Panorama” elektron kartalar tizimi. „Panorama” geodeziyaning amaliy masalalarini hal qilishga moʻljallangan dastur hisoblanadi. Bu dastur yordamida raqamli va elektron kartalarni yaratish hamda ularni qayta ishlash mumkin. Bu dasturning boshqa dasturlardan qulayligi GPS va elektron taxeometrlardan olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda boʻlsa, noqulayliklaridan biri – dastur yordamida fazoviy tahlil ishlarini bajarib boʻlmasligidir.
Bu dastur yordamida:
kartografik ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;
atribut ma’lumotlar bazasini tashkil qilish;
kartografik va atribut ma’lumotlar bazasi orasidagi oʻzaro aloqani oʻrnatish va ta’minlash;
klassifikator va izlab topish uchun qulay boʻlgan ma’lumotlar bazasini yaratish;
hisobot va tahliliy ma’lumotlarni toʻplash hamda ularni bosmaga chiqarish kabi amallarni bajarish mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari, dastur yordamida joyning uch oʻlchamli tasviri hosil qilinib, bevosita real hayotdagidek navigatsiya qilish va bu dastur orqali boshqa GAT dasturida hosil qilingan ma’lumotlarni oʻzgartirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |