Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti
I BOB. GENERALIZATSIYA TURLARI
Download 1.06 Mb.
|
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Masshtab o’zgarishi bilan aholi punktlarini generalizatsiya qilish misolida alohida obektlarni ularni jamlovchi belgilar bilan almashtirish
I BOB. GENERALIZATSIYA TURLARI
. KARTOGRAFIK GENERALIZATSIYA VA UNING XUSUSIYATLARI Butun borliqni obrazli-belgili modeli sifatida geografik kartalarning eng muhim xususiyati ularni tabiat va jamiyat hodisalarini istagan kattalikdagi hudud, masalan rayon, viloyat, mamlakat, materik yoki hatto to’liq Yer shari miqyosida bevosita ko’zdan kechirish va o’rganish imkoniyatiga egaligidir. Bu masshtabdan foydalanishga va kartaga tushirilayotgan hodisalarni umumlashtirilgan ko’rinishda berishga asoslangan. “Generalizatsiya” termini frantsuzcha so’z ―generalisation‖dan kelib chiqqan bo’lib - umumlashtirish, umumiy, bosh degan ma’nolarni bildiradi. Generalizatsiya terminining lingvistik tushunchalari uning kartografik mohiyatini to’la ifoda etadi. Generalizasiyani birinchi bo’lib tafsiflab bergan nemis olimi Maks Ekker (1921 y) generalizasiyani mohiyati – saralab olish va umumlashtirish, uni bosh omili – muayan xaritalarni – maqsadi, generalizasiyani muvaffaqiyatli bajarishni asosiy sharti – generalizasiya qilinayotgan hodisalarni mohiyatini, xarakterli xususiyatlarini tushunishdir deb mutlaqo to’g’ri ta’kidlagan. Davlat standartida kartografik generalizatsiyaga quyidagicha ta’rif berilgan: kartada tasvirlanayotgan ob’ektlarning kartaning maqsadi, masshtabi, mavzui va tili hamda kartaga olinayotgan sohani xususiyatlariga mos ravishda tanlab (saralab) olish va umumlashtirishga kartografik generalizatsiya deyiladi. Generalizatsiyaning asosiy ma’nosi - borliqning kartaga olinayotgan qismining o’ziga xos bo’lgan asosiy tipik tomonlari va xarakterli xususiyatlarini saqlab qolib umumlashtirib tasvirlashdir. Generalizatsiyada quyidagilarga asosiy etibor qaratiladi: Kartalarning maqsadi. Kartalarda faqat ularning maqsadiga mos keladigan obektlargina ko’rsatiladi. Karta maqsadiga javob bermaydigan boshqa obektlarni tasvirlash kartani idrok qilish, u bilan ishlashni qiyinlashtiradi. Masalan, o’quv ma’muriy karta auditoriyada namoyish etish uchun ishlatiladigan bo’lsa, u holda unda mazmunning eng muhim elementlari saqlab qolinadi. Ularni ortiqcha murakkablashtirmasdan, umumlashtirish bilan yiriklashtirilgan ko’rinishda tasvirlanadi. Agar ma’muriy karta zarur ma’lumotnoma maqsadida tuzilgan va stol ustida foydalaniladigan bo’lsa, u holda karta ma’muriy bo’linish, aholi punktlari, aloqa yo’llari haqida mazkur masshtab uchun maksimum mumkin bo’lgan hajmdagi axbarotga ega bo’lishi kerak. Kartalarning masshtabi. Generalizatsiyaga masshtabning ta’siri yirik tasvirdan mayda tasvirga o’tishda tasvirlanayotgan hududning o’lchamlari qisqaradi. (Masalan, yer yuzasidagi 1 km2 maydon 1:1 000 masshtabli kartada 1 m2 , 1: 10 000 masshtabda 1 dm2 , 1:100 000 masshtabda 1 sm2 va nihoyat 1:1 000 000 masshtabli kartada esa 1 mm2 ga teng bo’ladi. Masshtab o’zgarishi bilan aholi punktlarini generalizatsiya qilish misolida alohida obektlarni ularni jamlovchi belgilar bilan almashtirish: a — alohida binolar (masshtab 1: 10 000); b — kvartallar (masshtab 1: 50 000); d — umumiy kontur (masshtab 1: 300 000); e — punson (masshtab 1: 1 000 000). Mayda masshtabda asos qilib olingan yirik masshtabli kartada bo’lgan hamma voqea va tafsilotlarni tasvirlash mumkin emas, shuning uchun ularni saralash, umumlashtirish, qolganlarini chiqarib tashlash zarur bo’ladi. Karta masshtabi qisqarishi bilan fazoviy qamrab olish oshadi, u ham generalizatsiyaga ta’sir qiladi, yirik masshtabli kartalar uchun muhim bo’lgan obektlar (masalan, maxalliy orientirlar) mayda masshtabli kartalarda o’z ahamiyatini yo’qotadi va ular chiqarib tashlanishi lozim. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling