Geometrik shakllar modelini chizishga mo‘ljallangan pedagogik dasturiy vositalar. Reja


Download 26.52 Kb.
Sana08.09.2023
Hajmi26.52 Kb.
#1674159
Bog'liq
5-mavzu (1)


Geometrik shakllar modelini chizishga mo‘ljallangan pedagogik dasturiy vositalar.
Reja:
1. Matematika fanlarini o’qitish metodikasi.
2. Geometrik amallarni bajarishga o’rgatish metodikasi.
3. Geometrik mazmundagi masalalarni yechishni o’rgatishda AT foydalanish.
Ma’lumki, boshlang’ich ta’lim - inson hayotida egallaydigan bilimlar olamining poydevori bo’lib hisoblanadi, kelajakda o’zlashtirib boriladigan fanlarga umuman o’qishga qiziqishi aynan bolaning ilk Axborot komunikatsiya texnologiyani joriy etish katta ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinflar o’qituvchisining faoliyati eng avvalo, talabalarni ta’lim muhitiga moslashtirish bo’lib hisoblab. Ularda o’qish Jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o’quvchilarga zarur bo’lgan xususiyatlarni shakllantirish, ta’lim jarayonining o’ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi o’qituvchining vazifasi bo’lib hisoblanadi. Matematika fanlarini yangi texnik vositalar shu jumladan kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotganligi fanlararo uzviyligini ta’minlash maqsadida informatika fani yutuqlaridan foydalanish dolzarb masalalardan biridir.
Kompyuter texnologiyalarining ta’lim muassasalariga tatbiq etish o’qitish jarayonini optimallashtirshga keng yo’l ochib beradi. Keyingi 10 yillikda matematika fanini o’qitishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish bir necha asosiy yo’nalishlarda olib boriladi. Bularga baholash, turli tipdagi o’rgatuvchi dasturlarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o’yinlarni ishlab chiqish va boshqalar kiradi.
Talabalarning boshlang’ich geometrik tushunchalarni o’zlashtirish poydevorini yaratish va ularni o’rganish metodikasini, o’zlashtirilishi faoloyatini tashkil etish o’qituvchining yetakchi rolini, uning shaxsi, bilimi va o’quvchilarga bo’lgan munosabati, metodik mahorati masalaning muvaffaqiyatli yechilishida katta ahamiyatga ega. Fazoviy munosabatlar haqida tasavvurlar hosil qilish va ularda boshlang’ich sinflarda geometriya elementlarini o’rganishda foydalanish geometrik tushunchalar mazmunini o’zlashtirilishga imkon beradi, atrof muhitni butun rang barangligi bilan his qilishga olib keladi, real mavjud dunyo haqida bilimlardan asta - sekin abstrakt-geometrik dunyoga, fazoviy tafakkur rivojiga, o’quvchilarning umumiy rivojlanish darajasining yuksalishiga olib keladi. Shu bilan birga e’tibor berish kerakki, bunda geometrik figura (shakl) lar ustida amallar bajarish mumkin bo’lgan obyektlar ekanligini nazarda tutish va o’quvchilar tomonidan uning qanday qabul qilinishiga e’tibor berish kerak, hamda o’quvchilarni mantiqiy bog’lovchilar bilan tanishtirishni unutmaslik kerak.
Ma’lumki, bolalarda geometrik tasavvurlarni shakllantirishga muhim ta’sir o’quvchilarning geometrik tasavvur shakllanishiga oid faoliyatlari muhim ta’sir ko’rsatadi. Tushunchalarni o’zlashtirish bo’yicha faoliyat ichida asosiylardan biri ta’riflar (ta’riflashdir ). Biroq boshlang’ich sinflarda geometrik tushunchalar bilan tanishishda ta’riflardan foydalanish chegaralari ham aniqlanmagan edi, chunki ular turli variantlarda turlicha bo’lishi mumkin. Boshlang’ich maktab amaliyotida ikki xil og’ish mavjud: ta’riflarning ortiqcha ko’pligi yoki to’la yo’qligi. Unisi ham, bunisi ham ta’limni effektsiz (natijasiz) qilib qo’yadi. . Bu og’ishlardan o’qituvchini qanday himoya qilish mumkin? Metodistlar to’g’ri to’rtburchak, kvadrat, o’tkir va o’tmas burchaklar va hokozolar tushunchalarni shakllantirish jarayonida bu tushunchalar mazmunini aks ettiruvchi ehtiyoji qondiriladi va pedagogik - psixologik xususiyatlari geometrik tushunchalarni o’zlashtirish jarayonida mustahkamlanadi.
Talabalarida geometrik tasavvurni shakllantirish metodikasida ma’lum shaklldagi real predmetdan uning tasviri tomon yoki tasvirdan real predmet sari bormoq kerak. Geometrik elementlarni o’rgatishda quyidagi metodlardan masalan, turli xil dasturlatdan shakllar yasash, dasturda geometrik shakllarni chizish- bolalar ongida geometrik tasvurni rivojlantirishga omil bo’la oladi. Bunday sharoitda materialning turi, rangi, o’lchamlari, tekislikdagi holatini nazarda tutmagan holda shakllarni shunday tanlash kerakki, bolalar ularning asosiy belgilarini, (shakl, geometrik sifatlarini )aniqlay olsinlar. Shularga diqqat qaratish kerakki, o’quvchilar geometrik figuralarning barcha sifatlarini ajrata bilsinlar. Bu shakllar tasavvurning to’g’ri bo’lishiga yordam beradi.
Boshlang’ich matematika dasturida geometrik material katta o’rin oladi. Geometrik materialni o’rganishning asosiy maqsadi geometrik figura(nuqta, tog’ri va egri chiziq, tog’ri chiziq kesmasi, siniq chiziq, ko’pburchak, aylana va doira ) haqida ularning elementlari haqida, figuralar va ularning elementlari orasidagi munosabatlari haqida, ularning xossalari haqidagi tasavvurlarning to’la tizmini tarkib toptirishdan iborat. Geometrik figuralar yordamida va bu asboblarning yordamisiz o’lchash va yashashlarning amaliy malakalarini (ko’zda chamalash, qo’lda chizish va hozako) tarkib toptiriladi; o’quvchilarning nutq va fikrlari shu asosida rivojlantiriladi.
Talabalarda geometrik tasavvurlarni tarkib toptirish, ularni chizish va o’lchash malakalar bilan qurollantirish, ular tafakkurini rivojlantirish masalalariga geometrik elementlarni o’rgatishda qo’llanadigan o’qitish metodlari javob beradi. Geometriya propedevtik kursini o’qitishning muhim metodlari kuzatish metodi, taqqoslash metodidan iboratdir. Bunda induktiv xulosa chiqarish bilan bir qatorda deduksiya elementlaridan ham foydalaniladi. Laboratoriya va amaliy ishlar metodi geometrik materialni o’rganishning effektiv metodlaridan biridir. Laboratoriya ishlari va amaliy ishlar o’quvchilarning geometrik figuralarning mohiyatini o’zlashtirishlarida ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
―Geometriya elementlari» mazmunidan juda ham kam farq qiladi, o’qitish oxirgi vaqtlarda ham shu (dastur) bo’yicha olib borilgan. Dastur uchun yozilgan tushuntirish xatida matematika o’qitishning quyidagi vazifalarni qo’yadi:
e) matematikaning dunyoni bilishdagi ahamiyatini talabalarga ochib berish, atrof-muhitni o’rganishdagi matematikaning ro’li haqida tasavvurlarni chuqurlashtirish;
f)talabalarga zarur matematik bilimlar berish bo’lib, ular asosida matematikaning boshlang’ich sinfi quriladi, uning mazmunini bilan chuqur tanishish uchun zarur uquvlarini shakllantirish;
g) tafakkurni rivojlantirishga yordamlashish;
h) o’quv qo’llanmalar va boshqa matematik adabiyot bilan mustaqil ishlash uquvlarini rivojlantirish. Geometrik masalalar ustida ishlash. Geometrik material bolalarning eng sodda geometrik figuralar bilan tanishtirish, ularning fazoviy tasavvurlarini rivojlantirish, shuningdek, arifmetik qonuniyatlarni, bog’lanishlarni ko’rsatmali maqsadlariga xizmat qiladi. (Masalan, to’g’ri to’rtburchakning teng kvadratlarga bo’lingan ko’rsatmali obrazidan ko’paytirishning o’rin almashtirish xossasini bog’lanishi ochib foydalaniladi...). O’quvchilar geometrik figuralarni tasavvur qila olishni, ularni nomlari, katakli qog’ozga sodda yasashlarni o’rganib olishlari kerak. Bundan tashqari, ular kesma va siniq chiziq uzunligini, ko’pburchak perimetrini, to’g’ri to’rtburchak, kvadrat va umuman har qanday figuraning yuzini (paletka yordamida) topish malakasini egallab olishlari kerak. Тo’g’ri to’rtburchak haqida tasavvur hosil qilishda o’quvchilarga orasida to’g’ri to’rtburchak bo’lgan to’rtburchaklar to’plami (qolgan to’rtburchaklarning burchaklari tengmasligi yaqqol ko’rinib turadi) ko’rsatiladi. Mazkur shakllarning xususiyatlarini tahlil etib, o’quvchilar, bu to’rtbur-chakdan biri alohidadir degan xulosaga keladilar: uning barcha burchaklari teng va to’g’ri burchaklardir. Тo’rtburchaklarning bu turiga kam e’tibor beriladi, ularning xarakteristika xossasi eslab qolinadi.Masalan: to’g’ri to’rtburchak shakliga ega bo’lgan har xil predmetlarni – taxtacha, qog’oz varag’i, stol usti, g’isht yoki gugurt qutisi va shunga o’xshashlarni, orqali idrok qilish bilan o’quvchilar to’g’ri to’rtburchak
to’g’risida aniq tasavvurga ega bo’ladilar. Kvadrat, to’g’ri to’rtburchak, parallelogramm, qavariq to’rtburchak, ixtiyoriy to’rtburchak yoki teskarisi. Hamma to’rtburchaklar to’plamidan qism to’plami bo’lgan qavariq to’rtburchaklarni ajratish, bundan esa uning qismi bo’lgan parallelogramm, undan to’g’ri to’rtburchak va oxirida kvadratni ajratish mumkin. Bu tushunchalar orasida bog’lanish tushunchalar ta’rifida uning yaqin turi va ko’rinishi farqlarini ko’rsatish bilan ifodalash mumkin.
Masalan: kvadratni hamma tomonlari teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchak sifatida ta’riflash mumkin. Тo’g’ri to’rtburchak - hamma burchaklari teng parallelogramm sifatida, parallelogramm esa qarama-qarshi tomonlari parallel qavariq to’rtburchak sifatida ta’riflash mumkin. Ko’rsatilgan usul bilan tushunchalarning shakllanishidan tashqari predmetlar orasidagi munosabatni aniqlash ham muhimdir. Masalan: geometrik shakl tushunchasi yuqoridagi usul bilan vujudga kelishi mumkin emas. Boshqa matematik tushunchalar qaralayotgan ob’ektlar orasidagi munosabatlarni o’rnatish bilan shakllanadi. Masalan: kesmaning uzunligi tushunchasi kesmalarning ekvivalentlik munosabatlarini o’rnatish (ustma-ust qo’yganda mos tushuvchi kesmalarekvivalent deyiladi).
Kesmaning uzunligini o’zaro ekvivalenti bo’lgan kesmalar sinfida xarakterlaydigan umumiylikdir. Geometrik material boshlang’ich sinflar uchun mustaqil bo’lim sifatida o’quv dasturiga kiritilmaydi. O’quv jarayonida geometriya elementlarini o’rganish bilan bevosita bog’lab olib boriladi.


Download 26.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling