1.2 Maktab geografiya darsida O’zbekiston suv omborlari mavzusini
o’qitishning maqsadlari va vazifalari.
Inson qadim zamonlardan boshlab suvdan turmush ehtiyojlarini qondirishda
eng soddausullarni qo’llab foydalanib kelgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib suv
maxsus inshoot va qurilmalar yordamida tinitilib, tabiiy va sun’iy ravishda
tozalanib, kerak bo’lgan hollarda zararsizlantirilib ishlatilmoqda.
Qishloq xo’jaligi va sanoatda suvning o’rnini hech narsa bosa olmaydi. Suv
havzalarining eng arzon transport vositasi ekanligi hammaga ma’lum.Suv
transportining xalq xo’jaligini rivojlantirishdagi ahamiyati beqiyosdir.Shu
maqsadda dunyodagi ko’p daryolar kanallar orqali bir-biri bilan va dengizlar bilan
tutashtirilgan.
Suv ob’ektlarining mudofaa maqsadlari uchun ham ahamiyati kattadir.Chunki
mamlakatlar chegaralarining ko’p qismi daryolar va dengizlar orqali o’tadi.Ularni
sergaklik bilan qo’riqlash uchun ham ularni sinchiklab o’rganish lozim.
O’lkamiz daryolaridagi suv miqdori mavsumdan-mavsumga va u yildan bu
yilga o’zgarib turadi.Ba’zi bir daryo va soylarning suv miqdori yil davomida shu
qadar notekis va noqulay taqsimlangan bo’ladiki, oqibatda milliardlab metr kub
suv xalq xo’jaligiga hech qanday foyda keltirmasdan behuda oqib ketadi. Ayrim
paytlarda esa to’lib-toshib oqib katta zarar keltiradi.O’lkamiz sharoitida qishloq
xo’jaligida suvga bo’lgan ehtiyoj kuchaygan paytda esa bunday daryo va
soylardagi suv keskin ozayib ketadi, ayrim hollarda butunlay qurib qoladi.
Mana shunday sharoitda daryo va soylar suvidan to’la va samarali foydalanish
hamda toshqinlarni oldini olish maqsadida ularning oqim tartibini boshqarib turish
zarur.Bu muammoni daryolarda sun’iy ko’llar – suv omborlari barpo etish yo’li
bilan hal etish mumkin. Suv omborlari qurish o’lkamiz kabi qurg’oqchil hamda
qishloq xo’jaligi sug’orishga asoslangan hududlarda ayniqsa zarurdir. Ko’pchilik
suv omborlarini qurishda ekinzorlarni suv bilan ta’minlashdan tashqari, ulardan
gidroenergetika, baliqchilikni rivojlantirish, yirik sanoat korxonalari va shaharlar
suv ta’minotini yaxshilash maqsadida foydalanish nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |