Geografiya ta’limida kartografik ko’nikmakarni shakllantirish
Download 186.51 Kb. Pdf ko'rish
|
8L2Kc44a5GXQ4222e8p0PkcnxI3KljuoBl7f6pq8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi daraja
- Kartalarni o‘qish ko‘nikmalari
Birinchi daraja - geografiyani o`rganishga kirishgunga qadar egallangan
kartografik bilimlar. Bunda o`quvchilar ob`ektlarni tashqi belgilariga ko`ra ajratadilar.Masalan: Urganch aholi yashaydigan punkt, Pomir tog`, Tinch okeani. Ikkinchi daraja-o`quvchilar o`zlaridagi mavjud geografik bilim va tassavvurlarini karta bilan bog`lay olishi. Geografik ob`ektlarni joylashishi bo`yicha hayoliy fazoviy tasavvurlarga ega bo`lishi, alohida ob`ektlar va joylarga oddiy tarif yoza olish, daryoning boshlanishi, quyilishi, havzasi tizimini ko`rsata olishi kerak. Uchinchi daraja-kartani bilish(tushunish), undan bilim manbai sifatida foydalana olish. Eng muhimi o`quvchilar o`zlaridagi geografik bilimlarni karta bilan uyg`unlashtira olishi talab qilinadi. O`quvchilar 3-darajada kartada erkin mo`ljal ola bilishlari, biron hududga har tomonlama tarif bera olishlari, ob`ektlarini taqqoslay olishlari, tabiiy va iqtisodiy xususiyatlarini, sabab-oqibatlarini ajrata olishlari zarur. O`quvchilarni kartografik bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirishda, xilma-xil kartografik vositalarning ahamiyati katta. Kartalarni o‘qish ko‘nikmalari Kartani o`qish ko`nikmasi birdaniga hosil bo`lmaydi. U sekin-asta uzoq mashqlar tufayli chuqurlashadi va takomillashadi. Karta o`qishni murakkablik darajasiga ko`ra 3 ta turga ajratish mumkin. 1.Kartani eng oddiy o`qish. Bunda ob`ektning tashqi ko`rinishdagi xususiyatlariga asosiy e`tibor beriladi. Masalan, mana bu Avstraliya, Yevrosiyo, O`zbekistonning davlat chegaralari. Bu usul juda oddiy bo`lib, u ko`proq boshlang`ich sinflarda ko`llaniladi. Bu usulni huddi alifboni o`rganish bilan qiyoslasa bo`ladi. Ammo kartani eng oddiy usulda o`qishni ko`nikma malakalarini shakllantirmasdan murakkablikga intilib bo`lmaydi. Shu tufayli geografiya o`qituvchisi kartani o`qish alifbosiga quyi sinflarda zamin yaratilishi kerakligini doimo esda saqlashlari kerak. 2.Kartani murakkab o`qish. Karta asosida ob`ekt va predmetlarning xususiyatlari xaqida xulosalar chiqara olish. Bu usul ham tinimsiz mashqlar orqali amalga oshiriladi. Karta asosida turli ob`ektlarning taqqoslash jarayonida u yoki bu ob`ektlarga xos bo`lgan xususiyatlari aniqlanadi. Masalan, karta asosida quyidagi jadvalni to`ldiring. Orol nomi Atorfidagi tabiiy obektlar Koordinatasi Qo‘shimcha Shri-Lanka Islandiya 3. Kartani o`qishning uchinchi darajasi o`quvchilardan chuqur aqliy mushohada talab qiladi. O`quvchi geografik bilimlarga va kartadagi faktlarga tayanib yangi xulosalarga keladi. Buning asosida esa qo`shimcha bilimlarga ega bo`ladi. Download 186.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling