Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet14/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Avliyo Yelena oroli-Atlantika okeanining o'rta qismidagi orol. 1502-yilda Bibi Yelena kunida kashf etilganligi sababli San-Yelena, ya'ni Avliyo Yelena deb nomlangan.
Avliyo Lavrentiy daryosi-Shimoliy Amerikadagi daryo. Buyuk ko'llardan oqib chiqib shu nom bilan ataluvchi ko'rfazga quyiladi. Bu nom Avliyo Lavrentiyga bag'ishlangan katoliklar bayrami kunida berilganligi uchun shunday atalgan.
Avstraliya-materik, «janubiy», «janubiy yer» degan ma'nolarni beradi. Qadimda ekvatordan janubda to qutbgacha cho'zilgan noma'lum yer-«Terra australis inkgnito», ya'ni «janubiy noma'lum yer» deb yuritilar edi. Materikni dastlab 1606-yilning boshlarida gollandiyalik sayyoh Villem Yanszon kashf etgan. Dastlab gollandlar materikni Yangi Gollandiya deb atashgan. Abel Tasmanning 1642-1644-yillardagi sayohatlaridan so'ng materik yaxlit, alohida quruqlik ekanligi aniqlandi. Keyinchalik, materik to'liq kashf etilgandan so'ng «inkognito»-noma'ulm so'zi tushib qolib, «Terra Australis»-«Janubiy Yer» deb ataladigan bo'ldi, binobarin, materik to'laligicha janubiy yarimsharda joylashgan. XIX asr boshlaridan qisqacha Avstraliya deb ataladi.
Avstriya-Yevropadagi davlat. Asli nomi Osterreyx bo'lib, nemischa «ost»-sharq, «reyx»-o'lka, ya'ni sharqiy o'lka degan ma'noni beradi.
Azor orollari-Atlantika okeanidagi Portugaliyaga qarashli orollar to'dasi. Orollarni XV asrda portugallar kashf etishgan va ko'plab qushlarni ko'rishgan. Ularni dastlab qirg'iy deb bilganlar va shunga ko'ra portugalcha «azor»-qirg'iy orollari deb nomlashgan.
Axtuba-daryo. Rossiyaning Astraxan va Volgograd oblastlaridan oqib o'tadi. Volganing chap irmog'i. Axtuba turkiy so'z degan fikrlar bor, ya'ni «Oqtepa» degan ma'noda. Turkiy xalqlar baland tog'lardan oqib keladigan daryolarni oq suv, oq daryo deb ataganlar. Balki daryoning boshlanish joyiga nisbatan gidronim Axtuba deb atalgandir.
Ayag'uz-daryo. Qozog'istonning Semipalatinsk viloyatidan oqib o'tib, Balxash ko'liga quyiladi. Ye.Koychubayev toponimni etnik nom bilan bog'laydi. Ay-qabila nomi bilan guz va o'g'iz «daryo» so'zlari birikkan. Nomning izohi: Ayaguz-«ay qabilasi daryosi» demakdir. Ayag'uz ikki so'zdan: ayaq «oyoq» va «uz» so'zlaridan tuzilgan. Ayaq xalq tilida ko'p qo'llaniladigan geografik termin bo'lib, «past, kun botish, g'arb» degan ma'nolarni beradi. Uz yoki Us qadimgi turkiy tilda «suv yoki o'zan, daryo» demakdir. Shunday ekan, Ayag'uz «pastdagi suv, pastdagi daryo» ma'nosiga egadir.
Balxash-ko'l, qozoqcha Balqash. «Botqoq», «atrofi qamishzor» ma'nosidagi so'z. Ko'lning o'zi haqiqatan ham sayoz, qirg'oqlari botqoq, xolqob va qamishzorlardan iborat.
Bahrayn-janubi-g'arbiy Osiyodagi-Fors ko'rfazida joylashgan davlat. Davlat hududi 20 dan ortiq orollarda joylashgan bo'lib, ularning eng kattasi Bahrayn deb ataladi. Arabacha «ikki dengiz», ya'ni atrofi dengiz bilan o'ralgan orol ma'nosidagi so'z.
Bamako-shahar, Afrikadagi Mali davlatining poytaxti. Mahalliy xalq tilida bama-«timsoh», ko-«daryo», ya'ni «timsohli daryo» yoki «timsohi ko'p daryo bo'yidagi shahar» ma'nosidadir.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling