Georg Wilhelm Friedrich Hegel


Download 133.77 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.01.2023
Hajmi133.77 Kb.
#1140242
Bog'liq
Georg Wilhelm Friedrich Hegel - Vikipediya



Georg Wilhelm
Friedrich Hegel
GEGEL (Hegel) Georg Vilgelm Fridrix
(1770.27.8, Shtutgart — 1831.14.11,
Berlin) — yirik nemis faylasufi, nemis
mumtoz falsafasining eng mashhur
vakili. 1788—93 yillarda Tyubingen
institutida taxsil olgan. Bu yerda falsafa
va ilohiyotni oʻrgangan. Bernda (1793—
96), Frankfurtmaynda (1797—1800)
zodagon oilalarda oʻqituvchi, Iyena (1801
—07), Geydel-berg (1815—18)


universitetlarida professor, Nyurnberg
gimnaziyasida (1807—16) direktor, ayni
paytda, „Bamberg gazetasi“ da muharrir,
Berlin universiteti professor (1818-28),
rektori (1829-30).
G. oʻz taʼlimotini butun Gʻarb falsafasi
rivojining yakuni, deb hisoblagan
boʻlsada, aslida, uni Yangi davr Yevropa
Hegel


falsafasi taraqqiyotining soʻnggi, yuqori
bosqichi deyish mumkin.
G. falsafiy taʼlimotida barcha tabiiy va
ijtimoiy hodisa hamda jarayonlarning
tubida „olamiy ruh“, „olamiy aql“, „mutlaq
ruh“, „mutlaq gʻoya“, deb atalmish
mavhum ruhiy ibtido borligini asoslashga
harakat qilgan. Mazkur ruhiy ibtido
shuning uchun ham olamiy, mutlaqki,
uning mavjudligi hech qanday boshqa
narsaga bogʻliq boʻlmay, u tabiat va
jamiyat vujudga kelgunicha mavjud
boʻlgan. Bu maʼnoda, „olamiy“, „mutlaq“
ruh tushunchasi „ilohiy ong“
tushunchasiga hamohang va
mutanosibdir. Faylasufning eʼtirof


etishicha, falsafaning mazmuni, uning
ehtiyoj va manfaatlari dinning ehtiyoj
hamda manfaatlari bilan tamomila
mushtarak, umumiydir; dinga xos narsa
abadiy haqiqat, xudo va uni anglashdir;
falsafa dinni qay darajada kashf qilsa,
oʻzini shu darajada namoyon etadi va
aksincha, u qay darajada oʻzini namoyon
etsa, dinni shu darajada kashf qiladi; din
va falsafa oʻzaro mutanosibdir. G. ning
fikricha, agar xudo dinda eʼtiqod shaklida
tasavvur qilinsa, u falsafada mantiqiy yoʻl
bilan bilinadi.
G.ning taʼkidlashicha, xudo barcha
narsalarda mavjud boʻlib, u faqat sof
tafakkurdagina, oʻzining mohiyatiga


mutanosib shaklda, mukammal namoyon
boʻladi. G. falsafasida yakun topgan
mutlaq bilim xudoning inson timsolidagi
„oʻzini oʻzi bilishdan“ boshqa narsa emas.
G. taʼlimotida rivojlanish „triada“ — 3
bosqichlilik (tezis, antitezis va sintez)
shaklida yuz beradi. Shunga muvofiq,
mazkur falsafaning markaziy
tushunchasi — „mutlaq ruh“ dialektik
rivojlanish jarayonida 3 bosqichni bosib
oʻtadi: 1. „Mutlaq ruh“ ning tabiat
yaratilganiga qadar boʻlgan sof tafakkur
bosqichi. 2. „Mutlaqruh“ ning tabiatga
aylanishi. 3. „Mutlaq ruh“ ning tabiatiing
inkori sifatida yana oʻziga qaytishi. G.
taʼlimotiga binoan olam ruhiy tabiatga


ega, uning rivoji shu sababdan ham yuz
beradiki, sof ilohiy tafakkurning ichki
mazmuni, muayyan bosqichda, unga hech
ham mutanosib boʻlmagan jismiy borliq —
tabiat shakliga oʻtadi va shu bois, uning
uchun mudhish holat — ziddiyat vujudga
keladi. Harakat — dialektik rivojlanishning
muhim tamoyili boʻlib, u ayni ziddiyatning
mahsulidir. Xuddi tabiatiing oʻzida ruhning
undan, yaʼni oʻzining „oʻzgacha borligʻi —
begonalashuvidan“ yana „oʻziga qaytishi“
boshlanadi. Oʻz hayotining ilk
bosqichlarida hali tabiat qoʻynida boʻlgan
inson ongning vujudga kelishi
(fenomenologiya) natijasida oʻz
mavjudligining ibtidoiy holatidan asta-
sekin uzilib, koʻtarila, yuksala boshlaydi


va u ruhiy mavjudot („subʼyektiv ruh“)
sifatida, oʻzining bunday mohiyatini
tegishli (anglovchi va xoxlovchi)
xususiyati va uning mazmuniga mos
tarzda payqamas, oʻzlashtirmas ekan,
ibtidosi qanday boʻlsa, shundayligicha
qolaveradi.
„Obyektiv ruh“ ning koʻrinishlari ijtimoiy
hayot shakllari — huquq, axloq, urf-odat
va davlat ham xuddi shunday tadrijiylik
jarayonlarini bosib oʻtadi. Bu yerda ham
boshqa joylardagidek, uchinchi bosqich
uzidan avvalgi ikkitasining omixtasi
(sintezi) hisoblanadi. Ijtimoiy hayotda
huquqiy mazmun bilan axloqiy
eʼtiqodning mushtarakligi hal qiluvchi


ahamiyat kasb etadi. Mazkur
mushtaraklik davlat timsolida oʻzining
oliy ifodasini topadi.
Xudo subʼyektivlik bilan obyektivlikning
(biluvchi va biluvchiga bogʻliq boʻlmagan
mohiyatning) birligidir. Substansiya
(mohiyat) va biluvchi (subʼyekt) ning
mutlaq ayniyligini mushohada qilish,
tasavvur etish va bilish, yaʼni „mutlaq ruh“
ning uchta shakli „obʼyektiv ruh“ ning
tegishli koʻrinishlariga tayanadi. Mazkur
mushtaraklik sanʼatda „mushohada“
qilinadi, dinda esa „tasavvur“ etiladi,
faqat mutlaq ilm — falsafada u bilinadi,
yaʼni ayni shu yerda pirovard
maqsadga — inson cheklangan


mohiyatining cheksizlikka daxldor
boʻlishligiga erishiladi. Ilohiy aql bilan ana
shu mushtaraklik G. falsafasining sir-
sinoati, asl maʼnosini tashkil etadi. G.
ning falsafiy taʼlimoti davlat va tarixii
tushunish sohalariga katta taʼsir kursatdi.
U umumiy jahon tarixiga „olamiy ruh“ ning
oʻzini oʻzi anglash jarayoni va shu bilan
birga „ozodlikni anglashdagi taraqqiyot“
sifatida qaraydi. Biroq ozodlik shundan
iboratki, inson oʻzining „mutlaq gʻoya“
bilan mohiyatan birligini biladi va oʻzini
obʼyektiv ruh hosilalari hamda uning
xohish-irodasi (davlat va huquq) bilan
tenglashtiradi. Bu hosilalar pirovard
natijada „mutlaq ruh“ tomonidan vujudga
keltirilgandir. Ozod fuqaro oʻzining


umumozodlik bilan jiddiy oʻxshashligini
anglaydi, qonun tashqi buyruqqa oʻxshab
koʻrinishini uning oʻzi biladi.
G. falsafasida tabiat va tafakkurning, ayni
paytda jamiyat dialektik rivojlanishining
poydor tamoyillari — ziddiyat, sifat va
miqdor oʻzgarishlari, inkorni inkor
konunlari ifodalangan.
G. taʼlimoti tizimining turli sohalarida
Sharq, jumladan Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi,
falsafasi, diniy, badiiy va umuman
maʼnaviy dunyosi masalalari tegishli
tarzda talqin topgan.
Asosiy asarlari: „Ruh fenomenologiyasi“
(1807), „Mantiq fani“ (1812— 16),


„Falsafa fanlari ensiklopediyasi“ (1817),
„Huquq falsafasi“ (1821), „Din falsafasi
buyicha leksiyalar“(1832), „Falsafa tarixi
buyicha leksiyalar“ (1833—36), „Estetika
boʻyicha leksiyalar“ (1835—38), „Tarix
falsafasi buyicha leksiyalar“ (1837).
Abdulhafiz Jalolov.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ko‘proq o‘rganish Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-
2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Adabiyotlar


Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, (ht
tps://uz.wikipedia.org/w/index.php?title=
Georg_Wilhelm_Friedrich_Hegel&action=
edit) Vikipediyaga yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
"https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Georg_Wilhelm_Friedrich_Heg
el&oldid=3552627" dan olindi


Bu sahifa oxirgi marta 15-Yanvar 2023, 07:53 da
tahrir qilingan.

Matndan 
CC BY-SA 3.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).

Download 133.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling