rivojlanadi. Tabiat komponentlari o’rtasida juda mustahkam aloqa va o’zaro ta’sir mavjud. Masalan, O’rta Osiyodagi cho’llarning pastdan sho’rxok joylarida qora saksovul, qumli joylarida esa oq saksovul o’sadi. Tabiat komponentlari o’rtasidagi o’zaro ta’sir va aloqa ularni bir butun chambarchas bog’langan, uning bir qismi o’zgarsa, boshqa qismi ham o’zgaradi. Masalan, botqoq quriladigan bo’lsa, mazkur joyda tuproq, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda iqlimiy sharoit ham o’zgaradi.

Tabiat komponentlarining o’zaro aloqasi va ta’siri oqibatida yer yuzasida turli xil tabiat komplekslari vujudga keladi.” Kompleks” so’zi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “uyg’unlik ”degan ma’noni beradi.

Har bir tabiiy kompleks ma’lum bir hudud doirasida joylashadi va rivojlanadi. Shuning uchun ular tabiiy-hududiy komplekslar, qisqa qilib tabiiy komplekslar yoki geografik komplekslar (geokomplekslar) deb ataladi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling