Geografiyada toponimika
Download 403.5 Kb.
|
Geografiyada toponimika. M.T.Mirakmalov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Surxondaryo
- Tabriz
- Takla-Makon
- Tallimarjon
- Tanganika
Surxob-Tojikistondagi daryo. Surxob Obixingov daryosi bilan qo'shilgach, Vaxsh daryosi hosil bo'ladi. Gidronim tojikcha Surx-«qizil» va ob-«suv» so'zlaridan tashkil topgan. Daryoning yuqori oqimida qirg'izlar uni Qizilsuv deb atadilar. Demak, daryoning turkiy nomi asosida tojikcha Surxob (qizil suv) nomi aynan tarjima qilish (kalkalash) natijasida paydo bo'lgan.Surxondaryo-Amudaryoning o'ng irmog'i. Gidronimning eron tillaridagi Surx-«qizil» so'zi bilan bog'laydilar. E.Murzayevning fikricha, Surxon-«qizg'ish», «qizilroq» degan ma'noni bildiradi. Ammo-on qo'shimchasi sifatlarga qo'shilishi shubhalidir. Qadimgi yozma manbalarda gidronim Chag'andur shaklida uchraydi. Surxondaryo viloyati va Surxon vohasi nomlari daryo nomi asosida vujudga kelgan. Svazilend-Afrikaning janubiy qismidagi davlat. Aholining 90 % idan ortig'ini tashkil qilgan svazi xalqi nomidan olingan va inglizcha lend-«o'lka» bilan Svazilend, ya'ni «svazi xalqi o'lkasi» nomi hosil bo'lgan. Syurix–Shveysariyadagi shahar. Dastlab 929-yili qadimgi rimliklarning Turikum qishlog'i sifatida tilga olingan. Turikum–keltcha “suv bo'yidagi qishloq” degani. Keyinchalik german qabilalari talaffuzida o'zgarishga uchrab “Syurix” bo'lib kelgan. Tabriz-Erondagi shahar. Qadimda Eronning shimoli-g'arbida yashagan tapur (tepur, teber) etnik guruhi nomidan olingan. Tailand-Janubiy-G'arbiy Osiyodagi davlat. Tai-xalq nomi bo'lib, «ozod» degan ma'noni bildiradi, land-inglizcha «mamlakat» demakdir, ya'ni Tailand-«Tai xalqi mamlakati». 1939-yilgacha Saim deb atalgan, siam-shu yerda yashovchi xalqlardan biri. Takla-Makon-Xitoyning g'arbidagi cho'l. Ushbu nom turkiy tildagi Tarkli makon, ya'ni «tashlangan yer (tashlab ketilgan yer)» so'zidan kelib chiqqan. Qadimiy shaharlarni, ekinzorlarni qum bosib qolgach, aholi bu yerlani tashlab ketgan. Keyinchalik talaffuzda «Takla-Makon» bo'lib ketgan. Tallimarjon-O’rta Osiyodagi suv ombori, shaharcha va temir yo'l stansiyasi. Tal-«tepalik», lekin marjon so'zining aniq izohi yo'q. Shu yerdan qimmatbaho buyumlar topilgan emish, bu bir qizning ismi emish, degan rivoyatlar bor. H.Hasanovning yozishicha, agar marjon o'rnida moron bo'lsa, «Ilonli tepa» degan ma'no kelib chiqadi. Tallin-shahar, Estoniya poytaxti. Dastlab yozma manbalarda 1154 -yili tilgan olingan, lekin IX-X asrlarda shahar o'rnida estonlarning qishlog'i mavjud bo'lganligini arxeologik manbalar ko'rsatdi. Dastlab shahar Kolaven, keyinchalik Revel deb nomlangan. XIII asrda shaharni daniyaliklar bosib olgan va ular shahar o'rnida qal'a qurishgan. Shuning uchun estonlar uni Tallin (estoncha taani linn-«Dan shahri», ya'ni «daniyaliklar shahri») deb nomlashgan. Tanganika-Sharqiy Afrikadagi ko'l. Mahalliy xalq tilidagi tonga-«ko'l», nika-«savanna» so'zlaridan olingan bo'lib, «savannadagi ko'l» deb talqin qilinadi. Tangritog'-1) Tyanshanning mahalliy asl nomi: Tangri-«yuksak», «osmon» degan so'z ; 2) Tyanshanning markaziy qismidagi bir tizma hozir ham shunday ataladi. Tanzaniya-Afrikaning sharqidagi davlat. 1964 yilning aprelida Tanganika va Zanzibar davlatlarining qo'shilishidan paydo bo'lgan. Har ikkala davlatning bosh bo'g'inlariga –iya suffiksi qo'shilishi bilan Tanzaniya hosil bo'lgan. Download 403.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling