Geografiyada toponimika


Reyn-G'arbiy Yevropadagi, asosan Germaniya hududidan oqib o'tib, Shimoliy dengizga quyiluvchi daryo. Antik davr olimlari Renus, Renos shaklida tilga olishgan. Qadimgi kelt tilida «oqar suv», «daryo» d


Download 403.5 Kb.
bet40/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Reyn-G'arbiy Yevropadagi, asosan Germaniya hududidan oqib o'tib, Shimoliy dengizga quyiluvchi daryo. Antik davr olimlari Renus, Renos shaklida tilga olishgan. Qadimgi kelt tilida «oqar suv», «daryo» demakdir.


Riga-shahar, Latviya davlatining poytaxti. Mahalliy tilda riga-«tirsak», «daryoning burilgan joyi» degan ma'noni beradi.
Rivera-O'rta dengiz bo'yidagi, Fransiya bilan Italiya chegarasidagi sohil. Fransuzcha Rivera-«dengiz bo'yi» degan so'z.
Rim-shahar, Italiyaning poytaxti. Asl nomi Rumo-hozirgi Tibr daryosi nomidan olingan. Daryo nomi esa uning qirg'oqlari bo'yida yashagan qadimgi rumo qabilasi nomidan olingan, deb hisoblanadi.
Rim-«abadiy shahar» degan ibora uning yasama nomidir. Uni «Bo'ri emizib katta qilgan bolalar-Ramul bilan Rem-miloddan 750-yil ilgari bunyod etgan» degan afsona ham to'qilgan. Arxeologlarning aniqlashicha, Rim shahri qurilishidan 500 yilcha avval uning o'rni ko'cha, yo'l va kanallar bo'lgan.
Rio-Grande-AQSH bilan Meksika chegarasidagi daryo. To'liq nomi Rio-Grande del-Norte bo'lib, ispancha rio-«daryo» grande-«katta», norte-«shimol», ya'ni «Shimoliy katta daryo» demakdir. Meksikada Rio-Bravo del Norte-«Shimoliy burqiragan daryo» deb ataladi.
Rio-de-Janeyro-Braziliyaning janubi-sharqidagi yirik shahar. 1502-yili 1-yanvarda Amerigo Vespuchchi bir daryoning qu-yilish qismi-ko'rfazga kiraverishda to'xtab, uni Rio-de-Janeyro-«Yanvar daryosi» deb atagan. 1565-yili esa bu yerda shahar barpo etilib, shu nom berildi. Shahar nomining kesik-qisqartirilgan shakli-Rio.
Rioni-Gruziyadagi daryo, Qora dengizga quyiladi. Svan tilida riyen-«katta suv», «katta daryo» degan ma'noni beradi.
Riu-Negru-Braziliyadagi daryo, Amazonka irmoqlaridan biri. Portugalcha «Qora daryo» degan so'z.
Rok-burun, Yevrosiyo materigining eng chekka g'arbiy nuqtasi. Portugalcha rok-«qoya» degan so'z, ya'ni «qoyali burun», «qoyali tosh».
Ross dengizi-Antarktida qirg'oqlaridagi dengiz, 1841-yili birinchi bo'lib ingliz dengizchisi Jeyms Klark Ross (1800-1862) tekshirgan va uning nomi berilgan.
Rostov-Don-Rossiyadagi, Don daryosi bo'yidagi shahar. Mitropolit Dmitriy Rostovskiy sharafiga qo'yilgan. Shaharga 1761-yilda asos solingan. Don daryosi nomi qo'shilganiga sabab Yaroslavl oblastida, Rosto ko'li bo'yida asl Rostov shahri joylashgan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling