Geografiyada toponimika


Dunyoning siyosiy xaritasi va toponimika


Download 403.5 Kb.
bet7/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Dunyoning siyosiy xaritasi va toponimika

Dunyo siyosiy xaritasi turli tarixiy voqealar, siyosiy o'zgarishlar natijasida o'zgarib turadi. Bunday o'zgarishlar ayrim yangi nomlarni paydo bo'lishiga sabab bo'ladi.


Dunyo tarixida siyosiy xaritaning o'zgarishi bir necha bosqichlarga bo'linadi. Ayniqsa, ikkinchi jahon urishidan so'ng, XIX asrning 60-yillarida ko'plab mamlakatlarning ozodlikka erishishlari va nihoyat 90-yillarda bir qancha mustaqil davlatlarning paydo bo'lishi dunyo siyosiy xaritasiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Bu hodisa tabiiyki joy nomlarining o'zgarishiga ham sabab bo'ldi.
Yevropada Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, yagona Germaniya davlati paydo bo'ldi.
Chexoslovakiya ikkiga bo'lindi va Chexiya (poytaxti Praga) hamda Slovakiya (poytaxti Bratislava) davlatlari paydo bo'ldi.
Yugoslaviya parchalanib ketishi natijasiida Sloveniya (Lyubyana), Xorvatiya (Zagreb), Serbiya (Belgrad), Bosniya va Gersegovina (Sarayevo), Makedoniya (Skope) kabi mustaqil davlatlar paydo bo'ldi.
Yaman Arab Respublikasi va Yaman Xalq Demokratik Respublikasi yagona Yaman Arab Respublikasiga (Sana) birlashdi.
SSSR ning parchalanishi natijasida uning o'rnida Rossiya (Moskva), Estoniya (Tallin), Litva (Vilnyus), Latviya (Riga), Ukraina (Kiyev), Belorus (Minsk), Moldova (Kishinyov), Gruziya (Tbilisi), Ozarbayjon (Boku), Armaniston (Yerevan), Qozog'iston (Ostona), O'zbekiston (Toshkent), Qirg'iziston (Bishkek), Tojikiston (Dushanbe) va Turkmaniston (Ashgabad) mustaqil davlatlari paydo bo'ldi.
Sharqiy Yevropadagi davlatlarning nomlari quydagicha o'zgartirildi: Polsha Xalq Respublikasi–Polsha Respublikasi, Vengriya Xalq Respublikasi–Vengriya Respublikasi, Bolgariya Xalq Respublikasi–Bolgariya Respublikasi, Ruminiya Sosialistik Respublikasi–Ruminiya Respublikasi.
Bundan tashqari, Osiyodagi Birma davlati nomi Myanma, poytaxti Rangun shahri esa Yangon deb o'zgartirildi.
Kampuchiya o'zining avvalgi Kombodja nomini qayta tikladi.
Efiopiyadan Eritreya davlati ajralib chiqdi.
MDH hududidagi bir qancha shaharlar va boshqa ob'yektlarning nomi ham o'zgartirildi.




Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling