Geografiyada toponimika


Sano-shahar, Yaman Arab Respublikasi poytaxti. «Mustahkam istehkom, qal'a» degan ma'noni bildiradi. Santo-Domingo-


Download 403.5 Kb.
bet42/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Sano-shahar, Yaman Arab Respublikasi poytaxti. «Mustahkam istehkom, qal'a» degan ma'noni bildiradi.
Santo-Domingo-shahar, Dominikan Respublikasining poytaxti. Ispancha santo-«muqaddas», domingo-«yakshanba», ya'ni «dam olish kuni» demakdir.
San-Marino-Apennin yarim orolidagi kichik davlat. Hozirgi davlat o'rnida milodning IV asrida Marino ismli kishi dindorlar jamiyatini qurish maqsadida bunyod etgan. Shuning uchun nomiga Santo-Marino-«Muqaddas Marino» deb atalgan.
San-Paulu-Braziliyadagi yirik shahar. 1554-yilda portugaliyaliklar tomonidan asos solinib, Avliyo Pavel sharafiga shunday nomlangan.
San-Tome va Prinsipi-Afrikaning g'arbiy sohillaridagi orollarda joylashgan davlat. Portugaliyalik sayyohlar tomonidan 1471-yili kashf etilgan va shu kuni Avliyo Foma bayrami nishonlanadigan kun bo'lganligi uchun San-Tome deb atalgan. Prinsipi-«birinchi orol» demakdir.
Santyago-shahar, Chilining poytaxti. 1541-yili ispan konkistadorlari tomonidan asos solinib, Avliyo Yakov (ispancha Santyago) nomiga qo'yilgan.
Santyago-de-Kuba-Kubadagi shahar, 1514 -yili asos solingan. Ushbu shahar ham Avliyo Yakov nomiga qo'yilgan. Uning nomi bilan bog'liq nomlar Lotin Amerikasi mamlkatlarida ko'p uchraydi, shuning uchun de Kuba qo'shib qo'yilgan: «Kubadagi Avliyo Yakov shahri» demakdir.
San-Frantsisko-AQShning Tinch okean sohillaridagi yirik shahri. XVI asrda shu yerdagi ko'rfazga suzib kirgan dengiz qaroqchisi Fransis Dreyk nomidan olingan.
Saransk-shahar, Rossiyadagi Mordva Respublikasi poytaxti. Fin-ugor tilidagi sara-«botqoq», «qamishzor» degan ma'noni bildiradi.
Saratov-Rossiyaning Volga daryosi bo'yidagi shahri. Unga 1590 -yili asos solingan. Tatar tilidagi sari tov so'zlaridan hosil bo'lgan.
Sardiniya-O'rta dengizdagi, Apennin yarim orolining g'arbiy qismidagi orol. YE.M.Pospelovning fikricha, ushbu nom orolda qadim zamonlarda yashagan xalq nomidan olingan. H.Hasanov esa qadimgi rimliklar tilidagi sarado-«tovon» so'zidan olingan: orolning shakli tovonga o'xshaydi. Greklar uni Sandalitos, ya'ni «shippaksimon» deb ataganlar.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling