Geografiya ta’limida kartografik ko’nikmakarni shakllantirish
Kartadagi geografik nomlarni o`rganish
Download 186.51 Kb. Pdf ko'rish
|
8L2Kc44a5GXQ4222e8p0PkcnxI3KljuoBl7f6pq8
Kartadagi geografik nomlarni o`rganish.
Kartada ob`ektlarning joylashishini o`quvchilar eslab qolishlari ancha murakkab jarayon. Buning uchun xilma-xil metodik usullarni qo`llashga to`g`ri keladi. Odatda kartadagi ob`ektlarni avval o`qituvchi, keyinchalik o`quvchilar topadilar. O`qituvchining asosiy vazifasi ko`rsatilgan ob`ekt nomining to`g`ri aytilishi va esda saqlab qolishini ta`minlashi kerak. O`qituvchi ob`ektlarni qanday ko`rsatish va ularni kartadan qanday qilib izlash kerakligi xaqidagi yo`l-yuriqlarini aytishi maqsadga muvofiq. Geografik nomlarni o`quvchilar eslab qolishi uchun o`qituvchi ob`ekt nomini to`g`ri talaffuz qilib, uni doskaga yozadi. Keyin shu ob`ektga xos bo`lgan xususiyatlarni ya`ni uning shakli, kattaligi, ranggi, yo`nalishining va boshqa tomonlarini aytadi. Masalan, Apennin yarim orolini etikka, Shri Lanka orolini-tuxumga, Skandinaviya yarim orolini-arslonga, Qora dengizini-loviya o`simligi doniga o`xshatishadi. Ob`ektlarni bunday o`xshatish bir muncha aniq va to`g`ri bo`lmasa ham, o`quvchilar ularni tezda esda saqlab qoladilar va kartadan tez topadilar. Kartadan geografik ob`ektlarni ko`rsatishda o`ziga xos didaktik qoidalarga bo`ysunish kerak. Albatta ob`ekt ko`rsatkich (ukaska) yordamida topilishi, gavda bilan uni bekitilmasligi, ko`rsatkich punsonga tushishi (uning yonidagi yozuvga emas), Yo‘llar va daryolarni ularning yo`nalishi bo`ylab ko`rsatilishi kerak. Geografik ob`ektning yaqinidagi boshqa ob`ektlar haqidagi ma’lumotlarga ega bo`lishlik asosiy ob`ektning kartadan tez topish imkoniyatiga ega bo`linadi. Masalan, Suvaysh kanali Afrika bilan Osiyo qitalari o`rtasida ekanligini yoki O`rta dengizni Afrika bilan Yevropa oroligida joylashganini ob`ektning kartadan tez topilishiga imkoniyat yaratadi. Geografiya o`qituvchisi ob`ektlarni o`quvchilar tomonidan mexanik yodlashlariga yo‘l quymasliklari zarur. Bu esa kartaning formal egallanishiga olib keladi. Bu borada ilg`or tajribali o`qituvchilarning ish faoliyatidan unumli foydalanish maqsadga muvofiq. Ayniqsa o`quvchilar yer sharida joylashgan 23O dan ortiq mamlakatni siyosiy kartadagi o`rnini esda saqlab qolishiga bir muncha qiynaladilar. Bunday paytda ularni o`rganishni yengillashtiradigan usullarni qo`llash va izlash zarur. Masalan: o`quvchilarga davlatlarni geografik o`rniga ko`ra guruhlash asosida quyidagi jadvalni to`ldirish topshiriladi. Materikda joylashgan davlatlar Orollarda joylashgan davlatlar Yarim orolda joylashgan davlatlar Dengizga chiqa olmaydigan davlatlar Tinch okean bo‘yida joylashgan davlatlar Boltiq dengizi akvatoriyasida joylashgan davlatlar Qachonki, o`quvchilar kartadan davlatlarni mustaqil topib jadvalni to`ldirib borsalar va bu boradagi uzluksiz mashqlar albatta o`z natijalarini beradi. Keyingi yillarda metodik adabiyotlarda geografiya darslarida rasm va boshqa chizmalardan foydalanish bo‘yicha bir qancha metodik ko‘rsatmalar ishlab chiqildi. Misol tariqasida Gorst, graben, uzilma, platforma, vulqon, yer osti suvlari, sharshara, ostona, delta, kabi yuzlab ob`ektlarni faqat rasm va sxemalar yordamida aks ettirish ularning o`zlashtirilishini osonlashtiradi. Download 186.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling