Geografiya fanining tarixi va hozirgi davrdagi rivojlanishi. Yer tabiati. Yer yuzi tabiati rivojlanishining fazoviy omillari. Yerning ichki tuzilishi va tektonik jarayonlar


JAHONDAGI ZAMONAVIY GEOSIYOSIY VAZIYAT


Download 0.73 Mb.
bet20/33
Sana10.11.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1764839
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33
Bog'liq
geografiya dars rejasi

JAHONDAGI ZAMONAVIY GEOSIYOSIY VAZIYAT.
DAVLATLARNING INTEGRATSION UYUSHMALARI
Ma’lumki, Yevropa jahon mintaqalari orasida eng ko‘p turli siyosiy jarayonlar va o‘zgarishlarni boshidan kechirgan mintaqa hisoblanadi. Potsdam shartnomasi urushdan keyingi davrlarda G‘arbiy Yevropaning AQSH, Buyuk Britaniya va Fransiya davlatlari yordamida siyosiy jihatdan yuksalishi, kapitalistik munosabatlarga asoslangan iqtisodning rivojlanishiga sababchi bo‘ldi. Sharqiy Yevropa davlatlarining siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi esa Sobiq Ittifoq davlati ta’sirida amalga oshgan va bu yerda sotsialistik tuzum asosiy mafkuraga aylangan.Urush talofatlari bartaraf etilgach, ushbu subregionning asosiy davlatlari hamkorlikda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish, sharqiy davlatlarda yuzaga kelgan sotsialistik tuzumning g‘arbiy hududlarga yoyilishining oldini olish maqsadida keyinchalik jahondagi eng kuchli integratsion uyushmalardan biri deb tan olingan Yevropa Ittifoqi shakllantirildi. Sharqiy Yevropa hududida sotsialistik tuzum yemirilgach, undagi davlatlarni o‘z geosiyosiy nazoratida ushlash maqsadida 2004–2013 yillar oralig‘ida subregionning 11 ta davlati Yevropa Ittifoqi tarkibiga kiritildi. Yevropa davlatlari iqtisodiyotida 2008-yil yuz bergan moliyaviyiqtisodiy inqirozning salbiy oqibatlari hali ham sezilib turgan davrda Afrika va Yaqin Sharq davlatlarida yuz berayotgan turli siyosiy notinchliklar natijasida mintaqa hududiga katta miqdorda migrantlarning kirib kelishi bir qator siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy muammolarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lmoqda. Turli toifadagi migrantlar bilan birga Yevropaga turli g‘oyalar, turli madaniyat va urf-odatlar ham kirib kelmoqda. Bu esa o‘z navbatida migrantlar va tub aholi o‘rtasida turli ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda. 1776-yil Angliyaning Amerikadagi 13 ta mustamlakasi o‘z siyosiy mustaqilligini e’lon qildi. Asosan, zamonaviy AQSH hududining shimoli-sharqiy va sharqiy qismlarini egallagan 13 ta shtat keyingi davrlarda o‘z hududlarini kengaytirish maqsadida bu yerdagi turli davlatlarga tegishli bo‘lgan bir qism yerlarni sotib olgan bo‘lsa (masalan: Fransiyadan Luizianani, Rossiyadan Alyaskani), janubiy va markaziy shtatlarning katta qismini esa urushlar natijasida Ispaniya, Meksika kabi davlatlardan tortib oldi. XIX asrning oxiridan boshlab, avval meridinal yo‘nalishda butun Amerika qit’asini, keyinchalik esa Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliya hamda Okeaniya hududlari nazoratini sekin-astalik bilan qo‘lga kiritdi. Jahonning qadimiy madaniy markazlaridan biri bo‘lgan Xitoyda 1910- yil monarxiya tuzumining ag‘darilishi Sharqiy Osiyo mintaqasida katta o‘zgarishlarning yuz berishiga sababchi bo‘ldi. 1949-yil ichki siyosiy kelishmovchiliklarni SSSR yordamida hal qilgan kommunistik partiya bu yerda sotsialistik tuzumni o‘rnatishga erishdi. Bugungi Xitoy geosiyosati davlatning izchil iqtisodiy rivojlanishi, sotsialistik rejali iqtisodiyotdan erkin bozor munosabatlariga o‘tishiga qaratilgan. Xitoyning 1976–1989-yillardagi rahbari Den Syaopin tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiya asosida Xitoyda iqtisodiyot va jamiyatni erkinlashtirish borasidagi islohotlar bosqichmabosqich amalga oshirilmoqda. Qisqa fursatda iqtisodiyotda ijobiy natijalarga erishildi. Buni Xitoyning umumiy YMM ko‘rsatkichiga ko‘ra jahonda birinchi o‘rinni egallashida ham ko‘rish mumkin. 2016-yil ma’lumotlariga ko‘ra, jahon umumiy YMMning 17,8 % ga yaqini aynan ushbu davlat hissasiga to‘g‘ri keladi. Tabiiyki, iqtisodiy qudratini oshirib borayotgan Xitoy jahonda o‘zining geosiyosiy ta’sir doirasini ham kengaytirishga intilmoqda. U birinchi navbatda, yaqin qo‘shnilari, katta tabiiy, ijtimoiy va iqtisodiy resurs imkoniyatiga ega davlatlar bilan aloqalarini mustahkamlab bormoqda.


Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling