Gеologiya va minerologiya asoslari ” fanidan o’quv- uslubiy majmua bakalavriat yо`nalishlari: barcha ta’lim yо`nalishlari uchun urganch-2012 Mundarija


Solishtirma og’irlikning (zichlik) o’lchov birliklari


Download 7.25 Mb.
bet74/214
Sana15.11.2023
Hajmi7.25 Mb.
#1776050
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   214
Bog'liq
78 Геология мажмуа 2012 tay

Solishtirma og’irlikning (zichlik) o’lchov birliklari. Solishtirma og’irlikni ifodalash uchun massa yoki og’irlikning mahlum xajmiga nisbati olinadi.
d q yoki d q
bu yerda d –solishtirma og’irlik, m- massa, v – xajm, ‘- og’irlik. Og’irlik massa bilan bog’liqdir.
Minerallarning solishtirma og’irligi (zichligi) suyuqlikning solishtirma og’irligiga (og’ir suyuqliklar: bromoform solishtirma og’irligi-2,88; tetrabrometan eritmasi -2,95; Tule suyuqligi-3,19; Klerech suyuqligi - talliyning malonli va chumoli kislotali eritmasi – 4,2) nisbatan aniqlanadi.
Solishtirma og’irlikka minerallarning ichki tuzilishi va kimyoviy o’zgarishi tahsir etadi, shuning uchun xam ularning xususiyatlarini xisobga olgan xolda yuqorida qayd qilingan usulllardan biri qo’llaniladi.
Solishtirma og’irlikni aniqlashda eng qulay va keng tarqalgan usul tarozida aniqlash usulidir.
Minerallarning solishtirma og’irligini piknometr usulida aniqlash. Bu usul keng tarqalgan, ammo mashaqqatli xisoblanadi. Piknometr mahlum xajmga ega bo’lgan shisha kolbacha bo’lib, xar xil ko’rinishda bo’ladi.
Ishni bajarish tartibi:
1. Piknometrning og’irligi po’kak tiqin bilan uch marotaba tarozida o’lchanadi va ularning o’rtacha natijasi olinib, piknometrning o’zgarmas og’irligi (‘) deb yoziladi. Xar gal o’lchov oldidan piknometr yuvilib quritiladi.
2. Piknometrning xajmini o’lchash uchun mahlum belgiga qadar moddalardan tozalangan (distillangan) suv to’ldiriladi. Suv solingan piknometrni eksikatorga joylashtiriladi, uning ichidagi xavosini so’rib olish (Komovskiyning maxsus nasos qurilmasi bilan) uchun yoki piknometrni suvli stakanga solib qaynatiladi. Ortiqcha suv po’kak tiqin tirqishidan chiqariladi. Keyingi piknometrni sovutib, belgiga qadar yetmagan suv solinadi va piknometrni uch marotaba tortiladi. SHuning natijasida piknometrning o’zgarmas xajmi (‘c-’) chiqadi.
1. Mineral namunasini tekshirish uchun tayyorlash. Buning uchun aniqlanadigan mineral namunasi xovonchada maydalanib, mahlum o’lchamga keltirilib, mikroskop (binokulyar) ostida kerakli mineral turi ajratib olinadi va uni spirt bilan yuviladi, quritiladi. Mineralning miqdori va zarrachalar o’lchami piknometr xajmiga va tirqish diametriga bog’liq.
2. O’lchangan quruq piknometrga mineral namunasini solamiz (taxminan piknometr xajmining 1G’3 yoki 1G’4 qismicha) va tarozida og’irligini o’lchaymiz (‘H) .
3. Piknometrga ozgina tozalangan suv solinadi (piknometr xajmining yarmiga qadar va nasosli eksikatorga joylashtiriladi yoki suvli stakanga qaynatish uchun solinadi. Eksikatordan xavo so’rib olinadi. qaynatish tugagandan so’ng eksikator bilan xavo to’ldiriladi va sovutiladi. SHu yo’l bilan mineral namunasining mikroyoriqlariga suv to’ladi. Keyin esa belgiga qadar piknometrga suv solinadi va uch marotaba o’lchanadi.
O’lchov natijalarini



formulaga qo’yib, mineral namunaning solishtirma og’irligi aniqlanadi. Bu yerda ‘-bo’sh piknometr og’irligi, ‘H –mineral namunasi, ‘C – suv bilan piknometr og’irligi.


Ko’pgina minerallar suvda eruvchanlik xususiyatiga ega (sulg’fatlar, galoidlar, nitratlar va boshqalar). Bu xolda suv o’rniga o’zga suyuqliklar (spirt, brombenzol va x. k.) dan foydalanish kerak.
Ish davomida xar bir o’lchamni va qilinayotgan ishlarni yozib borish kerak, chunki amaliy natija nazariy natijadan farq qilgudek bo’lsa, u xolda bajarilgan ishdagi kamchiliklarni tuzatish zarur bo’ladi.
Olingan natijaning aniqligiga ishonch xosil qilish uchun bir necha marotaba yuqorida qayd qilingan ishni takrorlash zarur yoki bir necha marta piknometrda shu mineral namunasini aniqlash ishlarini olib borish lozim. Bajarilgan ishlar xisobining o’rtacha qiymati aniq solishtirma og’irlik bo’ladi.

Download 7.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling