Geoiqtisodiyot


Download 26.17 Kb.
Pdf ko'rish
Sana22.04.2023
Hajmi26.17 Kb.
#1378545
Bog'liq
Geoiqtisodiyot - Vikipediya



Geoiqtisodiyot
Geoiqtisodiyot - davlatning xalqaro maydonda iqtisodiy strategiya va taktikasini
shakllantiradigan amaliy faoliyatini oʻrganadigan fan tarmogʻi. G. geosiyosat bilan uzviy bogʻliq.
G. aniq bir sharoitlarda siyosiy, geografik, iqtisodiy, harbiy, eko-logik va boshqa omillar
uygʻunligini tahlil qilish orqali xalqning turmush darajasi, mamlakatning ishlab chiqarish potensi-
ali, strategik zaxiralar, boshqa davlatlar bilan iqtisodiy aloqalar kabi iqtisodiy omillarni ustivor
oʻrganadi. Shuningdek, demografik va eko-logik omillar (aholi tarkibi va zichligi, uning oʻsish
surʼatlari, Yer sayyorasining cheklangan resurslariga demografik bosim, xom ashyo zaxiralarining
kamayishi va boshqalar)ni tadqiq tgish ham G. fani predmetiga kiradi. Bu jami omillarning amal
qilishi va taʼsiri mamlakatning geografik holati, uning tabiiy resurslari va iqlim sharoitlari bilan
bogʻliq holda oʻrganiladi.
Mamlakat taraqqiyoti ehtiyojlari va milliy-davlat manfaatlariga javob beradigan strategiyani
ishlab chiqishda gsosiyosiy va geoiqtisodiy omillar hisobga olinadi. Geoiqtisodiy siyo-satdagi
asoyeiy masala jahon bozorlarida millin iqtisodiyotning raqobat-bardoshliligini oshirishga imkon
bsradigan sharoitlar yaratishdan davlatning manfaatdorligi hisoblanadi.
"G" atamasi birinchi marta AQShda 1980-yillar oxirida idmiy muomalaga kiritilli. Bu tushunchaning
"geosiye-siy iqtisodiyot", "xalqaro siyosiy iqtisod", "sissiy-iqtisodiy gsogra-fiya" va boshqa
taʼriflari ham bor.
Birinchi geoiqtisodiy tadqiqotlar 1920—30 yilda Yaponiya va Germaniyada paydo boʻldi va bu
tadqiqotlar shu mamlakatlarning hukmron doiralari tomonidan oʻz hayotiy makopini kengaytirish
va jahonga hukmronlik daʼvolarini asoslashga xizmat qildi. 1970-yillarda buyuk ikki davlat —
SSSR va AQSH oʻrtasidagi oʻzaro ziddiyatlarning kuchayishi G.ning keyingi rivojlanishida yangi
bosqich ochdi. Bu davrda G. savdo urushlari, bozorlar uchun kurash; kapital va kishilarning
mamlakatlararo koʻchishi bilan bogʻliq boʻlgan toʻsiqtar; harbiy sarf-xarajatlar kjining oʻsishi;
byudjet taqchilligi; inflyatsiya va boshqa muammolar b-i shugʻullandi. G. oʻrganadigan muam-
molar doirasi rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlar, markaz va chekka hududlar oʻrtasidagi


ziddiyatlarni ham qamradi. Mustamlakachilikdan ozod boʻlgan davlatlar yangi jahon iqtisodiy
tartibini shakllantirishga hara-kat qildilar. Ular rivojlangan mamlakatlar bilan oʻz munosabatlarida
tub oʻzgarishlarni amalga oshirish toʻgʻrisida koʻpdan-koʻp takliflar bilan chiq-dilar. Bu takliflarda
rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy oʻsishini jadaldashtirish va resurslarni jahon
xoʻjaligining chekka hududlari foydasiga qayta taqsimlash masalalari kun tartibiga qoʻyildi.
"Sovuq urush"ning tugashi, sobiq Itgifoqning inqirozi bilan 1990-yillar boshlarida geosissiy va
geoiqtisodiy kuchlar nisbatlari va joylashuvi tubdan oʻzgardi, jahonda ikki qutblilikdan koʻp qutbli
dunyo sari harakat boshlandi. Hozirgi davrda AQSH hamon eng qudratli davlat boʻlib qolayotgan
sharo-itlarda jahon iqtisodiy rivojlani-shining asosiy yoʻnalishi koʻpdan-koʻp iqtisodiy
markazlarning yuzaga ksli-shidap, jahon iqtisodiy tizimining poliiyentrizmga oʻtishidan va ayni
paytda yangi geoiqtisodiy ziddiyatlar-ning yuzaga kelishidan (mas, Kaspiy dspgizi nsfti
masalasida Ozarbayjon, Kozogiston, Eron, AQSH, Turkiya man-faatlari toʻqnashuvi) iborat.
Ekspertlarning maʼlumotlari boʻyicha 21-asrda jahon iqtisodiy tizimi 6 asosiy markaz — AQSH,
Yevropa, Xitoy, Yaponiya, Rossiya, Hindiston, shuningdek, koʻpgina oʻrta va kichik davlatlardan
tashkil topadi.
Jahon iqtisodiyotidagi bu yoʻpalishga gaʼsir koʻrsatadigan muhim geoiqtisodiy omil —
globallashuv jarayonlaridir. Milliy iqtisodiyoglar oʻrtasida oʻzaro aloqadorlik va bogʻdiqlikning
kuchayishi, xoʻjalik integratsiyasi iqtisodiy taraqqiyotning turli bosqichlarida koʻplab davlatlar va
mintaqalarni turli darajadagi jadallikda sivilizatsiya taraqqistining umumiy oqimiga tortadi.
Ularning soni tobora ortib boradi. Koʻpgina mamdakatlarda iqtisodiy va siyosiy hayotda yuz
berayotgap erkinliklar yagona jahon iqtisodiy, axborot, kommunikatsion va madaniy makonning
shakllanishi imkoniyatlarini ochadi.
G.da hukumatlar bilan bir qatorda, transmilliy korporatsiya (TMK) va transmilliy banklar (TMB),
xalqaro moliyaviy tashkilsgglar faoliyati ham muhim rol oʻynaydi. TMK va TMB — bir tomondan
ilgʻor texnologiyalar, boshqaruv, ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi shakllarining qaror
topishita, mamlakat iqtisodiy rivojlanishi surʼatlari va darajasini koʻtarishga yordam beradi.
Ikkinchi tomondan, ular koʻpincha bu mamlakatlarning rivojlanishida nomutanosiolikni kuchai-
tiradi, chunki ular birinchi navbat-da, asosan, chet el kapitali va tashqi bozorga moʻljallangan
ayrim tarmoqlar va korxonalarni rivojlantirishga yordam koʻrsatadi.
21-asr boshida Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish strategiyasini shakllantirish uning
geosiyosiy va geo-iqtisodiy manfaatlariga asoslanadi. Geoiqtisodiy muammolarni hal qilishda
qoʻshni mamlakatlar bilan mus-tahkam iqtisodiy integratsiya birinchi darajali ahamiyat kasb
etadi. Shuningdek, Yevropa va Osiyodagi mamla-katlar bilan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo
aloqalarini yanada rivojlantirish, Oʻzbekistonning toʻla ququqli aʼzo sifatida Jahon savdo
tashkilo-tiga aʼzo boʻlib kirishi ham muhim oʻrinda turadi (yana q. 
Markaziy Osiyo hamkorligi
tashkiloti

Yevroosiyo iqtisodiy hamjamiyati
).

Download 26.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling