Geografiya fanining shakllanish va rivojlanish tarixi


Download 77.5 Kb.
bet1/3
Sana22.04.2023
Hajmi77.5 Kb.
#1382047
  1   2   3
Bog'liq
GEOGRAFIYA FANINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI


GEOGRAFIYA FANINING SHAKLLANISH VA RIVOJLANISH TARIXI
Reja :
1. GEOGRAFIYA FANING paydo bo`lish tarixi
2. GEOGRAFIYA fanlar tizimi
3. O`rta asrlarda geografiya fanining rivoji
4. O`zbekistan hududida GEOGRAFIYA
Yerning geografik qobig`i, uning struktura va dinamikasi, alohida komponentlarini hududlar bo`yicha o`zaro ta`siri va taqsimlanishini o`rganadigan fanlar majmui. Antik dunyo g`arb olimlari Yer yuzasining manzarasini GEOGRAFIYA so`zi bilan ifodalaganlar. GEOGRAFIYA terminini dastlab Eratosfen (mil. av. 276—194 y.larda yashagan) kiritgan. O`rta Osiyoda 9— 10-a.
GEOGRAFIYA fanlari sistemasi 3 asosiy tarmoqqa bo`linadi: a) tabiiy, ya`ni tabiiy geografik fanlar — ularga tabiiy geografiya (umumiy yer bilimi, landshaftshunoslik va paleogeografiyani o`z ichiga oladi), geomorfologiya, iqlimshunoslik, quruqlik gidrologiyasi, okeanologiya, glyatsiologiya, geokriologiya, tuproklar GEOGRAFIYAsi va biogeografiya kiradi; b) ijtimoiy va iqtisodiy geografik fanlar — umumiy va regional iqtisodiy GEOGRAFIYA, xo`jalik tarmoqlari GEOGRAFIYAsi (sanoat GEOGRAFIYAsi, q. x. GEOGRAFIYAsi, transport GEOGRAFIYAsi va b.), aholi GEOGRAFIYAsi, siyosiy GEOGRAFIYA; v) haritagrafiya.
O`rta asrlarda yevropaliklarning geografik tasavvurlariga eng katta ta`sir etgan voqea — Marko Poloning 25 yil davom etgan Xitoy sayohati (13-a. oxiri) bo`ldi. O`rta asrlarda Sharq mamlakatlarida madaniyatning yuksalishi, bir qancha mustaqil davlatlarning barpo etilishi, savdo-sotiq avj olishi natijasida Turkiya, Iroq, Eron, Hindiston va Movarounnahrda GEOGRAFIYA fani ancha rivoj topdi. Uning eng yirik namoyandalaridan biri Muhammad ibn Muso Xorazmiy (8-a. oxiri — 9-a. o`rtalari) GEOGRAFIYAga doyr "Surat ul-arz" kitobini yezdi. Unda dunyodagi 537 shaharning koordinatalari va qisqacha izohi berilgan.
18—19-a.larda madrasalarda umumiy holda, 19-a.ning 80-y.larida rus-tuzem maktablarida, 1900 y.dan yangi usul maktablarida dastur bo`yicha o`qitildi. 19-a. 90-y.laridan GEOGRAFIYAdan birinchi o`quv qo`llanmasi — "Yer xususida ilmdan olingan so`zlar" o`zbek tilida nashr etildi. 1880-y.larda Hoji Yusuf Hay`atiy (1842—1924) geografik globus yasadi. 1905 y.da yangi usul maktablari uchun "Turkiston va unga yondosh mamlakatlarning haritasi" nashr qilindi.
M. Behbudiyning "Qisqacha umumiy geografiya" (1902), "Aholi geografiyasiga kirish" (1903), Fotih Karimning "Geografiya" (1914), Muhammad Aminkarimiyning "Jugrofiyai riyoziy" (1914), Munavvarqori Abdurashidxon o`g`lining "Yer yuzi" (1915), N.I. Balashovning "Turkiston geografiya o`qumligi" (1922) darsliklari nashr etildi. 1930 y.dan1990 y.gacha umumiy ta`lim maktablarida faqat O`zbekiston tabiiy va iqtisodiy geogr.si mahalliy mualliflar yozgan darslik va qo`llanmalar asosida o`qitildi
Geografiya ta’limi metodikasi — geografiya ta’limi prosessini tadqiq qiladigan, uning qonuniyatlarini aniqlaydigan fandir. Geografiya ta’limi metodikasi — geografiya o’qitishning maqsadvazifalarini ko’rsatib beradi, maktab geografiya kurslarining mazmuni va uning ta’limtarbiyaviy ahamiyatini aniqlaydi, bilimlarning ongli va mustahkam o’zlashtirilishini ta’minlaydigan metod, usul va prinsiplarni asoslab beradi, boshqacha aytganda, ta’limtarbiya masalalarini hal etish yo’llarini ko’rsatib beradi.
Geografiya ta’limi metodikasi geografiya fanlari umumiy er bilimi, kartografiya, geologiya, iqlimshunoslik, tuprok geografiyasi, o’simliklar geografiyasi, hayvonlar geografiyasi, materiklar tabiiy geografiyasi, O’zbekiston tabiiy geografiyasi, O’zbekiston iqtisodiy geografiyasi va chet mamlakatlar iqtisodiy geografiyasi) metodologiyasi va mazmuni bilan bevosita bogliq u pedagogika va psixologiya fanlari erishgan yutuqlarga tayanadi.
Geografiya ta’limi metodikasi pedagogika fanlarn qatoriga kiradi. Bizda geografiya ta’limi metodikasi markistik metodologiyaning asosiy qoidalariga suyanib. aniqlangan geografik faktlar, tushuncha va qonuniyatlarga, shuningdek didaktika prinsiplariga tayangan holda o’z vazifalarini belgilaydi, o’z metod va usullarini yaratadi hamda shular yordamida hayot taqozo qilgan turli problemalarii hal etadi.
O’quvchilarga ta’lim tarbiya berish qonuniyatlarini tadqiq qilar ekan, metodika fani geografiya o’qitish tajribasini boyitadi va ta’lim tarbiya ishlarining sifatini yaxshilashda geografiya o’qituvchilariga bevosita amaliy yordam beradi.
Geografiya ta’limi metodikasining asosiy vazifalari quyidagilgrdan iborat har bir maktab geografiya kursining maqsadi, mazmuni va ahamiyatini belgilash, ular mazmunini takomillashtirish o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda geografiya fanidagi asosiy g’oya, fakt, tushuncha va qonuniyatlarini ajratib olish, o’quvchilarning bilimlarni ongli o’zlashtirishlariga imkon beradigan ta’lim yo’llarini anqlash; geografik ma’lumotlar asosida o’quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish va ularni vatan parvarlik ruhida tarbiyalash yo’llarini ko’rsatib berish; o’qituvchilarga amaliy ko’nikma va malakalarni singdirish imkoniyatlarini aniqlash ta’lim jarayonida o’quvchilar faoliyatini oshiradigan va mustaqilligini ta’minlaydigan samarali metod va usullarni aniqlash; geografiya fanining umumiy va politexnika ta’limi sistemasidagi, o’quvchilarni mehnatga o’rgatish va ularga axloq tarbiyasi hamda estetik tarbiya berishdagi, o’quvchilar dunyoqarashyni shakllantirishdagi mohiyatini va vazifalarini ochib berish; geografiya kurslariga mos keladigan va o’quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan, ilmiy jihatdan asoslangan bilimlar va amalda tekshirib ko’rilgan ta’limtarbiya metodlari bilan o’qituvchilarni qurollantirish; ta’limii tashkil etish turlarini ishlab chiqishi; darslkk va boshqa o’quv qo’llanmalariga qo’yiladigan talablarni ishlab chiqish; kurslar bo’yicha o’quvchilarning yoshiga mos keladigan o’quv qurollarini va ulardan foydalanish metodikasini ishlab chiqish; o’quvchilarni o’lkashunoslik va sinfdan tashqi ishlarning mazmuni, turlari va metodikasi bilan tanishtirish.
Hozirgi kunda o‘qituvchilar oldida mamlakatimiz xalq xo‘jaligining moddiy-texnika bazasini yaratishda kimyo industriyasining ahamiyati katta ekanligini o‘quvchi ongiga singdirishdek ma’suliyatli vazifa turibdi. 5-sinfdan boshlab tabiiyot va geografiya darslarida o‘quvchilar kimyo fani bilan ham ilk bor tanishadilar. Jumladan, o‘quvchilarga geografik bilimlar berilayotganda Respublikamiz foydali qazilmalari bilan tanishtirilayotganda kimyoviy xom ashyo zahiralariga ko‘ra dunyoda oldingi o‘rinlarda turadi. Hozirgi zamon kimyo sanoatining xom ashyo bazasi tubdan o‘zgarayotganligi kabilarni o‘qituvchi aytib o‘tadi.
Tajriba jarayonida maktab kimyo predmetining qator mavzularini puxta tushunishlari uchun o‘quvchilar biologiya va geografiyadan olgan bilimlarga asoslanishlariga to‘g‘ri keldi. Masalan: 7-sinf kimyosida “Suv, asoslar, eritmalar” haqida ma’lumotlar berishda, bu bilimlarning “Tabiatda suv, toza suvning olinishi va uning fizikaviy xossalari” mavzusini o‘rganishda 5-sinf geografiyasida “Quruqlikda suv” mavzusida o‘tilgan geografik bilimlardan foydalanishsa maqsadga muvofiq keladi.
Mamlakatimiz hududidagi juda ko‘p va xilma-xil boyliklarni o‘quvchilarga tushuntirishda tabiiy xaritadan foydalaniladi. Shunday ekan, kimyo darslarida ham xaritadan foydanilsa, yanada yaxshi bo‘ladi va dars materiallarini tushunish bilan birga o‘quvchilarning geografiyadan olgan bilimlari mustahkamlanadi.
Ushbu mavzu geografiya, kimyo, adabiyot fanlaridagi aloqadorlik asosida qarab chiqiladi. Kimyo darslarida ekologik materiallardan foydalanish faqat nazariy ahamiyat kasb etmay amaliy ahamiyatga ham ega. O‘quvchilarning ekologik meyorlar bilan yaqindan tanishishi ularni quyidagi xulosalarga olib keladi:
O‘quvchilar biosferada ro‘y beradigan kimyoviy o‘zgarishlardan tabiiy komponentlarning yaxlitligini bilib oladilar, ular tajriba paytida sifat va miqdoriy taqqoslashlardan foydalanib, atrof-muhitning parametrlarining miqdoriy o‘zgarishlariga bog‘liq ekanligini bilib oladi.
Maktabda o‘tiladigan biologiya fani o‘rganadigan obektlarning ayrim sohalari bo‘yicha geografiyaga juda yaqin turadi. Bu bir-biriga yaqin fanlar tabiatidagi bir xil hodisa va predmet (narsa)larni o‘rganishda o‘ziga xos xususiyatlardan foydalanadilar.



Download 77.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling