Geografiyada toponimika


Parij-shahar, Fransiya poytaxti. Miloddan avvalgi I asrdan Lyutiseya nomi bilan ma'lum. Parij-parizi qabilasi nomidan olingan. Parkent


Download 403.5 Kb.
bet36/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Parij-shahar, Fransiya poytaxti. Miloddan avvalgi I asrdan Lyutiseya nomi bilan ma'lum. Parij-parizi qabilasi nomidan olingan.
Parkent-Toshkent viloyatidagi tuman va shahar. Ushbu nom ma'nosi haqida turli farazlar bor. H.Hasanovning fikricha, Chirchiq daryosi qadimda Obi Parak deb yuritilgan. Aslida Parak bir irmoq bo'lib, uning yonida barpo etilgan Parakkent bora-bora Parkent bo'lib ketgan.
Pasxa oroli-Tinch okeanning janubi-sharqidagi orol. 1772-yili gollandlar tomonidan pasxa bayrami kunida kashf etilganligidan shunday atalgan.
Patagoniya-Janubiy Amerikadagi tabiiy o'lka. Portugalcha patagon-«jun oyoqlar» degan so'z. Magellanning hamrohlari shu sohil bo'ylab suzib ketayotganlarida baland bo'yli indeyeslar-dorozlar oyoqlariga mo'yna o'raganini ko'rishgan. Nomning boshqa bir talqini bor; mahalliy tilda «past tepaliklar» ma'nosida bo'lishi mumkin.
Pekin-shahar. Xitoy Xalq Respublikasining poytaxti. Shahar miloddan avvalgi II ming yillikdan buyon ma'lum. Xitoy tilida pey-«shimol», kin-«poytaxt», ya'ni «shimoliy poytaxt» degan so'z. O'rta Osiyoda u Xonbaliq, ya'ni «Xon shahri» nomi bilan yuritilgan.
Peloponnes-Gresiyaning janubidagi yarim orol. Podshoni yengib, yarim orolga ega bo'lgan afsonaviy qahramon Pelope ismidan olingan.
Penza-Rossiyadagi shahar. H.Hasanov bergan ma'lumotga ko'ra, pesok so'ziga dahldor bo'lib, «qumloq yer», «yumshoq yer» degan ma'nolarni beradi.
Pensilvaniya-AQShdagi shtat. Inglizlar Shimoliy Amerikani zabt etganlaridan keyin 1661-yilda uning bir qismini Vilyam Penn ismli amaldorga hadya qilgan. Bu yerda o'rmonlar ko'p (lotincha-silva-«o'rmon»), shundan Pensilvaniya-«Pennga qaram o'rmonli yer» degan nom kelib chiqqan.
Perm-Uraldagi shahar. Bu nomning ma'nosi aniq emas. Komi tilida parema-«me'ros yer», fin tilida parma-«tepalik o'rmon», «chekka» degan ma'nolarni beradi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra «perma» etnonimi ham bo'lgan.
Pert-Avstraliyaning g'arbida joylashgan yirik shahar. 1829 -yili G'arbiy Avstraliyada tashkil etilgan yangi koloniya yerlar gubernatori J.Murreyning ona shahri Pert nomi bilan atalgan. Pert-Shotlandiyadagi shaharcha nomi.
Peru-Janubiy Amerikaning g'arbiy qismidagi davlat. Ispan konkistadori P.Andagoya 1522-yili Biru (Peru) imperiyasi haqidagi dastlabki ma'lumotlarni bildirgan. Mahalliy indeyeslar tilida piru (biru)-«daryo» demakdir. 1543-yili kolonizatorlar Braziliya hududidan boshqa barcha Janubiy Amerika yerlarini Peru qirolligi deb e'lon qilishgan. 1821-yili esa mustaqil Peru davlati tashkil etildi.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling