Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet3/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Geografik terminlar: vulqon, meandra, geyzer, karst, artezian va boshqalar.
Geologik davrlar: kembriy–Buyuk Britaniyadagi Uelsning qadimgi nomi; ordovik va silur–Angliya janubidagi qabililar nomi; devon–Angliyadagi graflik; perm–Uralning janubidagi shahar; yura–Fransiyadagi Yura tog'lari nomidan olingan.
Burmalanishlar: kaledon–Shotlandiyaning qadimgi nomi; baykal–Baykal ko'li nomidan; gertsin–Markaziy Yevropadagi tog'; alp–Yevropadagi tog' nomlaridan paydo bo'lgan.
Shamollarning nomlari–Afg'on shamoli, Bekobod shamoli, Qo'qon shamoli, Ho'jand shamoli, Novorossiysk borasi va hokazo.

O'simliklarning nomlari: apelsin–gollandcha “xitoy olmasi” demakdir (“sin”–“Chin”, “Xitoy” degani); kashtan–Kichik Osiyodagi Kastan shahri nomidan; shibirg'oni uzum–Afg'onistondagi viloyat nomidan; kofe–Afrikadagi Kaffa o'lkasi nomidan; bulg'ari qalampiri–Bolgariya nomidan; finikiya palmasi–tarixiy Finikiya davlati nomidan; makkajo'xori–Muqaddas Makka shahri nomidan; qo'qon jo'xori, jilon jiyda–Erondagi G'ilon (Jilon) viloyati nomidan; shotut–Shom (Suriya) nomidan olingan. Kishmish–Erondagi Keshm oroli nomi bilan bog'liq.


Hayvonlar nomlari: hisor qo'yi, qorako'l qo'yi, angori echki, sardinka–baliq, Sardiniya oroli nomidan olingan.
Turli ichimliklar nomlari: kagor (qizil vino)–Fransiyadagi Kagor shahri nomidan; portveyn (vino)–Portugaliyadagi Oporto shahri nomidan; shampan (vino)–Fransiyadagi Shampan provinsiyasi nomidan; konyak–Fransiyadagi shu nomli shahar nomidan olingan.
Minerallarning aksariyati joy nomlari bilan bog'liq holda nomlangan: avstralit–Avstraliya nomidan olingan, alebastr–Misrdagi shahar nomidan, baykalit–Baykal ko'li nomidan, belomorit–Oq dengiz sohilidan topilgani uchun shunday atalgan, boksit–Fransiya janubidagi Boks degan joy nomidan, vezuvian–Italiyadagi Vezuviy tog'i nomidan, kurskit–Kursk shahri nomidan, labradorit–Shimoliy Amerikadagi Labrador yarim orolidan topilganligi uchun shunday nomlangan tog' jinsi, rumenit–Ruminiya hududidan topilgan qahraboning bir turi, sibirit–Sibir nomidan, surik–mineral bo'yoq, Suriya nomidan, uralit–Ural tog'laridan topilgan mineral nomi, xibinit–Xibin tog'lari nomidan olingan.
Ayrim gazlamalarning nomlari ham toponimlardan olingan: doka (ruscha “marli”) so'zi Bangladeshning poytaxti Dakka shahri nomidan, krepdeshin–fransuzcha “xitoy matosi”, Xitoy nomidan olingan, jersi–Fransiya shimolidagi orol nomidan, tyul–Fransiyadagi shahar nomidan olingan.
Bolonya, boston, paplin matolari ham joy nomlaridan olingan. Bolonya va Paplin Italiyadagi shaharlar, Boston–AQShdagi shahar.
Panama (bosh kiyim, shlyapa) nomi ham Markaziy Amerikadagi Panama davlati nomidan olingan. Olimpika (sport kiyimi) nomi esa Gresiyadagi Olimp tog'i nomidan kelib chiqqan.
Ko'pchilik buyuk allomalar, yozuvchi va shoirlarning tahalluslari ham ular tug'ilgan yoki yashagan joy nomidan olingan: Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad Farg'oniy, Abu Nasr Farobiy, Ahmad Yassaviy, Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy, Hofiz Sheroziy, Jaloliddin Rumiy, Muhammad Narshaxiy va hokazo. Hatto Rudakiy tug'ilgan joy uning taxallusi yordamida topilgan va hozirgi Tojikistondagi Rudak qishlog'ida tug'ilganligi aniqlangan.
Bulardan tashqari ko'plab avtomobillar (masalan “Jiguli”–shu nomli tog' nomidan, “Kamaz”–Kama daryosi nomidan, “Zaparojes”–Zaparoje shahri, “Belaz”–Bulorus nomidan, “Moskvich”, “MAZ”–Moskva nomidan va hokazo), radiopriyomniklar, turli sport jamoalari nomlari, kir yuvish mashinalari, sovuqxonalar, kemalarning nomlari, mehmonxonalar, restoran, kinoteatr, hatto asteroidlar (“Ukraina”, “Volga”, “Sumiana”–Sumi shahri nomidan) ning nomlari joy nomlaridan olingan.
Joy nomlari juda qiziq: 1-2-3 harfdan iborat juda qisqa nomlar ham, uzundan uzoq nomlar ham bor. YU–Shvesiyadagi, E–Fransiya va Belgiyadagi aholi punktlari, U–Fransiyadagi daryo irmog'i, Ar–Uraldagi daryocha, Po–Italiyadagi daryo, Nil–dunyodagi eng uzun daryo, Chad–Afrikadagi, Chud–Rossiyadagi, Eyr–Avstraliyadagi, Eri–Shimoliy Amerikadagi ko'llar.
Mashhur geograf–toponimist olim H. Hasanovning yozishicha “...Geografik nomlarning “chempionlari” ham aniqlangan. Angliyadagi bir temir yo'l stansiyasining nomi 54 harfdan iborat. Yangi Zelandiyadagi bir shaharning nomi maori tilida 57 harf bilan yoziladi. O'zbekcha tarjimasi bunday: “Tamatea Pokan Uenda o'z ma'shuqasiga nay chalib bergan tepalik”. Bu faqat “bronza” medaliga mansub. Lekin “kumush” medalga loyiq nom ham bor: bu Yangi Zelandiyadagi bir tepalikning nomi–u 85 harfdan iborat. “Oltin” medal Tailand poytaxti Bankok shahriga berilsa bo'ladi: uning norasmiy nomi jami 159 harf bilan yoziladi”.
Xullas, joy nomlari ajoyib va g'aroyib. Hayotimizni ularsiz tasavvur etib bo'lmaydi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling