Geografiya va iqtisod


Tabiatshunoslikni o’qitishda fanlararo aloqadorlikning o’rni va ahamiyati


Download 47.07 Kb.
bet3/4
Sana22.06.2023
Hajmi47.07 Kb.
#1647061
1   2   3   4
Bog'liq
SIRTQI MARUZA-4

Tabiatshunoslikni o’qitishda fanlararo aloqadorlikning o’rni va ahamiyati. Mamlakatimiz ta’lim tizimida ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, maktabda ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda pedagoglar diqqatini fanlar aro aloqadorlik masalalariga qaratishni talab qilmoqda. Buning boisi shuki, fan-texnikaning jadal rivojlanishi o’quvchilarda yuksak ma’naviyat, erkin fikrlash, g’oyaviy-siyosiy yetuklik, ilmiy dunyoqarashga asoslangan e’tiqodni shakllantirishni dolzarb muammoga aylantirdi. O’quvchilarda bu sifatlarni shakllantirishda fanlar aro aloqadorlik katta imkoniyatlarga ega.
Maktab ta’limidagi tabiiy fanlar o’quvchilarga dunyoning hozirgi ilmiy manzarasi niochib beradi. Shu bois tabiat haqidagi fanlar o’quvchi dunyoqarashining tabiiy-ilmiy asosini tashkil etadi. Fanlar aro aloqadorlik o’quvchilarning umumlashgani lmiy tushunchalarini shakllantirishga yo’naltirilgan bo’lishi lozim. Bilimlar integratsiyasi ta’limga o’zgacha yondashishni taqozo qiladi. CHunonchi, o’quv materialini umumlashgan tizimda bayon qilish, ta’lim-tarbiya jarayonida muammoli, modulli, shaxsga yo’nalgan texnologiyalardan foydalanish zarurligini ko’rsatadi.
Darhaqiqat,boshlang’ich ta’limda fanlar aro bog’lanishni to’g’ri yo’lga qo’yish va undan mohironalik bilan foydalanish o’quvchilarning bilish ehtiyojini orttiradi. O’quvchilarning o’quv faoliyatini faollashtiradi, dunyoqarashini kengaytiradi. SHuningdek, o’quvchilarning tabiatshunoslik va boshqa fanlarga bo’lgan qiziqishlarini kuchaytiradi. Tabiatshunoslikni o’qitishjarayonida tabiiy
hodisalar, jarayonlar va qonuniyatlardan foydalanish o’quvchilarda tabiiy fanlar yuzasidan olgan bilimlarining puxta bo’lishiga va ularning chuqur o’zlashtirilishiga olib keladi.
Keyingi yillarda fanlar o’rtasidagi fanlar aro bog’lanishni integratsiya atamasi bilan yuritish odat tusiga aylangan.
Integratsiya – lotincha “integratio” so’zidan olingan bo’lib, to’liq, yaxlit, bir butun degan ma’nolarni bildiradi.Fanlar aro o’qitishda ichki va tashqi bog’lanishlar bo’lib, ichki bog’lanish deganda shu sohaga oid o’quv fanlari mavzularining o’zaro bog’lanishi tushuniladi. Tashqi bog’lanishda esa, mazkur soha fanlari bilan boshqa o’quv fanlari mavzularining o’zaro bog’lanishi tushiniladi.
Boshlang’ich ta’limda tabiatshunoslik o’quv fanlari dasturlarini mazmunan maqsadga muvofiq tahlil qilish, ularni fanlar aro o’qitishda uzviylik, ya’ni gorizontal va vertikal bog’lanishlarni aniqlash, ularni ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llash o’quvchilarning bilish faoliyatini faolllashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 47.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling