Geografiya tabiiy fanlar sultoni


Download 91 Kb.
bet3/5
Sana13.04.2023
Hajmi91 Kb.
#1353097
1   2   3   4   5
Bog'liq
Tadbir ssenariysi (@geoedu uz)

4-o’quvchi: Ikkinchisi eng issiq:
Afrikadir, bu aniq.
Keyingisi Shimoliy
Amerika bo’ladi,
Birinchi bo’lib borgan
Sayyoh Erik Raudi.


Janubiy Amerika
To’rtinchi o’rinda-chi?
Janubiy Amerika.
Eng sersuv daryosi bor,
Nomidir Amazonka.
––––––––––––––––––––––––––––––––
5-o’quvchi: Panama bo’yni chog’lar,
Do’stimga meni bog’lar.
Sharqimdan eng yosh ummon,
Qirg’oq bo’yim so’roqlar.
Shaklim mening uchburchak,
And tog’im quchgan falak.
Mo’jizakor quchog’im,
Tinglasangiz zo’r ertak.
Yer bag’rim tinch turgandi,
Ovrupalik o’rgandi.
Tub xalqimni quvganin,
Jonzotlarim ko’rgandi.
G’arbimdagi «Mis» tog’i,
Vulqonlarning o’chog’i.
Tebranadi yer po’sti,
Gohi tog’ o’sgan chog’i.
Tog’u-toshni o’pirib,
Quvnab, jo’shib, ko’pirib,
Mag’rur Anxel sochar suv,
Go’yo dara supirib.
Amazonka–g’ururim,
Titikaka–ko’z nurim.
O’rmon, dasht, yaylovlarim,
Boyligim, gavhar-durim.
Sayyorada sernamman,
Yetarli issiqligim.
Arziydi ko’p maqtansam,
Janubiy Amerikam.
––––––––––––––––––––––––––––––––
6-o’quvchi: Eng sovuq Antarktida
Beshinchi o’rindadir,
Uning joylashgan o’rni
Janubiy qutbdadir.
Eng quruq va eng kichik
Avstraliya derlar, 
“Xaltalilar vatani”
Deya ta’rif berilar.
Materiklar tabiati juda sirli bolalar.
Ularni bilish uchun geografiyani o’qinglar.
––––––––––––––––––––––––––––––––
7-o’quvchi: “Dunyo okeani” haqida.
“Dunyo daryosi” derlar,
Lotincha okeanni,
To’rt qismga bo’linar,
Unga kiradi ya’ni:
Eng chuqur va eng katta,
Tinch okean albatta,
Atlantika ikkinchisi,
Hind okean uchinchisi,
To’rtinchisiga ketsa so’z,
Bu okean Shimoliy Muz.
Materiklar o’ragan
Atrofini barini,
Yetmish bir foizini
Egallar Yer sharini.
––––––––––––––––––––––––––––––––

Download 91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling