Geografiya va Ekologiya fakultiteti 103-guruh talabasi
Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat
Download 1.54 Mb.
|
1-MAVZU ZUHRIDDIN
Amaliy geografiyaning muhim vazifalari quyidagilardan iborat:
• Xo’jalik maqsadlarida foydalanish nuqtai nazaridan tabiiy sharoit va resurslarni o’rganish va baholash; • Tabiiy geografik jarayonlarni o’rganish, baholash va bashorat qilish; • Inson tomonidan tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgartirilishi jarayonini baholash va bashorat qilish; • Umumsayyoraviy, mintaqaviy va maxalliy ekologik muammolarning yuzaga kelish sabablarini ochib berish va ular yechimining geografik asoslarini ishlab chiqish; • Ishlab chiqarishni xududiy tashkil etish muammolari va aholi joylashuvi masalalarini yechish. Amaliy geografiya fani bo’yicha egallagan bilim, ko’nikma va malakalarini kundalik hayotda duch keladigan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanadi va amaliyotda qo’llaydi, tabiatdagi jarayonlar va hodisalarni tushunishda amaliy geografiya sohasidagi zamonaviy yutuqlar to’g’risidagi ma’lumotlardan foydalanadi, amaliy geografik tatqiqotlar va ma’lumotlar bilan ishlaydi, geografik ob’ektlar ustida kuzatishlar olib borib, geografik baholash va bashoratlarni urganadi tajribalar o’tkazadi, o’zining faoliyati oqibatlarini atrof muhit va o’zgalarning sog’ligiga ta’sirini baholaydi va tabiatda o’zini tutish qoidalariga amal qilgan holda sog’lom, turmush tarzi normalariga rioya qiladi. O’qitishning maqsad va vazifalari O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan jamiyatimizni yangilash maqsadida ishlab chiqilgan besh tamoyil hayotga sobitqadamlik bilan tatbiq etilayotgan hozirgi paytda ma’naviy‐ma’rifiy ishlarni amalga oshirish, sog’lom ekologik muhitni ta’minlash,ekologik fojealarning oqibatlarini har bir kishi ongiga singdirish va pirovard natijada ma’naviy barkamol, komil insonni, erkin shaxsni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlari bo’lib qolmoqda. Bu g’oya to’laligicha o’rta maxsus kasb‐xunar ta’lim tizimiga ham taalluqlidir Jamiyatimizda ta’lim‐tarbiya tizimini sog’lom insonparvarlik yo’nalishida qayta tashkil etish, uni zamon talablari darajasiga ko’tarish, barkamol, ma’naviy dunyosi boy, axloqiy pok, komil insonlarni tarbiyalash kechiktirib bo’lmaydigan, davlat ahamiyatiga, millat 6 kelajagiga molik vazifa bo’lib turibdi. «Amaliy geografiya» fanini o’rta maxsus kasb‐hunar ta’lim tizimida o’qitilishi ham ana shu muhim vazifani amalga oshirilishiga xizmat qilmog’i lozim. Amaliy geografiya fani inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik hamda uning natijasida vujudga keladigan barcha xususiyatlarni o’rganishni o’z ichiga oladi. -Amaliy geografik tadqiqot usullari bilan tanishtiradi. - Tabiiy geografik jarayonlar va ularning xillari haqida tanishtiradi. - Tabiat komplekslari va ularning barqarorligi hamda uni xo’jalik ishlarida xisobga olish lozimligini o’rgatadi.
Download 1.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling