Geologiya-geografiya fakulteti geografiya kafedrasi jahon geografiyasi


Download 249.13 Kb.
bet5/9
Sana06.11.2021
Hajmi249.13 Kb.
#171130
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
braziliya kurs ishi

2. 2. XO‘JALIGI

Xoʻjaligi. Braziliya sanoatlashgan-agrar mamlakat. Iqtisodiy salohiyati va tabiiy zaxiralari jihatidan Lotin Amerikasida yetakchi oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoat ulushi 30,3 %, qishloq, oʻrmon xoʻjaligi va baliqchilik 10,8 % ni tashkil etadi. 2-jahon urushidan keyin Braziliya iqtisodiyotida sanoatni rivojlantirish va umuman xoʻjalikni industriya asosida taraqqiy ettirish yoʻlida tuzilmaviy siljishlar roʻy berdi. 60-yillardan boshlab milliy mahsulotda sanoatning ulushi qishloq xo’jaligidan oshib keta boshladi. Braziliya so‘nggi o‘n yillikda iqtisodiyotni rivojlantirishda dadil qadam tashladi. YAlpi mahsulot ishlab chiqarishda Braziliya dunyoda birinchi o‘nlik mamlakatlariga kiradi. Bu mamlakatda dunyoda ekin ekiladigan maydonning beshdan bir qismi mavjud bo‘lib, 60 million gektarni tashkil etadi. Braziliyada kofe ishlab chiqarish, qand trostnigi (shakarqamish) va apelsin hosildorligi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinni egallaydi. Bu mamlakat mol go‘shti, parranda go‘shti va soya ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoda birinchi uchlikdan o‘rin egallaydi.

So’nggi yillarda rivojlangan mamlakatlardan ilg’or texnologiyalarning, sarmoya va kreditlarning iqtisodiyotga jalb qilinishi natijasida Braziliya zamonaviy sanoat ishlab chiqarishni barpo etishda katta yutuqlarga erishdi.

Braziliya rivojlanayotgan mamlakatlar bir qancha tipologik jihatlariga ko’ra „Tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar“ guruhiga kiradi.


Download 249.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling