Ohangaron suv ombori - Тoshkent viloyatida Ohangaron daryosi o’zanida
qurilgan gidrotexnika inshooti. 1989 yilda ishga tushirilgan. Umumiy hajmi 260
mln. m
3
, to’g’onning maksimal balandligi 100 m, suv o’tkazish imkoniyati 480
m
3
/sek. Ohangaron daryosi suvini mavsumiy tartibga soladi. Тoshkent viloyatidagi
Ohangaron, O’rta Chirchiq, Piskent va Bo’ka tumanlaridagi yerlar sug’oriladi.
Jizzax suv ombori - Sirdaryo viloyatidagi suv ombori. Jizzax shahridan 9 km
janubiy-sharqda, Yoyilmasoy jarligida joylashgan. 1963-1968 yillarda qurilgan.
Maydoni 12,7 km
2
, chuqurligi 26 m, suv hajmi 87,5 mln. m
3
, keng joyi 5,1 km,
uzunligi 3,3 km. Suv omboriga 25 m
3
/sek suv keltiradigan (uzunligi 9 km) va suv
omboridan 10 m
3
/sek suv chiqaradigan (uzunligi 15 km) kanal qurilgan. Jizax suv
omboriga Sangzor daryosining suvi to’planadi. Suv ombori Jizzax tumanidagi 15
ming gektardan ortiq yerni suv bilan ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |