Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet44/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Selenga-Mongoliya va Buryatiya hududidan oqib o'tib, Baykal ko'liga quyiluvchi daryo. Daryo nomi dastlab VI-VIII asr yozma manbalarida Selene shaklida tilga olingan. XVII asr manbalaridan esa Selenga ko'rinishida uchraydi. Evenklar tilida sele-«temir» ma'nosini bildiradi. Selenga daryosi vodiysi haqiqatdan ham temir rudasi zahiralariga boy, shunga asoslanib daryo nomi Selenga-«temir rudasi ko'p joy» ma'nosini beradi, deyish mumkin.


Sena-Parij shahri ichidan oqib o'tuvchi daryo. Daryo tekis joyda tinch oqqanligi sababli kelt tilidagi sogxan-«Tinch daryo» deb atalgan.
Senegal-Afrikaning g'arbidagi, Atlantika okeani sohillaridagi davlat. Ushbu nom daryo nomidan olingan. Daryo nomi esa uning qirg'oqlarida yashovchi senega qabilasi nomidan olingan.
Serbiya-Yevropadagi yosh mustaqil davlat. Serb xalqi nomidan olingan.
Seul-shahar, Janubiy Koreya poytaxti. Koreyscha siyegur-«bosh shahar» degan so'zdan olingan.
Sevan-Armanistondagi tog' ko'li. Qadimiy arman tilidagi sunia-«ko'k ko'l» degan so'zdan olingan. Ko'l bo'yidan topilgan, miloddan avvalgi I ming yillikka oid toshga o'yib yozilgan yozuvlar shundan dalolat beradi.
Severnaya Zemlya-Shimoliy Muz okeanidagi orollar to'dasi. 1913 -yili B.A.Vilkisskiyning gidrografik ekspedisiyasi a'zolari tomonidan kashf etilgan. Ruscha zemlya so'zi ilgari «orol», «yarim orol» ma'nosida ham ishlatilgan. Rossiyaning eng shimolidagi orollardan bo'lganligi uchun shunday atalgan. Bu nom ko'p tillarda tarjima qilinmasdan Severnaya Zemlya shaklida yoziladi.
Seyshel orollari-Hind okeanining g'arbiy qismidagi orollar. XVI asrda portugaliyalik dengizchilar kashf etgan. XVIII asrdan boshlab Fransiya bosh vaziri Mori Seyshel nomi bilan atalib kelinadi.
Sibir-Osiyo qit'asining shimoliy qismi. Qadimda Ural tog'lari bilan Irtish daryosi oralig'ida Sibir xonligi bo'lgan. Uning poytaxti hozigi Tobolsk shahri yaqinidagi Sibir shahri bo'lgan. Keyinchalik Uzoq Sharqqacha bo'lgan hudud Sibir hisoblangan. Bu so'zning izohi turlicha: shibir-«botqoq», «to'qayzor» so'zidan kelib chiqqan; ruscha sever-«shimol» so'zidan olingan degan taxminlar bor. Lekin YE.M. Pospelov ma'lumotlariga ko'ra, sibir (sabir) etnik guruhi (fin-ugor guruhiga mansub) nomi bilan bog'lanadi.
Sidney-Avstraliyadagi yirik shahar. 1788-yili ingliz mustamlakachilari tomonidan asos solingan. Ingliz amaldori, ichki ishlar vaziri lord Sidney sharafiga qo'yilgan.
Sierra-Leone-G'arbiy Afrikadagi davlat. Qirg'oqda shakli sherga o'xshash qoyani ko'rgan ispanlar bu davlatga Sierra-Leone (sierra-«tog'», «tizma», lion-«sher»), ya'ni «Sher tog'lari» deb nomlashgan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling