Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet45/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Sierra-Nevada-Kordilera tog' sistemasidagi tizmalardan biri. Ispaniyada ham shu nomli tog' bor. Sierratog'», nevada-«qor», ya'ni «Qorli tog'lar» degan ma'noni bildiradi.
Sikoku-Yapon orollarining janubiy qismidagi orollardan biri. Yaponcha sikoku (si-«to'rt», koku-«provinsiya», ma'muriy-hududiy bo'linish) so'zidan olingan.
Simferopol-Qrimdagi shahar. Ilgarigi nomi Oqmachit bo'lib, unga 1784-yili asos solingan. Grekcha simfero-«baxtli», «fayzli», polis-«shahar», ya'ni «Baxt bag'ishlovchi shahar» demakdir.
Singapur-Janubiy-Sharqiy Osiyodagi shahar-davlat, orol. Singapur dastlab shahar nomi bo'lib, unga XIII asrda asos solingan, so'ngra uning nomi orol va kichik davlatga o'tgan. Hindcha singa-«sher», pur-«shahar», ya'ni «Sher shahri» degan ma'noni beradi.
Sinszyan-Xitoy Xalq Respublikasining g'arbiy viloyati, Sinszyan-Uyg'ur avtonom rayoni. Bu viloyat Xitoyga keyinroq qo'yshilganidan sin-«yangi», szyan-«mulk», «chekka yer», ya'ni «Yangi chegara» deb nomlangan. Bu viloyat ilgari Sharqiy Turkiston, Sharqiy Buxoro, Qashqar, Uyg'uriston, Oltishahar xonligi deb ham atalgan.
Sirdaryo- O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'istondan oqib o'tib, Orol dengiziga quyiladigan daryo. Sirdaryo Norin va Qoradaryoning qo'shilishidan hosil bo'ladi. Gidronimning etimologiyasi haqida ko'p fikrlar bor:
1. Xalq «sirli daryo» deb izohlaydi. A.Abdurahmonov ham bu fikrni quvvatlaydi.
2. Sirdaryo «tashqaridan, tog' oralig'idan keluvchi daryo».
3. Gidronim hind-yevropa tillariga hos sal («tuz») so'zidan olingan: daryo o'zanida suv yig'ilib, etaklari oqarib turadi, ya'ni «tuzli daryo» demakdir.
4. Daryo nomi sir qabilasi ismidan olingan bo'lib, u eng qadimgi mahalliy nomlardandir.
5. Gidronimning etimologiyasini eron tillaridan izohlash kerak, ehtimol «ko'p, to'kin, yaxshi» degan ma'nodadir.
Gidronim turli davrlarda turlicha nomlangan, qadimgi greklar Yaksarta deb nomlashgan. Bu eron tillarida «asl marvarid» degan ma'noni bildiradi.
Beruniy asarlarida Hasart shaklida tilga olinadi. Gidronimning hozirgi nomi XIII asrdan boshlab ishlatiladi. Pliniy Karpiniy va Asselin XIII asrda bu o'lkaga qilgan safarlarida daryo nomining izohi bilan qiziqadi. Ularga mahalliy xalq «Sari» yoki «Sariq daryo» deb javob beradi. Ye.Koychuboyev Sirdaryo «tez oqar», «tez daryo» deb izohlaydi.
Gidronimning izohini turkiy tillardan izlash haqiqatga yaqindir. Chunki daryo nomi Norin va Qoradaryoning qo'shilgan joyidan (Qirg'iziston) boshlanadi. Bu hudud qadimdan turkiy xalqlar bilan bog'liqdir.
Sixote-Alin-Rossiyaning Primore va Xabarovsk o'lkalaridagi tog'li o'lka. Nanay tilidagi sixte-«yel, qarag'ay», alin-«tog' tizmasi» so'zlaridan olingan bo'lib, «igna bargli o'rmon bilan qoplangan tog' tizmasi» degan ma'noni bildiradi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling