Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Download 7.25 Mb.
bet53/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Ishlash bоsqichlari, vaqti

Faоliyat mazmUni




О`qityvchining

Talabaning

1 bоsqich
1.1 O’quv хUjjatlarini tо`ldirish va talabalar davоmatini tеkshirish (5 min).
1.2 O’quv mashgUlоtiga kirish (5min)

1. Cho’kindi tog jinslari tushunchasi yoritilishi yUzasidan ma’lUmotlar bеriladi ma’ruza rеjasi yozdiriladi so`ng ma’ruza boshlanadi.

Tinglashadi. Cho’kindi tog jinslari тUshUnchalari bо`yicha о`z fikrlarini aytadilar. Aniqlashtiradilar, savоllar bеradilar.

2 bоsqich
Asоsiy 60 min

2.1. Cho’kindi tog jinslari jadvali tuziladi.

Kоnspеkt yоzishadi, tinglashadi, Mavzu bо`yicha savоllar bеradilar.

3 bоsqich. YAkUniy natijalar 10 min.

3.1 Mavzu bо`yicha хulоsa qilish, va o’quv mashg`ulоtning maqsadiga erishish darajasi taхlil qilinadi
3.2 Mavzu yUzasidan o’quv vazifasi bеriladi. Amaliy mashgUlоtga tayyоrlanish

О`rganilgan mavzu bо`yicha оlgan ma’lumоtlarni Umumlashtiriladilar va savоllar paydо bо`lgan bо`lsa savоl bеradilar.

Ma’lumki chukindi tog’ jinslari oldingi davrlarda paydo bulgan magmatik xamda metamformik jinslarning nurashi va parchalanishidan xosil buladi. Paydo bulish sharoitiga karab chukindi jinslar kuyidagi genetik gruppalarga ajratiladi.

A. uz uzidan kolgan V.urindan chukkan


Chukindi jinslar chukindi jinslar.
______________________________________________
siniq qattiq jinslar erigan moddalar
xolidagi jinslar.
---------------------------------------------------------

xar xil ximyaviy reak- organizmlar xayot


siyalar natijasida paydo faoliyatidan paydo
bulgan jinslar.(suspenziya, koloidlar, bulgan jinslar.
va asil eritmalar) (orgonogen birik-
malar)
Yuqoridagi sxemadan foydalanib chukindi jinslarning qaysi genetik gruppaga kirishini osongina aniqlash mumkin.

Chukindi jinslarning asosiy tashqi belgilari.


Chukindi jinslarning asosiy tashqi belgilariga: strukturasi va teksturasi, toshga aylanganlik darajasi yoki tosh tamg’alari, jinslarning yotish shakllari minerologik tarkibi, rangi, sementlovchi moddalar, g’ovakligi vash u kabilar kiradi.
Chukindi jinslar zarralarining kata kichikligiga kura turli gruppalarga ajralishi ularning strukturasideyiladi. Kuyida ularning eng oddiy klassifikasiyasi berilgan.

      1. zarralar diametri 2 mm dan katta bulgan yirik bulakli siniq jinslar yoki psefitlar(diametri 2mm dan kata bulgan qirrali tosh parchalari va turli silliqlangan xarsangtoshlar).

      2. Zarralari 2 mmdan 0,1 mm gacha bulgan jukindi jinslar, ya’ni kumli jinslar.

      3. Zarralari 0,1 mm dan 0,01 mm gacha bulgan changsimon jinslar.

      4. Zarralari 0,01 mm dan kichik bulgan gillar (pelitlar).

Yuqorida keltirib utilgan jinslar paydo bulish va tarkalish sharoitlariga karab yumaloqlangan, sal yumaloqlangan, qirrali mayda yumaloqlangan shakllarda uchraydi. Bundan tashqari chukindi jinslar birikkan yoki uvoq xolda xam tarqalgan. Chukindi va magmatik jinslar zarralari biriktiruvchi modda sementlovchi modda temirli kremniyli gilli bulishi mumkin.
Chukindi jinslarda zarralarning joylashishi ularning teksturasi deyiladi. Chukindi jinslar teksturasiga kura kuyidagicha belgilanadi. 1.Betartib tekstura. Bunda jins zarralari aralash tartibsiz joylashgan buladi. Ular uvoq jinslar morenalar dengiz yostiqchalari dog’al kongerameratlar va boshqa jinslarga xosdir.
2.varaqsimon (qat-qat) tekstura. Bu teksturada turli kattalikdagi donachalar tez tez almashinib turganligidan jins yupqa qatlamchalarga ajralib turadi.
3. cheripisasimon tekstura. U varoqsimon teksturaning bir xili bulib yupka – yupqa cheripisalarga osongina ajraladi.
4.buramali tekstura. Bunda qatlamlar tekisligi burmalanib sekin asta bilanmay ketadi.
Bundan tashqari chukindi tog’ jinslari teksturaga kura zich va uvoq jinslarga xam bulinadi. Zich teksturada zarrachalar albatta biror moda oxak kremniyozim temir oksidi kabi minerallar bilan birikkan buladi. Uzoq chukindi jinslar serg’ovak buladi. Uvoq chukindi jinslar ser g’ovak buladi va ularning g’ovaklari oddiy kuz Bilan kurinib turadi.
Chukindi tog’ jinslarining g’ovaklarining shakli va ulchamlari xar xil buladi.
1)mayda g’ovakli jinslarda g’ovaklik kuzga yaxshi kurinmaydi.
2) yirik g’ovakli jinslarda g’ovaklarning ulchami 0,5 mmdan 2,5mm gacha buladi.
3) kovak jinslarda kovaklarning chuqurligi va diametri bir necha millimetr buladi.
Chukindi jinslarni urganishda toshga aylangan (toshqotgan) organik qodiqlarni urganish katta axamiyatga ega. Bu qoldiqlar tosh tamg’alar, usimlik bargi shoxchalari tanalari xamda xayvonlar va mikroorganizmlar tanalarining loy qumli yostiqchalar ustida va ichida toshga aylangan qoldiqlari izlari abilardan iborat. Kumir konlaridagi kumli loyqalar ustida kupincha qirquloqlarning izlari tushib qolgan tosh tamg’alar uchraydi. Suv xavzalarida bir vaqtlar yashagan xayvonlarning tanalari ular o’lgandan keyin suvda erigan kalsiy tuzi Bilan toshga aylanib tosh qotib qoladi.
Chukindi jinslarning yotish shakllari uziga xos bulib kupincha gorizantal xolatda buladi. Ularning deyarli xammasi qatlam qatlam bulib yotadi. Chukindi jins qatlamlari gorizantal bulsa birlamchi shaklda qiyshiq yoki qiya joylashgan ki bukilgan burmalangan bulsa ikkilamchi shaklda yotgan buladi.
Chukindi jins qatlamlari qaoinligi rangi va minerologik tarkibi bilan bir biridan ajralib turadi. Qatlamli chukindi jinslarni tabiatda tez tez uchratib turish mumkin.
chukindi jinslar minerolik tarkibiga kurabirlamchi va ikkilamchi minerallardan iborat. Ikkilamchi minerallarga oxak, gine, gidrogiyot gematit boksid opal va gilli minerallar kiradi.
chukindi jinslarning rangiga kura kvars kaolin korbanatlar sulfatlar va xloridli minerallar jinslarga oqish va oq tus beradi. Marganes oksidi va organik moddalar qora rang beradi. Qung’ir jigar rang va qizil ranglar jinsda temir moddasi borligidan darak beradi.

Chukindi tog’ jinslarining klassifikasiyasi.


Barcha chukindi jinslar paydo bulish sharoitiga karab kuyidagi 4 klassga bulinadi.

  1. sinik parchalangan yoki mexanik chukindi jinslar. Bu jinslar birlamchi jinslarning mexanik ravishda parchalanishi yemirilishi natijasida paydo bulib ular uz joyida kolgan yoki suv shamol yoki muz yordamida o’z joyidan olib ketilgan bulishi mumkin. Bu jinslar asosan ximik yoki bioximyaviy nurashdan paydo buladi.

  2. Gilli minerallardan tarkib topgan chukindi tog’ jinslari. Ular silikat va aliyumosilikat minerallarning ximyaviy nurashidan paydo bulgan maxsulotlardan tarkib topgan. Ximyaviy nurashda kupincha kalonil, montmorilonit, boksit limonit opal kabi minerallar paydo buladi.

Bu jinslar uzi yemirilgan joyda tuplanib elyuviyni xosil qiladi.. elyuviy jinslarini shamol su vyoki muzliklar o’z joyidan boshqa joylarga olib ketadi.

  1. xemogen chukindi jinslar. Ular turli suv xavzalari – okean dengiz va kullarda xamda lagunalarda erigan turli tuzlarning chukishidan paydo buladi. Osh tuzi, kaliy tuzlari gips angidrit oxaklar fosfarit kabi birkmalar xemogin chukindi jinslardir.

  2. Biogen chukindi jinslar. Suv usimliklari va xayvonlarning qoldiqlaridan va chig’anoqlaridan oxak tosh kremniy tuf, bur. Sadaf va marvarid botqoqliklarda esa usimlik qoldiqlarida yonuvchi paydo buladi. Bu organik yotqiziqlar suv xavzalarida vaqt utishi bilan uzgaradi.

Lyoss va lyossimon chukindi jinslar.
Lyoss och mlla rangli qatlamsiz g’ovak changsimon mayin zarrachalardan tashkil topgan kobanatga boy chukindi jinslardir. Lyosslarda 30%gacha oxak bor. Lyoss xlorid kislotada kuchli qaynaydi. Lyoss barmoqlar orasida yengil uqalanib changga aylanadi. Suvda tez iviydi. Unga suv yaxshi shimiladi. Lyossning tarkibida oxakdan tashqari kvars va dala shpati kalsit, slyuda gilli minerallar temir oksidi gips singari minerallar xamda organik moddalar xam buladi. Lyoss yuvilganda tik jarayonlar xosil qiladi.
Lyossimon jinslarda yuqorida kursatilgan xususiyatlar ancha sust rivojalangan. Ularning g’ovakligi lyossga nisbatan kamroq.
Lyosslar 100 yildan oshiq vaqtdan buyon urganib kelinayotganligiga karamay ularning genzi xanuz munozaralidir.
Pelitlar. (gili jinslar)
Tabiatda keng tarqalagn bulab ular chukindi jinslarning 50%dan ortig’ini tashkil etadi. Gillar asosan diametri 0,01 mm dan kichik zarrachalardir. Gillarning mineral tarkibi elektron mikroskop va rentgenostruktura analizlari yordamida mukkamal urganib chiqiladi. Gillarning tarkibi asosan gilli minerallardan tashqari gilli bulmagan minerallar kvars, opal, xelsidon kalsit siderit dolomit pirit fosfarit temir oksidi va organik moddalardan xam tashkil topgan.
Gillarning minerologik tarkibi asosan ularning xosil bulish sharoitiga bog’liq. Masalan kontinental yotqiziqlar uchun kaolinit va gidroslyuda dengiz yotqiziqlari uchun esa montmorillonit v glaukonit xarakterlidir.
Gillar xam monomineralli yoki polimineralli buladi. Ular bir qator o’ziga xos fizik xossalariga ega. Quruq gil tuproqsimon yoki juda zich massa tarzida buladi. Plastik gillar yog’simon yoki ipaksimon yaltiraydi. Boshqa gillar esa xira yaltiraydi va tekis yoki g’anoksimon sinadi. Gillar namni kup singdirib kupchiydi, quriganda esa xajmi kichrayadi.
Gillarning rangi tarkibidagi aralashmaga qarab kul rang kungir rang qizg’ish, shil buladi. Toza gillar oqish tuslidir. Paydo bulishiga kura nurash maxsulotlarining o’z joyida tuplanishidan xosil bulgan elyuvial va soz zarrachalarning suvta’sirida qayta yotqizilishidan paydo bulgan gillarga bulinadi.
Qayta yotqizilagan gillar xam kontinintal xamda dengiz xavzalarida tuplanadigan qatlamli gillarga bulinadi.
Monomineralli gillarga kaolinli va montmorillonitli gillar kiradi.
Kaolin gillar tabiatdagi eng toza gillar bulib tarkibi asosan kaolinit mineralidan iborat. Rangi kupincha oq, och kul rang sarg’ish.
Kaolin gillari keramika, rezina qog’oz kasmetika sovun pishirish sanoatlarida va boshqa soxalarda keng ishlatiladi.
Montmorillionit gillari-asosan montmorilionit mineralidan va qisman beydelit xamda nontranitdan tashkil topgan. Bu gillarga shuningdek bir qator oqlovchi gillar va bentonitlar xam kiradi.
Fizik xossalari kaolinli gillardan farq qiladi. Ular kuchli singdiruvchanlik bilan xarakterlanib uncha plastik emas. Suvda kuchli kupchiydi va mayda kukunlarga parchalanadi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling