Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti


Download 1.06 Mb.
bet10/19
Sana12.10.2023
Hajmi1.06 Mb.
#1700352
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya

Geometrik aniqlik — bu kartadagi alohida nuqtalarni va obyektlami ularning haqiqiy holatlariga moslik darajasini tavsiflovchi miqdoriy o‘lchov. Geometrik aniqlik kartani joy bilan yoki yirik masshtabli manbalar bilan taqqoslaganda aniqlanilishi mumkin.
Kartaning mazmunan ishonchliligi — bu real borliqning kartografik tasvirini uning asosiy xususiyatlarini va obyektlar o‘rtasidagi o'zaro aloqadorligini hisobga olgan holda mos kelishini sifatli baholash demakdir.
Har xil joylashgan voqea va hodisalarni (obyektlarni) generalizatsiya qilish:
Punktlarga joylashtirilgan (Joylashgan) obyektlar sifat va miqdor tavsiflarini senzlar va tanlab olish normalarini qo‘llab generalizatsiya qilinadi.
Chiziqlarga joylashtirilgan (joylashgan) obyektlar ham generalizatsiya jarayonida senzlar va normativlarga mos holda tanlab olishni, sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirishni boshidan kechiradi, Chiziqli obyektlarni (elementlarni) generalizatsiya qilishni muhim elementi ularning suratlarini to‘g‘rilash va soddalashtirish, maydachuyda egik-bukiklardan voz kechish (saqlab qolishda va hatto ayrim tipik detallarini alohida qilib, bo‘rttirib ko‘rsatishda ham) dan iboratdir.
Chiziqli obyektlarni generalizatsiya qilish har doim ularning kengligini haqiqiy olchamlari bilan taqqoslaganda bo‘rttirib (oshirib, ko'paytirib) berish bilan bog‘liq.
Maydon uzra joylashgan obyektlar awalo sifat tavsiflarini va miqdor gradatsiyalarini yiriklashtirish yo‘li bilan generalizatsiya qilinadi. Alohida konturlarni chiqarib tashlashda ularning qiyofalarini (tashqi ko‘rinishini) to‘g£rilab qo‘yishda namoyon bo‘ladigan generalizatsiyaning geometrik aspektlari nihoyatda muhimdir. Mayda konturlar ancha yiriklari bilan qo‘shib yuboriladi, ko‘pchilik hollarda esa yagona areal konturi bilan almashtiriladi. Agar hodisakartada izoliniyalar yordamida ko'rsatilgan bo‘lsa, u holda kesim balandligi kattalashtiriladi, izoliniyalar suratini umumlashtirish, ulami o‘zaro muvofiqlash ishlari bajariladi.

Download 1.06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling