Geotektonik asosiy strukturalarini shakllanish geodinamik shart-sharoitlari


Download 12 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi12 Kb.
#1510802
Bog'liq
1-амалий машгулот 2-с


Geotektonik asosiy strukturalarini shakllanish geodinamik shart-sharoitlari

Asosiy geotektonik tuzilmalarining shaklanish sabablari va sharoitlari to‘grisida ko‘plab yillar ilmiy munozaralar kuzatilmokda. Bunga geotektonika fani tarixidagi ko‘plab gipotezalar borligi dalil bo‘la oladi. Demak geotuzilmalarni shaklanish geodinamik sharoitlari qaysi bir gipotezani qabul qilib, o‘sha nuqtanazardan fikr yuritishga bog‘liq ekan.


Bu ma’ruzamizda plitalar tektonikasi nuqtai nazar asosida ishlab chikilgan asosiy strukturalarining geodinamik tasnifi to‘g‘risida suz yuritamiz. Bu tasnif A.A.Abidovning (2009) “Dunyo neftgazli hudlari va akvatoriyalari” asarning 73 betida jadval ko‘rinishda keltirilgan.
Bu tasnifga muvofiq geotuzilmalarining shakllanishi ikki xil geodinamik bosqich bilan bog‘lik ekanligi takidlanadi. Oddiy qilib aytganda bu bosqichlar – bir-biriga birikish va bir-biridan ajrash jarayonlari bilan bog‘lik deyishadi (A.A.Abidov, Dunyo neftgazli.., 2009, 72 b.). Demak ajralish va birikish bosqichlari ajratiladi. Bu bosqichlar – pog‘onalarga, pog‘onolar esa – “ko‘rinishlar”ga, ular esa – turlarga bo‘linishi ko‘rsatilgan.
Ajratish hodisasi mantiya moddalaring yuqori qismlarga kirib kelishi, ya’ni -diapir jarayoni va litosferani cho‘kishidan boshlar ekan. Qit’a ichida uzilma vujudga kelib, rift hosil bo‘lish jarayonlari kuzatiladi. Geologiya lug‘atida (1978) ko‘rsatilgani bo‘yicha “rift” – uzunligi minglab km ga cho‘zilgan darrasimon tuzilma. Odatda u kuchlarni qarama-qarshi tomonga yunalgan (cho‘zilish) sharoitda hosil bo‘ladi. Rift zonasining ikki chekkasi uzoqlashgan sayin – spreding zonasi hosil bo‘ladi deyishadi. Rift jarayonidan spredinga o‘tishda Yer qobig‘i sovuydi. Yer qobig‘ining bo‘laklari uzoqlashish bosqichida 3 –ta pog‘ona ajratiladi: riftdan oldingi, riftogen pog‘ona va spreding.
Geologik jarayonlar vaqt bo‘ylab o‘zgarib borib, avvaliga ajralish kabi harakatlar bo‘lgan joylar, keyinchalik qarama-qarshi harakatga kelib – birikish jarayoni ko‘zatilishi mumkin. Demak “cho’zilish” kuchlari, “siqilish” kuchlariga almashishi kuzatiladi. Bu jarayon riftdan keyin xam, spreding pogonasidan keyin xam bo‘lishi mumkin ekan.
Bu bosqichda – riftdan so‘ng – epiriftogen, va sperdingdan so‘ng – epispreding – pog‘onalari ajratilgan.
Epiriftogen pog‘ona geodinamik faolligiga qarab ikki ko‘rinishda bo‘ladi: avlakogen va invesrion ko‘rinishlarida.
Epispreding pog‘ona plitalari birikishi va to‘qnashishi natijasida bo‘lar ekan. Bunday harakatlar miqyosi okeanlarni yopilishiga ham olib kelar ekan.
Epispreding pog‘onasi to‘qnashish natijasidagi yer qobig‘i bo‘laklarining va geodinamik sharoitlarning turli jinsliligiga qarab uch ko‘rinishga bo‘linadi: obduksion, subduksion va kollizion.
Download 12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling