Geografiyada toponimika


Olimp-Gresiyadagi tog'lik. H.Hasanovning fikricha, qadimgi tillarda «tog'» ma'nosidagi so'z bo'lishi mumkin. Olmaota


Download 403.5 Kb.
bet34/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Olimp-Gresiyadagi tog'lik. H.Hasanovning fikricha, qadimgi tillarda «tog'» ma'nosidagi so'z bo'lishi mumkin.
Olmaota (Almati)-Qozog'istondagi eng yirik shahar. Qozoqcha Almati, ya'ni Olmaliq. Bu nom ikki xil izohlanadi: Olmati-«olma ko'p», «olmazor» ma'nosida; Olmatu-«olmali tog'», «Boburnoma»da ham Olmatu yozilgan. Demak Olmaota-«olmali joy» degani.
Oltoy-Osiyodagi tog' sistemasi. Nomning bir necha talqini bor: Oltan toy-«Oltin tog'», turkiycha Olatog'-«qorli tog'», ol, ola-«buyuk», «baland»; toy-«tog'», ya'ni «Buyuk tog'».
Olxon-Baykal ko'lida joylashgan orol. Buryat tilida «quruq», «iliq» degan ma'noni bildiradi. Yog'in-sochin kam bo'lganligidan shunday atalgan.
Omsk-Rossiyadagi shahar. 1716-yilda Om daryosi bo'yicha barpo etilgan. Om daryosi nomi mahalliy xalq tilida «tinch» degan ma'noni bildiradi.
Ontario-Shimoliy Amerikadagi Buyuk ko'llardan biri. Ko'l sohilida yashaydigan indeyeslar tilida «chiroyli ko'l» degan ma'noni beradi.
Oranjevaya-Janubiy Afrikadagi daryo. 1777-1779-yillari gollandiyalik polkovnik R.I.Gordon shu daryoni o'rganib, o'sha davrdagi Gollandiya hokimlaridan shahzoda Oranlar nomi bilan atagan. Lekin gollandiyalik kolonistlar dastlab bu daryoni Kay-Grib, ya'ni Katta daryo deb atagan edilar.

Orinoko-Venesuela va Kolumbiyadagi daryo. Hindularning tamanuk qabilasi tilida «katta daryo» degani.


Orkni-Atlantika okeanining janubiy qismidagi orollar. Ingliz tilida orkni-«Delfin» orollari degan so'z.
Osaka-Yaponiyaning yirik shaharlaridan biri. Shahar XIV asrdan ma'lum va yaponcha o-«katta», saka-«tepalik», ya'ni «katta tepalik» degan ma'noni bildiradi.
Osiyo-qit'a. Dastlab Gomer dostonlarida tilga olingan. Miloddan oldingi V asrda Gerodot asarlarida hozirgi Turkiyaning g'arbiy qismigina Osiyo deb ta'riflangan. Xullas, Osiyo nomi dastlab O'rta dengiz sohillariga taalluqli nom bo'lgan. Keyinchalik butun qit'a nomi Osiyo deb ataladigan bo'ldi. Osiyo osuri tilida asu-«kun chiqish tomon», «sharq» ma'nosida ishlatilgan.
Oslo-shahar, Norvegiya poytaxti. Shaharga 1048 -yili asos solingan. Lo daryosi mansabida joylashganligi uchun (os-«daryo quyarjoyi, mansabi», Lo-daryo nomi) Oslo deyilgan.
Ottava-shahar, Kanada poytaxti. Shaharga 1827-yilda asos solingan, 1854 yildan Ottava deb nomlanadi. Ottava shu nom bilan ataluvchi daryo bo'yida yashaydigan indeyeslar qabilasi nomi bo'lib, shahar shu daryo bo'yida joylashganligi uchun Ottava deyilgan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling