Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish tarixi Reja


XIX arsning oxiri va XX asr boshlarida geografiya ta’limining rivojlanishi


Download 38.27 Kb.
bet4/6
Sana18.06.2023
Hajmi38.27 Kb.
#1582761
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Geografiya ta’limi metodikasining shakllanishi va rivojlanish ta

XIX arsning oxiri va XX asr boshlarida geografiya ta’limining rivojlanishi
Mazkur davrda yurtimizda geografiya ta’limining rivojlanishi rus-tuzem maktablarining ochilishi va mazkur maktab o’quvchilari uchun darsliklar va o’quv qo’llanmalari yaratilishi bilan bog’liq. Shu munosabat bilan XIX arsning oxiri va XX asr boshlarida o’zbek tilida juda ko’p darslik va qo’llanmalar chop etildi. Ushbu davrda geografiya fanini rivojlanishi ma’lum bir omillarga bog’liq bo’lgan. Jumladan, Rossiya O’rta Osiyoni bosib olgandan so’ng, uni boshqarish uchun rus tilini biladigan mahalliy millat vakillari zarur edi. Ikkinchi tomondan, XIX-arsning oxirlarida Turkistonda milliy uyg’onish davri boshlandi, ya’ni jadidchilik davrida millat taraqqiyotini yanada jadallashtirish maqsadida yangi usul maktablari tashkil qilina boshlandi.
Mazkur maktablarda geografiya fanini o’qitishga alohida e’tibor berilgan. Jadidchilik davrida chop etilgan geografik darsliklar,qo’llanmalar yaratilish tarixi,
O.Mo’minov (1986y), B.Qosimov (1999y), D.Alimova va D.Rashidova (1998y), X.Vaxobov va N.Alimova (2001 y) va boshqalar tomonidan o’rganilgan.
Jadidchilik harakatida ta’lim va tarbiya
Toshkentda 1900 yili “Yangi usul” maktabi ochildi. Mazkur maktablarda geografiyaga alohida ahamiyat berildi. 1905 yil Samarqanddagi yangi usul maktablari uchun o’zbek tilida “Turkiston va unga qo’shni mamlakatlar kartasi” nashr qilinadi. Shundan so’ng o’zbek tilida qator darslik va qo’llanmalar chop etila boshlandi: 1909 yil Fotix Karimning geografiya fani bo’yicha darsligi Orenburgda nashr etiladi. 1914 yil Muhammad Amin Karimiyning “Jug’rofiyai riyoziy” (Matematik geografiya) 4 va 5 sinflar uchun nashr qilindi. 1915 yil “Yer yuzi” darsligi chop etiladi.
O.Mo’minov ma’lumotiga binoan 1870 yildan boshlab o’zbek tilida “Turkiston viloyati” gazetasi nashr qilina boshlandi. Mazkur gazeta sahifalarida geografiyaga oid juda ko’p maqolalar e’lon qilindi. Unda Mahmudxo’ja Bexbudiy,
Zokirjon Furqat va boshqalarning sayohatnomalari haqidagi ma’lumotlar e’lon qilina boshlandi bu esa o’sha davrdagi ziyolilarni dunyoqarashiga katta ta’sir ko’rsatdi. XIX-arsning 80-yillarida Turkistonda “rus-tuzem” maktablari tashkil qilinishi boshlandi. Mazkur maktablar uchun nemis olimi A.Geykiyning “Yer xususidagi ilmdan olingan so’zlar” nomli kitobi 1899 va 1901 yillari nashr etildi 1910 yildan so’ng rus-tuzem maktablarining 3 va 4 sinflar uchun haftasiga 4 soat geografiya darsi o’quv rejasiga kiritilgan, bu esa boshqa fanlarga nisbatan ancha ko’p edi.
Jadidchilik davrida geografiyani o’qitishga alohida e’tibor qaratildi. “Jadid” so’zi arabcha so’z bo’lib, “yangi”, “jadidchilik” esa yangilik tarafdorlari degan ma’noni bildiradi. XIX asr oxiri - XX asrning boshlarida Turkistonda chor mustamlakachiligining kuchayishi natijasida o’lkada jadidchilik harakatining vujudga kelishiga sabab bo’ldi. Jadidlar Misr, Turkiya, Kavkaz, Turkiston va boshqa o’lkalarda siyosiy oqim sifatida yuzaga keldi. Jadidlar o’z davrining eng ilg’or kishilaridir. Bu kishilar jamiyatning qaysi tabaqasiga mansubligidan qat’iy nazar, yangilik, taraqqiyot, ma’rifat va madaniyat tarafdori bo’lib chiqdilar.
Turkistonlik jadidlar ona Vatanlarini mustaqil, ozod holda ko’rishni o’zlarining bosh maqsadlari deb bildilar. Jadidchilik nomoyondalari milliy ozodlik kurashida qurol kuchi bilan muvaffaqiyat qozonib bo’lmaslini bilishar. Shu bois ular milliy istibdodga tushib qolishlarining sabablarini tahlil qilib, bularning tub ildizlari yo’q qilib tashlash lozimligini anglab yetdilar. Natijada jadidlarining hamma narsadan oldin halqqa ma’rifat berish lozim degan g’oyasi yuzaga keldi. Jadidlar 1906 yildayoq “Taraqqiyot” deb nomlangan gazeta nashr ettirib, o’z g’oyalarini tarqata boshladilar. Turkistonning turli shaharlarida jadid maktablari ochilib, ularda diniy ilmlar bilan birgalikda dunyoviy bilimlar jumladan tabiat haqidagi bilimlar ham targ’ib qilina boshlandi. Jadidlar uchun ilm va ma’rifat yagona qurol bo’lib, ular shu qurol yordamida o’lkada ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy taraqqiyot uchun kurashmoqchi bo’ldilar. Jadidlar o’z ezgu orzularini, faqat maktab, ma’orif va ta’lim tarbiyani to’g’ri yo’lga qo’yish, uni rivojlantirish bilangina amalga oshirish mumkin, deb bildilar.
Jadidlar ma’rifati haqida gap ketganda dastlab Qirimlik Ismoil Gaspirinskiyni tilga olish kerak. U Rossiya musulmonlari orasida birinchi bo’lib “Maktabi usuli jadida” ya’ni “ Yangi usul maktabi”ga asos soldi. Ismoil Gasprinskiy taklif etgan “Usuli jadid” maktabining tuzilishi, darslarning tashkil qilinishi, o’qitish metodikasi, nazorat turlari ko’p jihatdan Yevropa ta’lim tizimiga yaqin bo’lgan. U madrasalarni isloh qilish, dunyoviy fanlarni o’qitish masalalarini ko’tardi. Jumladan, diniy fanlar bilan birga tibbiyot, kimyo kabi fanlarni o’rganish zarurligi haqida so’z yuritadi. I.Gasprinskiy yangi usulni targ’ib qilish, jadid maktablarini tashkil ettirish uchun turli joylarga safar qiladi. Turkistonda ham 2 marta bo’lib, mahalliy halq yordamida, dastlabki yangi usul maktablari ochishga muvaffaq bo’ldi.
Markaziy Osiyo jadidchiligi haqida gap ketganda buni Behbudiy, Munavvar qori, Shakuriy, Fitrat, A.Avloniy kabi o’nlab ma’rifatparvar ilm darg’alarning faoliyatisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
Ushbu davrda eng mashhur allomalardan biri Mahmudxo’ja Behbudiy Turkistonda jadidlar harakati asoschilaridan bo’lib, jahonga mashhur bo’lgan geograf, atoqli jamoat arbobi, buyuk islomshunos, pedagog olimdir. Uning tomonidan “Yangi usul maktablari” uchun “Turkiston haritasi”, “Muntahabi jug’rofiyaiy umumiy” (qisqacha umumiy geografiya), “ Madhali jug’rofiyaiy imroniy”(Aholi geografiyasiga kirish),“Muxtasari jug’rofiyaiy Rusiy” (Rusiyaning qisqacha geografiyasi) darsliklari va qator sayohatnomalar e’lon qilingan. Ushbu darslikda geografiya haqida keng va tushunarli ma’lumotlar berilgan.
Mahmudxo’ja Behbudiyning “Kitobi muntahabi jug’rofiyai umumiy va namunai jug’rofiya” darsligi 1905 yili 24 avgustda Sankt-Peterburg senzurasidan ruhsat olinib, 1906 yil Samarqandda chop etilgan va 106 sahifadan iborat bo’lgan. Darslik adibning tanlangan asarlarining (1999 y) kirish qismida geografik nuqtai nazardan juda yaxshi va har tomonlama tahlil qilingan. Darsning muhim va ilmiy metodik jihatlaridan biri u Turkiston nuqtai nazaridan, Turkiston aholisining bilim saviyasi nuqtai nazaridan yozilgandir. Darslikdagi har bir mavzu yoritilganda Turkiston tabiati, xo’jaligi, aholisi albatta misol keltiriladi yoki mazkur bilimlar Turkiston haqidagi bilimlar, turkistonliklar bilimi bilan solishtirladi. Demak, Mahmudxo’ja Behbudiyning darsliklarida o’lkashunoslik ma’lumotlaridan foydalanish va yosh avlodga, vatanga nisbatan muhabbat tushunchalarini shakllantirishni asoschilaridan biri deyishga to’la asosimiz bor. Chunki umumdunyoviy bilimlar o’lkashunoslik bilimlari bilan chambarchas bog’langan holda berilgan. Bundan tashqari darslikda asrimiz boshlaridagi Turkistonda dunyoviy bilimlarni o’qitish xolati va ommaning hamda ulamolarning bilim darajasi ham aniq va haqqoniy baho berilgan.
Darslikning mazmuni quyidagidan iborat: kirish; “jug’rofiya” degan so’zning ma’nosi; jug’rofiya qachon paydo bo’lgan; Turkistonlik donishmandlar; jug’rofiyani o’qimoqni nafi; jug’rofiyani o’qimoq musulmonlarga lozimdir; eski va yangi donishmandlar; yangi muhokamani so’zidan namuna; Yer aylanganda ustidagilar yiqilmasligi; atrof; jixoyati asliya; harita; plan; xukumat va xukumronlar; din va odat; o’lchak miqiyos; Amriqoning topilishi; tavsil va tabix.
“Geografiya” so’zing ma’nosini Mahmudho’ja Bebbudiy ta’rifi bo’yicha “Yr va tuprog’ni bayon qilaturg’on ilimni aytadur” Darslikda geografiyani quyidagi tarmog’lari ajratiladi: “Matematik geografiya” (Jug’rofiyai riyoziy), Tabiiy geogrfiya (Jug’rofiyai tabiiy), Tarixiy geografiya (Jug’rofiyai tarixiy), Siyosiy geografiya (Jug’rofiyai siyosiy) va x.k. lar. Xulosa qilib adib geografiyani dunyo va undagi tabiiy va ijtimoiy xodisalar haqida bilim beradigan jahonnomadur deb ta’rif beradi.
“Geografiya qachon paydo bo’lgan” qismida geografiyaning qisqacha rivojlanish tarixi quyidagi bosqichlarga bo’linib yoritiladi: qadimgi, o’rta asrlar, buyuk geografik kashfiyotlar va hozirgi bosqich. Har bir bosqichda geografik bilimlarning rivojlanishi chuqur tahlil qilingan.
“Turkiston donishmandlari” bo’limida Turkistonlik allomalarning geografiya faniga qo’shgan hissasi yoritilgan. Mazkur bo’limda Turkiston tarixida tilga olinmagan allomalarning nomlari ham uchraydi.
“Jug’rofiyani o’rganmoqni nafi” bo’limida geografik bilimlarini kundalik hayotda va ta’limda naqadar ahamiyatli ekanligini misollar tariqasida yoritib berilgan.
“Jug’rofiyani o’rganmoq musulmonlarga lozimdur” bo’limida musulmon allomalari asraiga tayangan xolda musulmonlar uchun geografik bilimlarni ahamiyatii ochiib berilgan.
“Atrof; Jixoyati Asliya; Harita; Plan” bo’limida ufq va ufqning asosiy va oraliq tomonlari, harita va plan haqida bilimlar tizimi berilgan. Haritaning Behbudiy ajratgan turlari hozirgi turlarga mos keladi (umumiy, mavzuli, topografik) “xaritai umumiya, xaritai xususiy, xaritai to’pugrafik”
“Xukumat va xukumronlar” bo’limida davlatlarni boshqarishning turlari keltirilgan bo’lib, mazkur turlar hozirgi turlarga diyarli mos keladi.
“Din va odat” bo’limida din geografiyasi, aholi geografiyasi haqida to’xtalib o’tilgan. Xulosa qilib aytganda, mazkur darslik juda katta amaliy va ilmiy ahamiyatga ega. U o’lka geografiyasini rivojlanishida juda muhim, har bir bo’limi alohida tahsinga sazovar bo’lgan asardir.
Munavvar qori Abdurashidxon o’g’li XX - asrning birinchi choragida faqat Turkistondagida emas, Rossiya musulmoni ziyolilari orasida ham mashhur edi. Jamoatchilik uni yangi usul maktablari asoschisi, mohir muallim, darslik va o’quv kitoblari muallifi, jamoat arbobi sifatida xurmat ila tilga olardi.
Munavvar qori Toshkentda “usuli savtiya” maktabini ochadi. U maktabni avval o’z hovlisida, keyin boshqa joylarda ochishga harakat qilardi. U maktabni isloh qilmay turib, odamlarning ongda o’zgarish yasab bo’lmasligini yaxshi tushunib yetgan edi.
Munavvar qori yoshlarni chet elga yuborishni, u yerda ilm fanni o’rganishni targ’ib qiladi. U 1916 yili Toshkentda yig’ilishda nutq so’zlab shunday deydi: “O’zbek ziyoli bolalarining Germaniyaga borib o’qitishga juda muhtojmiz, bolalar o’qib, ilm tahsil olib kelsalar, millatga katta xizmat qila oladilar” Munavvar qori fors, arab, rus, turk tillarini mukammal bilgan. Munavvar qori 1917 yil may oyida taraqqiyparvar musulmon yoshlari va ruxoniylar ishtirokida o’tgan quriltoyda “Sho’roi islomiya” jamiyati raisini muovini etib saylanadi. Natijada ilg’or fikrli kishilar uning atrofida to’plana boshlaydi. U 1918 yil may oyida Toshkent shahrida “Turk o’chog’i” ilmiy madaniy jamiyati tuzadi. U insonning ma’rifatli bo’lib, ko’zi ochilmaguncha na o’zini, na halqining erkini muhofaza qila olishini, bu iymonsiz ekanini mutafakkirona noziklik bilan o’z asarlarida ifoda etadi.
Abdulla Avloniy 1907 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida, keyinchalik Degrez mahallasida yangi usuldagi maktablar ochdi. Xadrada “Maktab kutubxonasi” nomli kitob do’koni ochdi. Avloniyning maktabi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalariga mashg’ulotlarni sinf - dars tizimi asosida o’z ona tilida olib borilishi bilan eski usul maktablaridan farq qilar edi. U o’z maktabida bolalarga tabiat, geografiya, tarix, adabiyot, til, hisob kabi fanlardan ma’lumotlar berar edi.
A.Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar”, “Birinchi muallim”, “Turkiy guliston yoxud ahloq”, “Ikkinchi muallim”, “Maktab gulistoni” kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Bu asarlarida dunyo halqlari asarlarini ulug’lab, o’z halqini dunyoviy ilmlarni egallashga, madaniyatli va ma’rifatli bo’lishga chaqiradi.
U bolalarda fikrlash qobiliyatini o’stirish va bu tarbiya bilan muntazam shug’ullanishi benihoyat zarur va muqaddas bir vazifa. Binobarin, u muallimlarning “diqqatlariga suyangan, vijdonlariga yuklangan muqaddas bir vazifadir. Negaki fikrning quvvati, ziynati, kengligi, muallimning tarbiyasiga bog’liqdir” deb ta’kidlaydi. A.Avloniy ilmning jamiyat taraqqiyotidagi rolini tushunardi. Shuning uchun yoshlarni ilm sirlarini bilishga, ayniqsa tabiiy fanlarni bilishga chaqiradi. Chunki bu fanlar tabiatda bo’lgan xodisalarni mohiyatini yechishga imkon beradi. Yoshlarni kitob mutoala qilishga chaqiradi. Uning fikricha, ilm agar jamiyat manfatiga xizmat qilmasa, halq farovonligi yo’lida qo’llanmasa, u o’likdir. A.Avloniy o’z ilmini amalda qo’llay oladigan kishilarga yuksak baho beradi, ularni dono insonlar, deb biladi.
Abdurauf Fitrat XX-asr boshlarida Vatan mustaqilligi va millat farovonligi uchun kurashgan jadidchilik harakati namoyondalaridan biri, u yirik olim, davlat va siyosat arbobi, mohir pedagog va buyuk ma’rifatparvardir. Fitrat o’zbek olimlari ichida birinchi bo’lib, o’sha davrda professor unvoniga ega bo’lgan olimdir. Fitrat o’z asarlarida ta’lim tarbiya va uning maqsadlari maktab-maorif ishlari, bilim berish usullarini va vositalari haqida, ma’rifatli insonlarni tarbiyalash yo’llari haqida to’xtalgan. Fitrat yoshlarni chet tillarni o’rganishga da’vat etgan. U mamlakatni rivojlanishi uchun chet ellar fani, madaniyatidan xabardor bo’lishi lozim deb bilardi. U halq maorifi noziri bo’lgan davrda talabalarni Germaniya, Turkiyaga u yerdagi ilg’or Yevropa ilm-fan, tabobat, texnika sirlarini o’rganish uchun yuborish tashkilotchilaridan biri bo’ldi. Fitrat insonning kamolotga yetishish uchun badan tarbiya muhim ahamiyatga ega ekanligini aytib, insonning butun a’zosi salomat va quvvatga ega bo’lmasa, unday inson uzoq yashamasligini qayd qiladi.
Jadidlarning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari va harakatlari natijasida O’rta Osiyoda jumladan O’zbekistonda dunyoviy ilmlar tabiat fanlari, fan texnikaga, tabobatga oid ilmlarni rivojlanishiga turtki bo’ldi. Jadidlarning ta’lim-tarbiya to’g’risidagi qarashlari shu bilan harakterliki, ular ajdodlarimizning bu boradagi qimmatli fikrlari ilg’or, zamonaviy qarashlar bilan uyg’unlashtirdilar. Shu bois ularning pedagogik qarashlari ijtimoiy

Download 38.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling