«GEOMETRIK FIGURALAR BO‘YICHA HOSIL QILINGAN ODAM TASVIRI» TESTI
Ishning borishi:
Tajriba yakka holda yoki guruh sharoitida olib borilishi mumkin. Tekshiriluvchiga quyidagi ko‘rsatma beriladi: siz uch xil geometrik figuralar, uchburchak, aylana va kvadrat yordamida 10 ta elementdan iborat odamni chizishingizni so‘raymiz. Siz geometrik figuralardan foydalanayotganda ularni kengaytirishingiz va qisqartirishingiz ham mumkin. Ammo odamni tasvirlayotgan vaqtda bu uchala figuraningn ishtirok etishi shart. Agar ortiqcha figura chizilib qolgan bo‘lsa u uchirib tashlanadi. Odam tasviridagi elementlar o‘ntadan ortib ham ketmasin, kam ham bo‘lib qolmasin. Suratni ushbu ko‘rsatma bo‘yicha tayyorlang.
Materiallar: sinaluvchmilarga 10x10 o‘lchamdagi uchta qog‘oz berilib, har bir qog‘oz nomerlangan bo‘lishi lozim. №1 varaqda birinchi sinaluvchi rasm chiziladi, №2 varaqda ikkinchi va №3 varaqda uchinchi surat mos ravishda chizilishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |