Тuyabo’g’iz suv ombori - Тoshkent dengizi Ohangaron daryosining o’rta
oqimida barpo etilgan gidrotexnika inshooti. 1962 yilda qurilgan. Daryo suvini
mavsumiy tartibga soladi. Umumiy hajmi 250 mln.m
3
, foydali hajmi 224 mln. m
3
ni tashkil etadi. Suv yuzasi maydoni 20 km
2
. O’rtacha chuqurligi 12,5 m. Ko’tarma
tuproq to’g’on, chap va o’ng qirg’oq suv chiqargichlar va suv tashlagichdan iborat.
Тo’g’onning uzunligi 2,4 km, ikki chekkasi qumoq tuproqdan qurilgan. Ombor
gidrouzeli 1,9 km uzunlikdagi dambaga tutashgan. Тo’g’on ustidan Тoshkent-
Bekobod avtomobil yo’li o’tadi. 440 m uzunlik va suv sarfi 760 m
3
/sek bo’lgan
tezoqar ko’rinishidagi suv tashlagich suvni 34 m pastlikka uzatadi. Suv
tashlagichning yemirilishini bartaraf etish uchun undan 600 m uzoqlikda umumiy
balandligi 40 m bo’lgan ochiq tipdagi ikki bosqichli sharshara qurilgan. Suv
omboridan Qorasuv daryosiga va Тuyabo’g’iz chapqirg’oq kanaliga suv beriladi.
Suv ombori atrofida dam olish zonasi tashkil etilgan. Suv ombori Тoshkent
viloyatining Bo’ka, Oqqo’rg’on, O’rta Chirchiq, Quyi Chirchiq tumanlarida
sug’oriladigan yerlarning suv ta’minotini yaxshilashga imkon berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |