Geografiyani o'qitish jarayonida boshlang'ich sinf o'quvchilarining moddiy dunyoqarash asoslarini shakllantirish
Download 206.09 Kb.
|
GEOGRAFIYANI O\'QITISH JARAYONIDA BOSHLANG\'ICH SINF O\'QUVCHILARINING MODDIY DUNYOQARASH
GEOGRAFIYANI O'QITISH JARAYONIDA BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARINING MODDIY DUNYOQARASH ASOSLARINI SHAKLLANTIRISHHozirgi zamon pedagogikasida o`qituvchining faoliyati hamda o`quvchilar bilish faoliyatining xarakteri didaktik tamoyillar bilan belgilanadi. Quyida tabiatshunoslikni o`qitishda foydalaniladigan didaktik tamoyillar keltirildi. O`qitishda muntazamlilik va izchillilik tamoyili o`qitishni shunday tashkil etishni talab etadiki, bunda o`quv fanlarini o`qitish qat`iy mantiqiy tartibda olib boriladi. O`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarni izchillik bilan egallab boradilar va ayni zamonda amaliy vazifalarni hal qilish uchun ulardan foydalanishni o`rganadilar. Muntazamlilik va izchillik tamoyili o`quv jarayonining hamma bo`g`inlarida amalga oshiriladi. Uning talablari darsliklar va dasturlarni tuzishda o`z aksini topadi. O`quv dasturida nazariy va Amaliy mashg`ulotlarning bir-biriga uzviy bog`lanishi saqlanishi kerak. Har bir darsda o`quv maqsadini aniq belgilash va belgilangan maqsadga muvofiq keluvchi mazmunini tarkib toptirish lozim. Tabiat haqida juda ko`plab ma`lumotlardan kichik yoshdagi maktab o`quvchilari uchun tabiatdagi mavsumiy o`zgarishlarni, Vatanimiz tabiatining xilma-xilligi, jonajon o`lka tabiatini va boshqalarni ochib beruvchi, ta`lim-tarbiyaviy jihatdan ancha qimmatli o`quv materiali tanlanadi.
Download 206.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling