Geosiyosat fan sifatida. Geosiyosiy yondashuvlar (manbalar) Reja


 Geosiyosat predmeti va geosiyosiy davrlash


Download 244.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana04.02.2023
Hajmi244.81 Kb.
#1166518
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 маруза

3. Geosiyosat predmeti va geosiyosiy davrlash 
 


Geosiyosatning predmeti sifatida infarmatsion urushlar (sovuq urushi davri 
yoki "issiq urushlar" hozirgi davri - Iroq, Afg’oniston, Yugoslaviyada) tez-tez 
uchraydi. Bu dushmanni infarmatsion-psixologik aynitish, jamoa fikrini 
shakllantirish uchun ko’zlangan. Shunday qilib, biz ko`rib turibmizki, obekt 
zaiflasha boshlashi bilan geosiyosatning predmeti ham o’zgarib boradi. 
Kelib chiqadiki geosiyosat-barcha yer hududlari turlarini hisobga olib davlatlar 
va mintaqalarning siyosiy munosabatlari rivojining harakatlantiruvchi kuchlari va 
qonuniyatlarini, mamlakatlarning axvolini, bu faoliyatga dengiz, havo-kosmik, 
demografik, 
infarmatsion, 
mudofaa, 
ma`naviy-axloqiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy, 
kommunikasion va boshqa faktorlarning ta`sirini o`rganuvchi fan va faoliyat 
sohasidir. 
Dunyo ko`p qutbli va ko`p o’lchamli va global dunyo siyosati ko`p darajali 
bo’lishi bilan geosiyosat ham kompleksli ko`p 
qirrali 
disciplinaga 
aylandi. 
Hozirgi geosiyosat davlatning manfaatlarida aks etuvchi global, mintaqaviy
submintaqaviy va davlat darajalaridagi voqealardan rivojini tahlil qiladi. Yangi 
holatlar ta`siri ostida dunyo doimiy o’zgarib turmoqda, uning asosi geografik 
omillarni inkor qilmay balki ularga yana qo’shayotgan yangi unsurlar bilan 
tuyinmoqda va yangi dunyo modelini shakllantirmoqda. Bu model statik emas 
ko`proq dinamik holatdadir. 
XX asrning o`rtalariga kelib keskin rivojlanayotgan ilmiy-texnika inqilobi 
natijasida geosiyosat predmeti yangi unsurlariga texnik-iqtisodiy jarayonlar 
qo’shildiki, oxirgi yuz yilliklar uning dunyodagi siyosiy vaziyatga ta`siri keskin 
o`sdi. Ko`proq ilmiy-texnik inqilob, tabiiy qazilmalaring topilishi, ularni qayta 
ishlash, chiqindilardan foydalanish va boshqa omillar bilan bog’liq bo`lgan 
mehnatning qayta taqsimlanishi iqtisodiy jarayonlarning globallashuviga olib keldi. 
Bu nafaqat texnik-texnologik va tashkiliy rejalarda ifoda topdi. Globalizasiya 
xalqaro savdoda ham, kapital va investisiyalarning davlatlararo harakatida, ishchi 
kuchlar va valyutaning ko’chishida, axborot oqimining faollashuvi va boshqa 
narsalarda ham ko’rinib turadi. Bu va boshqa jarayonlar barcha xalqaro hayot 
sohalariga ham katta ta`sir ko’rsatadi. XXI asrda iqtisodiy omillar yanada katta ta`sir 
ko’rsatadi va davlatlararo, millatlararo ziddiyatlarning barcha turlari orasida 
iqtisodiy ziddiyatlar faqat birinchi o’ringa chiqib oldi. Ularning yechimi uchun 
ko`proq kuch - harbiy va harbiy-siyosiy kuch ko`proq ishlatiladiki, o’z navbatida 
ular ham iqtisodiy hayotga bog’lik bo`ladi. Shuning uchun bugungi kunda iqtisodiy 
omilning tahlilisiz qilingan har qanday geosiyosiy vaziyatning tahlili ilmiy 
asoslangan xulosalar chiqarishga va siyosiy rahbarga mantiqli tavsiyalar berishga 
imkon bermaydi. 
Iqtisodiy jarayonlar, ilmiy revolyutsiya hammasidan ham ko`proq atrofni o’rab 
to`rgan geografik muhitga, ekologik axvolga, insonning o’ziga, jamiyatga ta`sir 
etadigan (mahsulotning joylashuvi, ishchi kuchlarining ko’chishi, yangi 
shaharlarning qurilishi va boshqalar). Barcha turdagi xalqaro munosabatlar 
o`rnatishda iqtisodiy manfaatlar birinchi o’ringa chiqib oldi. Sayyoramizda ro`y 
berayotgan global iqtisodiy jarayonlar o’zining yuqori dinamikligi bilan farqlanar 
ekan, ular hozirgi geosiyosiy vaziyatining nobarqarorligini oldindan belgilab 
bermoqda. 


Geosiyosatda 2-o’ringa mamlakatlar hayotiy faoliyati, hususiy geografik shart-
sharoitlari chiqib oldi. Ammo bu 2-muhim omil hozirgi dunyo geosiyosiy holatni, 
davlatlar va xalqlar o`rtasidagi munosabatlar dinamikasini to`la-to`kis tavsiflay 
olmaydi, jahon munosabatlarida va jahon siyosatida mamlakatlar va mamlakat 
guruhlarining o`rnini aniq belgilab bera olmaydi. Bundan tashqari, geosiyosat va 
uning tadqiqot predmetiga xizmat qiluvchi va katta ta`sir ko’rsatuvchi qator holatlar 
ham mavjud. 

Ilmiy-texnik inqilob natijasida yangi harbiy texnik vositalar: ommaviy 
qirg’in qurollari va ularni yetkazib berish vositalari, dushmanga qarshi qurollanish 
va qurollarni qirg’in qilish, qo’shinlar va ularning manevralari orqali boshqarish 
paydo bo`ladi. Harbiy sohada ishlardan hozirgi axvoli shundayki, geosiyosat 
otalarining Shimoliy Atlantika mamlakatlari - "Tashqi Yarimoy" va "Hartlend"ning 
benuqsonligi to`g’risidagi asosiy tezislarini shubha ostiga qo’ymoqda. 

Ilmiy-texnik inqilob elektron aloqa vositalarining rivojlanishiga juda katta 
hissa qo’shdi. Ular "kommunikativ" jahon hamjamiyatini, jumladan mamlakatlar va 
xalqlar Internet tarmog’ini yuzaga keltirdilar. Mamlakatlar va xalqlar ilgaridan bir-
birlaridan uzoq masofada yashab kelganlar. Mamlakatlar va xalqlar hozir elektron 
aloqa orqali qushnilarga aylandilar. Elektron aloqalar holatiga jamiyatning barcha 
sohalaridagi hayot bog’liq, ammo hozir harbiy va iqtisodiy sohalar birinchi o’ringa 
chiqib olmoqda. 

Yangi texnika va texnologiyalarni ishlab chiqish, shuningdek xalqaro 
munosabatlarda geosiyosiy yo’nalishni strategiya va taktika bilan ta`minlovchi, 
ijtimoiy-siyosiy fanlarning rivojlanish sur`atlari ham muhim ahamiyat kasb eta 
boshladi. 

Yuqoridagi omilga aholining ma`rifiy, bilim darajasi va madaniyati ham 
qo’shiladi. Nodir texnologiyalarning amalda qo’llanishi iqtisodiy soha va fanning 
rivojlanishi, harbiy ishlar ham bu sifatlarga bog’liq. 

Madaniyat darajasi XX asrning oxirgi o’n yilligi geosiyosiy kuchlar balansiga 
katta ta`sir ko’rsatayotgan jahon dinlari axvoliga (ayniqsa islom) ta`sir qiladi. 
Davlat siyosiy rejimining samaradorligi, boshqaruvchi elatning fikrlash va 
bilim darajasi, aholining mamlakatga bo`lgan, jamiyatning qonunlar va qarorlarga 
bo`lgan hurmati ham katta ahamiyatga ega. 
Ilmiy-texnik yutuqlar natijasi ayrim geografik elementlar keng hududlar, 
okeanlar, dengizlar, tog’lar, daryolar, o’rmonlar, cho’qqilarning rolining 
pasayishiga olib keldi. Shuning bilan birga turli aloqa vositalarining: temir 
yo`llarning, suv yo`llarning o’rni ham pasaydi. Ammo bu bilan bir paytda quvurlar 
o`tkazishi, avtotransport va havo yo`llarining roli oshdi, ilmiy salohiyatga, 
texnologiya va mablag’ga ega bo`lgan kichik davlatlarning nisbatan ahamiyat kasb 
eta boshladi. 
Geosiyosiy va mintaqaviy muammolarni hal qilishda hozir "mahalliy urushlar" 
deb ataluvchi (Iroq, Yugoslaviya, Chechnya, Abhaziya va b.) harbiy kuchlar ko`proq 
qo’llanilmoqda, keyin harbiy kuchning ishlatilishi yanada oshadi, hozir sayyorada 
asosiy ziddiyatlar: dunyoni va hom-ashyo manbalarini bo`lib olish, iqtisodiy 
qarama-qarshiliklar, bozor uchun ko`rash va boshqalar keskinlashib bormoqda. 


Mana shu yerlar qurolli kuchlar sifatiga: ularning ta`limiga, ta`minlanganligiga, 
ularning boshqarilishiga talab oshadi. Insoniyatni uylantiradigan yana bir narsa 
yadro hukmronlari sonining oshib borishidir. 
Geosiyosiy kuchlar balansiga Janubiy-shimoliy Osiyo, Janubiy Osiyo qit`asi 
mamlakatlaridagi demografik vaziyat katta ta`sir ko’rsatadi. Bu yerda bir necha 
muammolar-iqtisodiy, ijtimoiy, harbiy va yekologik muammolar kelib chiqadi. 
Insoniyat tarixiga geosiyosiy nuqtai-nazardan geosiyosiy davrlarning yoki 
kuchlar maydonining ketma-ket o’zgarishi sifatida qarash mumkin. Har bir 
geosiyosiy davr o’zining kuchlar balansi, ta`sir zonasi, chegaralariga ega. 
Qadimgi siyilizasiyalar tarixi, "quruqlik" Rimi va "dengiz" Korfagenining 
qarama-qarshiligi XX asrning ko`pgina geosiyosiy voqealaridan oldindan xabar 
berdi. Ammo hozirgi jahon siyosatining asosiy tamoillariga 30 yillari urushning 
tugashi Vestfal xalqaro munosabatlar tizimida (1648) asos qo’yilgan. Bu paytga 
kelib Yevropada asosan milliy davlatlar shakllana bordi. Dunyo millatlarining 
markazlashgan sulolaviy hoqimiyatga ega davlatlarning shakllanishi bilan ishlab 
chiqarish taraqqiyoti yo`liga tushib qoldi. Bu paytdan boshlab Yevropa tarixi jahon 
tarixiga aylana boshladi. 
Yevropada asosiy kuchlar markazlari Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya bo`lib 
qoldilar. Undan keyin dunyoni bo`lib olish uchun ko`rashga Angliya, Fransiya, 
Shveciya tushib ketdi. Yangi paydo bo’layotgan milliy davlatlar tillarini - tabiiy-
geografik chegaralarni hisobga olib o’z chegaralarini o’rnatdilar. Shunday dunyoviy 
tartib va murakkab geosiyosiy maydon qariyyb 150 yil - fransuz inqilobigacha 
davom etdi. XVII asr ohiri - XVIII asr boshlarida Ispaniya, Portugaliya, Gollandiya, 
Shveciya ilgarigi mavqeini yo’qotdi. XVIII asrda Polsha ham, Fransiya va 
Prussiyaning o’rni mustahkamlandi, Prussiya ham kuchaydi. XIX asr boshlariga 
kelib Rossiya muhim dunyo hukmroniga aylandi. 
XVII-XVIII asrlarda Yevropada yangi ijtimoiy kuch - burjuaziya paydo bo’ldi. 
Ko`p miqdorda pulga ega bo`lib u shiddatli tarzda hoqimiyatga intildi. 
Burjuaziyaning pul, zavod va fabrikalarda ishlab chiqariladigan tovarlarga qo’yilgan 
arzon narx qirollik saroylariga feodallar qasrlarga darz ketgizdilar. Bastiliyani, 10 
mingdan ortiq katolik ibodatxonalari va xramlarini qulatdilar va gilioton bilan butun 
Fransiyaga qirg’in keltirdilar. Burjuaziya pullari butun dunyoga hukmronlik 
o’rnatmoqchi bo`lgan Napaleonni hoqimiyat tepasiga olib keldi. 
Napaleonga Fransiyani okean geopolitik ittifoqining yadrosiga aylantirish 
nasib qilmadi. Imperatorning o’rinishlari Angliyani blokadalari, harbiy, iqtisodiy, 
siyosiy va boshqa yo`llar bilan bo’g’ib qo’ydi. Dunyo maydoniga Rossiya keldi. 
Unga ma`lum darajada Prussiya va Avstriya yordam ko’rsatishdi va Napaleon qattiq 
mag’lubiyatga uchradi. 
Vena kongressi (1814-1815) da yangi geosiyosiy kuchlarning o’rnatilishi Vena 
davriga yo`l ochib berdi. Buning asosini imperiyaning geografik hududni boshqarish 
tamoili tashkil etdi. Rossiya va Avstro-Vengriya imperiyalari, Britaniya 
mustamlakachi imperiyasi (u 1876 yilda shunday deb atalgan bulsada), Germaniya 
imperiyasi (1871 yildan boshlab) va 19 asrning o’rtalaridan boshlab mustamlakachi 
imperiya Fransiya (rasman respublika bo`lib qolgan) dunyo markaziy kuchlariga 
aylandilar. 1877 yildan boshlab turk sultoni Usmoniylar imperatori unvonini qabul 


qildi. Turkiya Yaqin Sharq va Janubiy-sharqiy Yevropada sezilarli rol o’ynadi. 19 
asrning o’rtalarigacha Rossiya Yevropada hukmron bo`lib keldi, Angliya, Avstriya, 
Fransiya va Turkiyaga qarshi chiqib keldi. 1853-1856 yillarda qirm (sharqiy) 
urushlarida Rossiyaga qarshi butun Yevropa turdi. Qora va Boltiq dengizlari "rus 
qullariga" aylandiki, bu Rossiyaga 2 ta asosiy geosiyosiy hududlar Atlantika va 
O’rta yer dengiziga chiqishga imkon berdi. Ularning ustidan nazorat Angliyaga 
Rossiya qudratiga tenglashishga imkon berdi. 
Qirm urushlarida Rossiyaning mag’lubiyatidan keyin Vena tizimi bir necha 
o’zgarishlarga uchradi. Rossiyaga tashvish bo`lgan Muqaddas ittifoq ham 
parchalandi. Uning sinishi bilan Rossiyaning Yevropadagi hukmronligi ham tugadi, 
bu esa hech kimga hech qanday foyda keltirmadi. 
XIX asrning butun ikkinchi yarmi Rossiya uchun o’ziga hos bo’ldi, u dam 
Prussiyani Fransiyaga qarshi qo’yib, dam Fransiyani Germaniya bilan urushtirib 
geosiyosiy Yevropa maydonida balans saqlab turdi. Va bunday siyosat o’zini oqladi. 
70 yillarning ohirlarida Turkiya bilan shiddatli urush bo’ldi. Unda rus qushinlari 
nafaqat Bolgariyani ozod etishdi, balki general Skobelev boshchiligida 
Istanbulgacha borishdi. 
XIX asrning ohiriga kelib industrial inqilob yutuqlaridan samarali 
foydalanganligi tufayli asosan AQSh va Germaniya kuchaydi. Amerikaliklar 
o’zlarining yerlari bilan dengiz orti bozorlarini ham egallay boshladilar. Kuba va 
Filippindan ispanlarni quvib chiqardilar. "Temir kancler" Otto fon Bismark 
boshchiligida Germaniya qit’asining yirik hukmroniga aylandi va jahon siyosatida 
yetakchi rol o’ynay boshladi. Germaniya boshchiligida Germaniya, Avstriya-
Vengriya va Italiyadan iborat Uchlar ittifoqi tuzildi. Fransiya, Angliya va Rossiya 
tomoni boshqa bir harbiy qudratli ittifoq - Antanta tuzildi. Ittifoqlarning maqsadi-
tasir doiralarini bo`lib olish va yosh, agressiv Yevropa davlatlarini bu doiraga 
kiritmaslik edi. 
1 -jahon urushida (1914-1918) Uchlar ittifoqining mag’lubiyatidan keyin 
boshlangan Versal davri geosiyosiy kuchlar bulinishini butunlay uzgartirdi. 
Germaniya, Avstro-Vengriya, Rossiya va Turkiya imperiyalari quladi. Bu qudratli 
davlatlar urniga Versal tizimi asoschilari o’z ta`sir doirasiga kiritmoqchi bo`lgan 
kichiklar paydo bo’ldi. 1919 yillardagi Versal tinchlik shartnomasi Fransiyaga 
quruqligidagi hukmronligiga, Angliyaga dengizdagi hukmronlikka birinchi o’rinni 
berdi. Rossiyaga esa Yevropada umuman o’rin qolmadi. U hukmron davlat sifatida 
mavjud bo’lmasligi kerak edi. 
Millatlar Ligasi - Versal shartnomasining ajralmas qismi nomidan Germaniya 
va Turkiya mustamlakalari bo`lib tashlandi. AQSh prezidenti Vilsonning rejasiga 
ko’ra Rossiya tasir doiralarini bo’lish taklif etildi: Kavkaz, Turkiya imperiyasining 
bir qismi sifatida qaralishi, Markaziy Osiyoga esa qaisidir 1 Yevropa hukmronining 
protektaroti berilishi Rossiyaning Yevropa qismi va Sibirda esa o’z 
vakolatxonalarini ochish taklif qilindi. Bu maqsadlarga erishish uchun dunyoning 
15 davlati Rossiyaning turli nuqtalarida qo’shinlarini o’rnatib unga odam 
zahiralariga zahar moddiy va ma`naviy yo’qotishlar keltirishdi. 
Birinchi jahon urushida hammadan ko’ra ham AQSh burjuaziyasi yutib qoldi. 
O’z kuchiga ishonib AQSh 1922 yilda Vashington konferenciyasida Angliya bilan 


teng harbiy dengiz flotiga ega bo’lish huquqini qo’lga kiritdiki, bu unga nafaqat 
muhim dengiz kommunikatsiyalari, balki dengiz hududlarini boshqarish huquqini 
berdi. 
Millatlar Ligasi yordamida g’olib davlatlar Germaniya va Sovetlar Rossiyasi 
o`rtasida Fransiya va Angliyaga tegishli davlatlar o`rtasida "sanitariya kordoni" 
tuzishdi. Shunday qilib, qit`aning hukmronlari bir-biridan ajratilgan holda yaqin 
aloqadan mahrum etildi. O’rnatilgan dunyoviy tartib Sovetlar Rossiyasi, Germaniya 
va Hitoyga qarshi qaratilgan edi. Ammo bu qudratli mamlakatlar manfaatlari bilan 
hisoblashmaganda har qanday dunyo siyosiy tuzumi mavjud bo’lishi mumkin emas 
edi. 
Versal shartnomasining asoschilari bir necha holatlarni ko`rib chiqmadilar: 
birinchidan Rossiya siyosiy birlikning qonli fuqarolar urushlaridan chiqqan edi; 
ikkinchidan Yevropa XX asrda proletar inqiloblar orasida qolgan edi. Xalqning past 
tabaqalari talab qilishardi: "Sovetlar Rossiyasidan qo’lingizni tortinglar!" Rus 
inqiloblari ta`sirida ko`pgina mamlakatlar bo’ylab qarshilik to’lqinlari mavjlanib 
ketdi, mustamlakachilikka qarshi harakatlar kuchaydi. 
Ikkinchi jahon urushi Versal shartnomasiga barham berdi. Sovet ittifoqi bu 
urushning asosiy yukini o’ziga oldi va moddiy hamda insoniy zararlarga uchradi. 
Ammo bu urushdan ilgaridan harbiy-strategik jihatdan va geosiyosiy jihatdan ancha 
kuchli bo`lib chiqdi. Rossiya birinchi martta o’z tarixida atrofida qudratli geosiyosiy 
ittifoq tuzdi. Keyinchalik uning mafko`raviy, infarmatsion qurollar yordamida, 
"beshinchi mustamlaka"ning faol yordami bilan buzilishiga qariyyb yarim asr ketdi. 
1945 yildan boshlab Potsdam davri boshlandi. Berlindan uzoq bulmagan 
kichkina shaharchada kichkina zalda aylana stol atrofida Germaniya va uning 
ittifoqdoshlari 
ustidan 
qozonilgan 
g’alabadan 
keyin 
Yevropada 
murakkablashayotgan yangi kuchlar balansini o’rnatgan Potsdam tizimi 
shartnomalari imzolandi. Bu tizim yangi chegaralarni, yangi geosiyosiy kuchlarning 
taqsimlanishini belgilab berdi. Bundan kelib chiqadiki, ko`p qutbli dunyo 2 kutbliga: 
SSRI va uning ittifoqdoshlari (quruqlikdagi kuchlar) va AQSh va uning 
ittifoqdoshlari (dengizdagi kuchlar)ga aylandi. 
Bu qutblarning raqibchiligi Potsdam geosiyosiy davrining mazmunini belgilab 
berdi. Uning o’ziga hos tomoni shunday ediki ikki qudratli blokning qarama-
qarshiligi "sovuq" va yadro urushining muvozonatlashuvigacha bordi. 
Aviatsiyaning takomillashuvi, raketa texnikasining paydo bo’lishi, kosmik lazerli va 
boshqa qurollarning paydo bo’lishi havo va kosmik hududning rolini tubdan 
o’zgartirdi. Sayyorada ayniqsa raketa qurollari, elektron ommaviy axborot vositasi, 
kompyuter tizimlari uchun erishilmagan nuqtaning o’zi qolmadi. 

Download 244.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling