Geografiyada toponimika


Download 403.5 Kb.
bet47/67
Sana13.05.2023
Hajmi403.5 Kb.
#1456817
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67
Bog'liq
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov

Stanovoy tog'lari-Sharqiy Sibirdagi-Baykalortidagi tog' tizmasi. Ilgari Stanovoy tog'lari deyilganda Shimoliy Muz okeani va Tinch okean suvayirg'ichlari-Yablonovoy, Jugjur, Stanovoy tizmalari va Kolima tog'ligi tushunilar edi. Keyinchalik har bir tizma alohida nom bilan aytiladigan bo'ldi. G'arbiy Sibirdagi Uzoq Sharqqa o'tiladigan yo'ldagi asosiy tog' bo'lganligidan ruscha Stanovoy-«markaziy», «asosiy», «o'rtalik» tizma deb atalgan.
Stara-Planina-Bolgariyadagi tog'li o'lka. Dastlab e.a. VI asrda qadimgi yunon manbalarida Xemus («suvayirg'ich», «tog' tizmasi» ma'nosida) tarzida tilga olingan. Usmoniylar davrida Balkan («o'rmonli tog' tizmasi» ma'nosida) deb yuritilgan. Stara-Planina bolgar tilidagi stara-«eski», planina-«tog'», «tog' tizmasi» so'zlaridan olingan va «eski tog'lar» degan ma'noni bildiradi.
Stokgolm-shahar, Shvesiya poytaxti. XIII asrda Melarni ko'li va Baltika dengizi sohillarida bunyod etilgan. Shved tilida xolm-«orol», stok-«tor ko'rfaz (qo'ltiq)», demak «tor ko'rfazdagi orol» degani.
Stromboli-Sisiliya orolining shimolidagi, vulkan otilishidan hosil bo'lgan orol. Grekcha strongulos-«dumaloq» so'zidan olingan bo'lib, vulkanning shakli xalqa, chambarakka o'xshaganligi uchun shunday nomlangan. Vulkanlarning stromboli tipi ham ajratiladi.
Stenli sharsharasi-Kongo daryosidagi sharsharalardan biri. Amerikalik sayyoh Genri Stenli (XIX asr) ismi bilan aytilgan.
Sudan-Shimoli-sharqiy Afrikadagi davlat. Ilgari Angliya-Misr Sudani deb yuritilar edi. 1956-yili mustaqillikka erishgach Sudan deb atala boshladi. Aholisi qora tanlilar bo'lganligidan sudan-«qora» (tanli)lar deyilgan.
Sukre-Boliviyadagi shahar. 1538-yili ispan konkistadorlari tomonidan mahalliy indeyeslar qishlog'i o'rnida barpo etilgan va La-Plata («kumush») deb atalgan. Boliviya mustaqillikka erishgach, 1839-yili shahar Sukre deb o'zgartirildi. Bu 1810-1826-yillarda Janubiy Amerikada olib borilgan milliy ozodlik kurashining qahramoni general Antonio Xose Sukre sharafiga qo'yilgan. General Antonio Xose Sukre (1795-1830) Boliviya davlatining asoschilaridan biri, 1826-1828-yillari esa Boliviya davlatining prezidenti bo'lgan.
Sulavesi-Indoneziyadagi (Katta Zond orollari) orollardan biri. Yevropaliklar 1538 -yili kashf etib, uni Selebes deb nomlashgan. 1945-yili Indoneziya mustaqillikka erishgach, Sulavesi deb o'zgartirildi. Ushbu nom shu orolda yashaydigan mahalliy sula xalqi nomidan olingan.
Sumatra-Indoneziyadagi (Katta Zond orollari) orollardan biri. XIV asrda shu yerda barpo etilgan Samudra davlati nomidan olingan. Samudra qadimgi hind tilida «dengiz mamlakati» degan ma'noni bildiradi. Samudra keyinchalik Sumatra bo'lib ketgan.
Sumgait-Ozarbayjondagi shahar, Apsheron yarim orolida joylashgan. Shahar nomi Sumgait daryosi nomidan olingan. Sumgait qadimiy turkiy qabilalardan bo'lgan sukaitlar nomidan kelib chiqqan.

Download 403.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling