Geologiya-geografiya fakulteti geografiya kafedrasi jahon geografiyasi


Braziliyaning ma’muriy-hududiy xaritasi


Download 249.13 Kb.
bet4/9
Sana06.11.2021
Hajmi249.13 Kb.
#171130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
braziliya kurs ishi

Braziliyaning ma’muriy-hududiy xaritasi.

Umumiy ma’lumotlar

Poytaxt

Brazilia

Rasmiy til(lar)




Hukumat

Prezidentlik Respublika

 • 

Prezident

 

Dilma Rousseff




Mustaqillik

 

Portugaliyadan

 • 

Sana

 

7 sentabr 1822




Maydon

 

 • Butun

8,511,965 km² (5-o’rin)

 • Suv (%)




Aholi

 

 • 2002 roʻyxat

192,376,496 kishi (2012). (5- oʻrin)

 • Zichlik

21/km²

YaIM (XQT)

2010- yil roʻyxati

 • Butun

AQSh$1,568,000 mil. (9-)

 • Jon boshiga

AQSh$8,425

Pul birligi

Brazilian Real (BRL)

1.2. BRAZILIYANING TABIATI VA TABIIY RESURSLARI

Tabiati. Braziliyada Atlantika okeani sohili boʻylab koʻpdankoʻp qoʻltiqlar va koʻrfazlar uchraydi. Mamlakat hududining yarmidan koʻprogʻini Braziliya yassitogʻligi ishgʻol etgan (eng baland nuqtasi Bandeyra togʻi, 2890 m); oʻrtacha balandligi 600— 800 m boʻlgan bu togʻlik Braziliyaning janubi-sharq va janub tomonlarini egallab yotadi. Braziliya shimolida Gviana yassitogʻligi joylashgan. Shu yassitogʻliklar orasida keng Amazonka payettekisligi bor. Mamlakatning janubiy va janubi-gʻarbiga Laplata pasttekisligining bir qismi kirib kelib, okean sohilida kambar payettekislikni hosil qiladi.

Foydali qazilmalari. Braziliyada polimetall, oltin, temir rudasi, nodir metallar, marganes rudasi, boksit, neft, toshkoʻmir, tuz konlari va boshqa konlar bor. Mamlakat hududining bepoyonligi va geologik tuzilishining xususiyatlari uning xilma-xil foydali qazilmalar bilan ta’minlanishiga zamin yaratadi. Mamlakat temir rudalari,simob, niobiy, berilliy, appatit, boksit, oltin, marganes va asbest zaxiralari bo’yicha dunyoda oldingi o’rinlarda turadi. Shuningdek, mamlakat titan, kobalt, volfram, fosforit, uran, magnezit, mis, nikel, molibden, xromit, olmos, toshko’mir, yonuvchi slanes va boshqalarning katta zaxiralariga ega.Toshko’mir konlarining umumiy zaxirasi 12 mlrd tonna bo’lib, asosan mamlakatning janubiy Rio-Grande-du-Sul, Santa-Katarina, Parana hamda shimolda Amazoniya havzasida joylashgan.

Braziliya temir ruda zaxirasi va uning eksporti bo’yicha dunyoda 1-o’rinda turadi. Mamlakatning Para shtatidagi Karajas temir ruda koni dunyoda eng yirik temir ruda koni bo’lib, uning zaxirasi 18 mlrd tonna deb baholanmoqda. Shuningdek, temir rudasi Minas-Jerays shtatidan hamda Boliviya va Paragvay bilan chegaradosh qismidan ham qazib olinadi. Boksitning yirik konlari mamlakat shimolidagi Amazoniyada topilgan.



Iqlimi. Braziliya iqlimi ekvatorial, issiq va nam. Oʻrtacha oylik harorati 16—29 °C. Amazonka payettekisligida yiliga 2000—3000 mm, togʻ yon bagʻirlarida 1500—2000 mm, sohilda 3000 mm, tog tepalarida esa 500 mm yogʻin yogʻadi. Braziliyada daryo juda koʻp. Eng yirik daryolari: Amazonka, Parana, San-Fransisku, Urugvay. Amazonka va uning gʻarbiy irmoqlarida kema qatnaydi.

Oʻrmonlari. Braziliyada nam tropik oʻrmonlar (gileya yoki selvaslar), tropik dashtlarda savanna oʻrmonlari (kampos), qizil laterit tuproqlarda oʻsadigan oʻrmonlar koʻp tarqalgan. Braziliya qattiq yogʻochli daraxtlar zaxirasi boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Umuman mamlakat hududining 60 % oʻrmonlar bilan qoplangan. Botqoqlik koʻp. Hayvonlardan chumolixoʻr, zirhlilar, yoldor boʻri, nandu tuyaqushi, har xil kemiruvchilar, parrandalar, sudralib yuruvchilar va hasharotlar koʻp uchraydi. Braziliya hududida Iguasu, Itatiaya, Paulu-Afonsu, Serradus-Organs kabi yirik milliy bogʻlar va bir necha qo’riqxonalar bor.

2. 2. BRAZILIYANING AHOLISI VA XO‘JALIGI, SIYOSIY, IQTISODIY VA IJTIMOIY GEOGRAFIK XUSUSIYATLARI

2. 1. AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI

Braziliya ulkan aholi salohiyatiga ega mamlakat. Mamlakat aholisi Lotin Amerikasi jami aholisining taxminan 1/3 qismini tashkil etadi. Aholisining umumiy soni 192,376,496 kishi bo’lib, dunyoda 5-o’rinda turadi. Braziliya millati murakkab etnik tarkibi bilan ajralib turadi. Jumladan mamlakt aholisi bo’lgan mahalliy aholi indeyeslar bilan afrikalik negrlar va yevropalik muxojirlarning aralashuvidan hosil bo’lgan. Tub joy aholisi indeyslar mamlakat aholisining 10% ga yaqinini tashkil etadi, ular asosan Amazoniyaning ichki rayonlarida yashaydi. Mamlakat aholisi hududlar bo’ylab notekis taqsimlangan bo’lib, aholining o’rtacha zichligi 1 km ga 21 kishidan to’g’ri keladi. Braziliya aholisining asosiy qismi (95 % dan koʻprogʻi) brazillar. Braziliyada Yevropa va Osiyo mamlakatlaridan kelgan bir necha million kishi, jumladan olonlar, italyanlar, portugallar, yaponlar, ispanlar, polyaklar, livanliklar, suriyaliklar ham yashaydi. Tub joy xalqi — indeyslar koʻplab qirib yuborilgan, bir qismi boshqa xalqlar bilan qorishib ketgan. Omon qolgan indeys qabilalari mamlakat ichkarisidati xilvat joylarda yashaydi. Shahar aholisi 75,5 %ni tashkil qiladi. Davlat tili — portugal tili. Dindorlar asosan katoliklardir. Eng yirik shaharlari: San-Paulu, Riode-Janeyro, Belu-Orizonti, Resifi, Portu-Alegri, Salvador, Fortaleza, Kuritiba, Belen, Brazilia, Kampus, Niteroy, Manaus.


Download 249.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling