Geografiya o‘qitish metodikasi
Geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat
Download 58 Kb.
|
GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASI” FANINING PREDMETI, MAQSADI VA VAZIFALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Geografiya ta’limi uslubiyoti
Geografiya o‘qitish jarayonining tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
-geografiya o‘qitish maqsadi; -geografiya ta’limining mazmuni; -geografiya o‘qitishning usullari; -geografiya o‘qitish va o‘rganishni tashkil etish; -o‘qituvchilarning yosh xususiyatlari va bilish imkoniyatlarini e’tiborga olish; -geografiya ta’limining natijalari va h.k. Yuqoridagi tarkibiy qismlar mustahkam aloqa mavjud. Masalan, o‘rganiladigan mavzuning maqsadi, ta’lim-tarbiya vazifalari va mazmuniga mos keladigan ta’lim shakllari, o‘qitish usullari hamda vositalaridan maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishni taqozo qiladi. Geografiya ta’limi uslubiyotining nazariy va metodologik masalalari ko‘pgina metodist-geograf olimlar – A.YE.Bibik, A.V.Darinskiy, T.P.Gerasimova, M.K.Kovalevskaya, I.S.Matrusov, L.M.Panchishnikova, M.V.Rijakov, O.A.Mo‘minov, H.H.Hasanov, P.G.Musayev va boshqalarning asarlarida o‘z ifodasini topgan. Geografiya ta’limi uslubiyoti fani umumiy uslubiyot, tabiiy geografiyani o‘qitish uslubiyoti va iqtisodiy geografiya o‘qitish uslubiyotidan iborat. O‘z navbatida ularning har biri xususiy uslubiyotlarni (maktab geografiya kurslarini alohida-alohida o‘rganish uslubiyoti)ni o‘z ichiga oladi. Umumiy uslubiyot maktab geografiya kurslari uchun o‘qitish qonuniyatlarini, ya’ni o‘qitishning mazmunini, tashkil etilishini, ta’lim uslublari, ta’lim vositalari, sinfdan tashqari ishlash va boshqalarni o‘rganadi. A.V.Darinskiy umumiy uslubiyotni geografiya didaktikasi deb aytgan edi. Xususiy uslubiyot maktab geografiya kurslarining maqsadi, mazmuni, tarkibi, geografik bilim, ko‘nikma, malakalar shakllantirilishi, har bir kurs bo‘yicha o‘quvchilarning mustaqil ishlarining tashkil etilishi va hokazolar bilan shug‘ullanadi. Geografiya ta’limi uslubiyoti: -maktab geografiyasining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlari; -geografiya ta’limining mazmuni; -ta’lim jarayonida geografiya o‘qitish vositalari (dasturlar, darsliklar, atlaslar, o‘quvchi va o‘qituvchilar uchun ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar va hokazolar)ni yaratish; -o‘quvchilarning o‘z materialini o‘zlashtirishlari; -ta’lim jarayonida o‘quvchilarning tarbiyalanishi; -ta’lim jarayonida o‘quvchilar fikrlashining rivojlanishi va hokazolar bilan bog‘liq vazifalarni hal qiladi. Geografiya ta’limi uslubiyoti maktab geografiyasining ta’lim-tarbiyaviy maqsadlari, mazmuni, o‘qitishning shakl va usullari, o‘qitish jarayonida dastur, darslik, atlas, ilmiy-uslubiy qo‘llanmalar, o‘quv materiallarini o‘zlashtirishlari, ta’limning tarbiya bilan qo‘shib olib borilishi, ta’lim jarayonida fikrlashni rivojlantirish vazifalarini hal qiladi. L.M.Pancheshnikova ta’biri bilan aytganda, “Geografiya ta’lim uslubiyoti quyidagi muammolarni: o‘qitishning maqsadi (Nima uchun o‘qiymiz), geografiya ta’limining mazmuni, (nimani o‘qitamiz), geografiya ta’limining vositalarini (Nimalar vositasida o‘qitamiz), o‘qitishning shakl va usullarini (qanday o‘qitamiz) tadqiq qiladi. Bundan tashqari geografiyaga oid bilimlarni egallash jarayoni, aqliy rivojlanishi, o‘quvchilarni tarbiyalash kabi muammolarni ham o‘rganadi”. Geografiya o’qitish metodikasi fani o’z mazmuni va mohiyati jihatidan pedagogika fanining asosiy tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Maktabda geografiya ta’limining mazmuni va uni tashkil etish geografiya o’qitish metodikasi fanining asosiy vazifasi hisoblanadi. “Metod”- so’zi lotincha “targ’ib qilish” degan ma`noni anglatadi. XVI asrda Yevropada bu so`z juda keng qo`llanilib, diniy g’oyalarni xalq ichida targ`ib qiluvchi kishilarga nisbatan “metodistlar” unvoni berilar edi. Maktabda fanlarni o’qitish tartib - qoidalari va usullari haqida dastlabki fikrlar Yevropada XVIII asrda fanlarni o’qitish metodikasi sifatida shakllana boshladi. Geografiya o`qitish metodikasi fani nimani o`rganadi? Uning o`rganish predmeti nimadan iborat? degan savollar oldimizga ko’ndalang turadi. Geografiya o`qitish metodikasiga oid adabiyotlar tahlilidan quyidagi xulosalarni keltirish mumkin. Download 58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling