Geografiya ta’limida o’yinlardan foydalanish reja


Download 133 Kb.
bet5/7
Sana05.04.2023
Hajmi133 Kb.
#1275304
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA O’YINLARDAN FOYDALANISH

«Xaritani bilasizmi?»

O‘yinni o‘tkazish uchun devoriy va yozuvsiz xarita, shartli belgilar jadvali, kartondan qirqilib turli ranglarga bo‘yalgan doirachalar kerak bo‘ladi. Rangli doirachalarda foydali qazilma, tabiiy resurslar, sanoat va qishloq xo‘jaligining turli shartli belgilari bo‘ladi. Jadval yozuvsiz xarita yoniga ilib qo‘yiladi. Rangli doirachalarning bir qismi plastilin yordamida yozuvsiz xaritadagi geografik ob’ektga qadaladi. Qolgani alohida xaltachalarga solinadi. Chaqirilgan o‘quvchi chiqib xaltadan biror doirachani oladi. Doirachadagi belgiga qarab yozuvsiz xaritadagi belgi ko‘rsatilgan atamani yoki belgining nomini aytadi va doirachani o‘qituvchiga topshiradi. Topish uchun 1 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri topilgan ob’ekt uchun ball beriladi.


O‘yin uchun dunyoning siyosiy, tabiiy resurslari, sanoat, qishloq xo‘jaligi kabi xaritalari bo‘laklarga bo‘linib aralashtiriladi va shu bo‘laklardan yaxlit xarita hosil qilish topshiriladi. Kim tez va to‘g‘ri tuzsa u g‘olib hisoblanadi.


«Pochta o‘yini»

Ramkaga kattaligi 15-10 sm bo‘lgan 6 ta konvert xaltachalar yopishtiriladi. Ularga materiklarning nomlari yozib qo‘yiladi. O‘yin ishtirokchilariga teng miqdordagi davlatlar va ularning xo‘jaligiga oid kartochkalar tarqatiladi. O‘quvchilar kartochkalarni geografik ob’ektlarni mos keluvchi konvert xaltachalarga solishadi. Bunda manzilni to‘g‘ri topganlar g‘olib hisoblanadi. Iqtisodiy geografiyaga oid shartli belgilar kartochka shaklida tayyorlanadi. O‘yin paytida shartli belgi nomi yozilgan shartli belgilar konvertdan olib qo‘yilib, chaqirilgan o‘quvchiga ulardan bir nechtasi beriladi. O‘quvchi shartli belgi nomini o‘qib unga mos keluvchi shartli belgili konvert xaltachaga uni solib qo‘yadi. O‘quvchilarning bajargan ishini butun sinf kuzatib turadi va uning xatosini boshqa o‘quvchilar tuzatishi mumkin.


«Kartografik loto»

Mamlakatning xaritasi bir necha bo‘lakka ajratiladi. Har bo‘laqlagi besh geografik ob’ektga savol alomati qo‘yiladi. Xarita bo‘yicha 20 ta savol alomati bo‘ladi. Shunday tartibda bir xil variantda yozuvsiz xarita tayyorlanadi. 2 x 1 sm kattaliqla qog‘oz qirqilib unga savol alomati qo‘yilgan ob’ektlarning nomi va raqami yozib qo‘yiladi. O‘yin vaqtida xaltachalardan, qog‘ozlar olinib, unda yozilgan iqtisodiy geografik ob’ekt nomi va raqami o‘qiladi. O‘quvchilar aytilgan nomni yozuvsiz xaritadan savol alomati, qo‘yilgan ob’ektlar bo‘yicha topib uni raqam qo‘yilgan qog‘oz bilan yopadilar. Kim birinchi bo‘lib so‘roq, alomati qo‘yilgan ob’ektlarni to‘g‘ri yopsa g‘olib hisoblanadi.





Download 133 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling