Geologiya-geografiya fakulteti geografiya kafedrasi jahon geografiyasi


BRAZILIYANING GEOGRAFIK O’RNI, TABIATI VA TABIIY RESURSLARI


Download 249.13 Kb.
bet2/9
Sana06.11.2021
Hajmi249.13 Kb.
#171130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
braziliya kurs ishi

1. BRAZILIYANING GEOGRAFIK O’RNI, TABIATI VA TABIIY RESURSLARI

1.1.BRAZILIYANING GEOGRAFIK O‘RNI, MAYDONI, CHEGARALARI, SHAKLLANISH TARIXI VA MA’MURIY BO‘LINISHI



Braziliya, rasmiy nomi Braziliya Federativ Respublikasi (par. Brasil yoki República Federativa do Brasil) — Janubiy Amerikadagi eng katta va aholisi eng koʻp boʻlgan mamlakat boʻlib, ham aholi soni, ham maydoni jihatidan dunyoda beshinchi oʻrinni egallaydi. Maydoni 8512 ming km2. Aholisi 192,376,496 kishi (2012). U Janubiy Amerika markazidan to Atlantika okeaniga qadar yoyilgan hududni egallab Amerikalarning „eng sharqiy“ mamlakatidir. U bilan chegaradosh mamlakatlar: Urugvay, Argentina, Paragvay, Boliviya, Peru, Kolumbiya, Venesuela, Guyana, Suriname va Fransuz Giyanasining fransuz qismi. Aniqrogʻi, u Ekvador va Chilidan tashqari, Janubiy Amerikaning har bir davlati bilan chegaradosh. Nomi, dastlabki kolonistlar tomonidan juda qadrlangan, Braziliya daraxtidan(pau-brasil) kelib chiqqan. Dastlab Portugaliyaning sobiq koloniyasi boʻlganidan, uning davlat tili Portugal tilidir. Poytaxti — Brazilia shahri. BMT aʼzosi.

Tarixi. Braziliya hududida insonning paydo boʻlishi neolit davriga toʻgʻri keladi. 16-a.gacha Braziliyada bir necha yirik indeys qabilalari yashagan. Ular koʻchmanchi hayot kechirgan, tupiguarani qabilasigina oʻtroq yashagan. Indeys qabilalari ovchilik, baliqchilik bilan bir qatorda dehqonchilik ham qilishgan. 16-asr boshlarida tupiguarani jamoalarida mulkiy boʻlinish davri boshlangan. 1500 yil aprelda Portugaliya lik dengizchi P. Kabral Braziliya qirgʻoqlariga bordi va yangi yer ochganligini va u Portugaliyaga qarashliligini eʼlon qildi. Kabral sayohatidan 10 yil keyin portugallar Braziliyadan qimmatbaho qizil daraxt — „brazil“ni (Braziliya nomi ham shunday kelib chiqqan) jahon bozorlariga olib borib sota boshladilar. Braziliya kashf etilgach, u uzoq vaqt Portugaliya bilan Fransiya oʻrtasida talash boʻlib keldi, 1516 yildagina bu mojaro Portugaliya foydasiga hal boʻldi. 1532—36 y.larda Braziliya qirgʻoq joylari kapitanlik deb ataladigan 13 maʼmuriy hududga boʻlindi. 1549 y. Braziliyaning asosiy shahri boʻlgan Baiya (hoz. Salvador)da gubernatorlik tashkil etildi. 16-asrning 70-yillaridan boshlab portugallar Afrika qitʼasidan keltirilgan koʻplab negrlarni qul qilib sota boshladi; qullar plantatsiyalarda ishlatilardi. Braziliyada portugallar zulmiga qarshi milliy ozodlik kurashlari uzoqdavom etdi. 1720 yilda Minas-Jerays viloyatida Felipi dus Santus boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarildi. 1797 yil Baiya viloyatida milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1807 yil Portugaliyaga Napoleon qoʻshinlari bostirib kirgach, Portugaliya qiroli RiodeJaneyroga qochib ketdi. Braziliya monarxiya markaziga aylandi (1808—21). 1820 yilgi Portugaliya burjua inqilobi Braziliyada mustaqillik uchun kurashning yanada avj olishiga sabab boʻldi. 1822 yil 7 sentabrda Braziliya mustaqil imperiya deb eʼlon qilindi. 1888 yil Braziliyada quldorlik bekor etildi. 1889 yil monarxiya tugatilib, Braziliya federativ respublika deb eʼlon qilindi. 19-asrning oxiri va 20-asr boshlarida Braziliyaga chet el sarmoyasi, xususan AQSH monopoliyalari kirib kela boshlagach, sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlana boshladi. 1-jahon urushi davrida Braziliya Antanta tomonida turib urushga kirdi. 20-yillar Braziliya xalq ommasining demokratik erkinliklar uchun kurash yillari boʻldi. 1924 yilda Braziliyaning barcha shtatlarida qoʻzgʻolonlar koʻtarildi. 1930 yilgi davlat toʻntarishi natijasida J. Vargas hokimiyat tepasiga keldi. Uning hukmronligi yillarida demokratik va taraqqiyparvar kuchlarga qarshi kurash boshlanib, mamlakatning AQShga iqtisodiy va siyosiy qaramligi kuchaydi. 1942 yil avgustda Germaniyaga qarshi mamlakatlar tomonida turib 2-jahon urushiga kirdi. Fashistlar Germaniyasining tormor etilishi Braziliyada demokratik harakatni kuchaytirdi. 1945 yil oktabrda yangi davlat toʻntarishi boʻlib, harbiy diktatura oʻrnatildi. 1946 yil general E. G. Dutra hukumat boshligʻi boʻldi. 1950 yilgi prezident saylovida yana J. Vargas prezidentlikka saylandi. 1953—54 yillarda hukumat xalq ommasi talabi bilan neft sanoatini davlat qoʻliga oldi va ishchilarning ish haqini bir oz oshirdi. Hukumatning bu tadbiri Braziliya reaksion doiralarining yangidan bosh koʻtarishiga olib keldi. Bundan qoʻrqqan Vargas 1954 yil 21 avgustda oʻzini otib oʻldirdi.

1955 yil sentabr oyidagi prezident saylovida hokimiyat tepasiga sotsialdemokratik partiyaning vakili J. Kubichek keldi. Kubichekning prezidentlik davri (1956—60)da, bir tomondan Braziliya iqtisodiyotiga chet el sarmoyasining koʻplab kirib kelishiga yoʻl ochilgan boʻlsa, ikkinchi tomondan, Braziliyaning iqtisodiy mustaqilligini taʼminlovchi qator tadbirlar oʻtkazildi, neftni davlat monopoliyasiga aylantirish uchun kurashildi, AQShga atom xom ashyolari sotish haqidagi shartnoma bekor qilindi. 1960 yilgi saylovda Xristiandemokratik partiya va Milliy demokratik ittifoq blokining nomzodi J. Kuadros prezidentlikka saylandi. 1961 yil avgustda Kuadros reaksion kuchlar tazyiqi bilan isteʼfo berishga majbur boʻldi. 1961 yil 7 sentabrda J. Gulart prezidentlik lavozimini egalladi.



1964 yil aprelda yangi davlat toʻntarishi oʻtkazilib, marshal Umberto Kastelo Branko hokimiyat tepasiga keldi. Branko hukumati Gulart hukumati oʻtkazgan barcha ilgʻor tadbirlarni bekor qildi; 1967 yil mart oyida marshal Artur da KostaeSilva prezident qilib saylandi. Uning hukumati mamlakatdagi siyosiy tanglikdan qoʻrqib milliy xavfsizlik haqida qonun qabul qildi va juda keng vakolatlarga ega boʻlgan Milliy xavfsizlik kengashini tashkil etdi. Umuman 1985 y.gacha Braziliyada hokimiyat harbiylar qoʻlida boʻddi. 1994 yilda saylangan prezident Fernandu Enriki Kardozu 1995 yil 1 yanvarda oʻz lavozimini ijro etishga kirishdi. Braziliya— 1945 yildan BMT aʼzosi. OʻzR bilan diplomatiya munosabatlarini 1993 yil 30 aprelda oʻrnatgan. Braziliyaning milliy bayrami — 7 sentabr— Mustaqillik eʼlon qilingan kun (1822).


Download 249.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling