Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sariq dengiz
- Saudiya Arabistoni
Sargosso dengizi-Atlantika okeanining Shimoliy Amerika qirg'oqlaridagi dengiz. Portugalcha sargaso-«uzum», ya'ni pufaksimon degan so'z. Dengiz shunday suvo'tlar bilan qalin qoplangan.
Sariog'och-Janubiy Qozog'istondagi shaharcha. Qaraqat, ya'ni barbaris daraxti qozoqcha sarag'osh deyiladi. Sarisuv-Qozog'istonning Qarag'anda, Qizilo'rda va janubiy Qozog'iston viloyatlaridan oqadigan daryo. Sarisuv «sariq suv», «loyqa suv» degan ma'noni bildiradi. Sariq dengiz-Xitoyning sharqidagi dengiz. Xuanxe daryosi kelib quyiladi va ko'plab loyqa keltiradi. Dengizga loyqa suvning rangi nisbat qilinib, Sariq dengiz deyilgan. Sariqamish botig'i-Xorazm vohasi va Qoraqum cho'li oralig'idagi botiq. Amudaryoning toshqin suvlaridan va tashlama suvlaridan botqoq ko'l, ko'lob qamishzor hosil bo'lgan. Shuning uchun «Sariqamish»-«loyqali qamishzor» degan ma'noni beradi. Saudiya Arabistoni-G'arbiy Osiyodagi-Arabiston yarim orolidagi davlat. 926-yilda shu yerda yagona davlat tuzgan ibn Saud nomi bilan «Saudiya yeri»-Saudiya deyilgan. 1932-yildan Saudiya Arabistoni deb ataladi. Saxalin-Rossiyaning Uzoq Sharqidagi yirik orol. Amur daryosining mahalliy nomi Saxalyan-ula, ya'ni «Qorasuv», yaqin joylashgan orol ham shunday atalgan. Sahroi Kabir-Afrikada joylashgan dunyodagi eng katta cho'l. Arabcha sahro-«cho'l», kabir-«katta» so'zlaridan olingan bo'lib, «Katta cho'l», «Ulug' cho'l» demakdir. Sayan-Janubiy Sibirdagi tog'li o'lka. Yenisey daryosining yuqori oqimida yashagan qadimiy turkiy xalq-sayan (sayon)lar nomi bilan bog'liq. Avval ushbu tog'li o'lkaning faqat g'arbiy qismi Sayan tizmasi deb atalar edi, keyinchalik Sayan nomi butun tog'li o'lkaga nisbatan qo'llaniladigan bo'lgan. Saydam–Xitoydagi cho'l. Turkiy-mo'g'ul tillarida say dam–“sho'rxok, botqoq yer” degan so'z. Tibet xalqlari tilida say va dam “sho'r” va “botqoq” ma'nolaridadir. Cho'lning tabiati–zamini shunday. Sektivkar-shahar, Rossiyadagi Komi Respublikasi poytaxti. Komi tilida sektav-Sisola daryosi, kar-«shahar», ya'ni «Sisola daryosi bo'yidagi shahar» degani. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling