Geografiya va geaxborot tizimlari fakulteti
Download 1.06 Mb.
|
BOZOROV BOBOJON NING generalizatsiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Norvegiya kartasida fiord qirg’og’ining tasviri
1.2. GENERALIZATSIYA TURLARI
Generalizatsiya qilishda sifat tavsiflarini umumlashtirish keng qo’llaniladi, ularning farqlarini kamaytirish har doim tasniflash belgilarini umumlashtirish bilan bo’liqdir. Masalan, obzor kartalarda ko’pchilikni tashkil etadigan o’rmon daraxtlarining turlari o’rniga yagona o’rmon belgisi beriladi, geologik kartalarda yirik masshtablardan mayda masshtablarga o’tishda svita va yaruslarni bo’limlarga qo’shib yuborish bilan stratigrafik bo’linishlar umumlashtiriladi, so’ngra bo’limlar tizimlariga qo’shiladi va h.k. Miqdor tavsiflarini umumlashtirish tasvirlanayotgan hodisaning miqdor gradatsiyalarini (bir bosqich yoki holatdan ikkinchi bosqich yoki holatga o’tishdagi izchillik) yiriklashtirishda, uzluksiz shkalalardan pog’onalilarga o’tishda namoyon bo’ladi. Bunga topografik kartalarni generalizatsiya qilishda relefning kesim balandligini kattalashtirish (orttirish) yoki aholi punktlarini yashovchilar soni bo’yicha guruhlashni yiriklashtirish misol bo’lishi mumkin Gorizontallar usuli bilan tasvirlangan relefni masshtab asosida generalizatsiya qilish. a—1:200000 masshtabdagi boshlang’ich tasvir; b — 1:500 000 masshtabdagi tasvir; d — 1:1 000 000 masshtabdagi tasvir. Kartaga olinayotgan obektlarni tanlab olish — bu kartada uning maqsadi, mazmuni va masshtabi hamda kartaga olinayotgan hududning xususiyatlari nuqtai nazaridan muhim va zarur bo’lgan obektlarni qoldirish demakdir. Tanlab olish sifat va miqdor tavsiflarini umumlashtirish bilan uzviy bog’langan va legenda yangi yiriklashtirilgan bo’linishlarga bo’ysindirilgan bo’ladi. Tanlab olishda ikkita miqdoriy ko’rsatkichlardan, ya’ni senz va normalardan foydalaniladi. Norvegiya kartasida fiord qirg’og’ining tasviri: a — 1:300 000 masshtabdagi boshlang’ich tasvir; b — 1:1 000 000 masshtabgacha kichraytirish vaqtida maqsadga muvofiq umumlashtirish (qirg’oq xarakteri, tektonik chiziqlar bo’yicha orollarni orientirovkasi va ilgargi muzliklarning harakat yo’nalishi to’g’ri ko’rsatilgan); d — unchalik yaxshi chiqmagan umumlashtirish Geometrik qiyofasini, yani tashqi ko’rinishini, konturini soddalashtirish (o’zgartirish, osonlashtirish) tasvirni turli detallaridan, konturlarning uncha katta bo’lmagan burilishlaridan voz kechish, chegaralarni to’g’rilash va boshqalar kiritiladi. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling